01 умичт ўқув қул


  Rotor karuselli ekstraktorlar



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/122
Sana26.06.2022
Hajmi4,51 Mb.
#707506
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122
Bog'liq
moyli urug`larni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

144 
Rotor karuselli ekstraktorlar. 
Rotor karuselli ekstraktorlar zamonaviy 
ekstraktorlar bo’lib, quyidagi afzalliklarga ega: 
-qurilmaning butun hajmi ekstraktsiya uchun ishlatilishi; 
-rotor kameralari to’siqlar orqali bir-biridan ajratilganligi sababli sug’orish 
bosqichlari aniq chegaralangan va bosqichlar bo’yicha hosil bo’lgan mistsellaning 
kontsentratsiyasi farqi yuqori bo’ladi; 
-chiqayotgan mistsellaning kontsentratsiyasi yuqori bo’ladi (30...35 %); 
-
mistsella ekstraktsiyalanadigan material qavatidan o’tib filtrlanadi, uning 
tarkibida mexanik aralashmalar miqdori kam qoladi; 
-
konstruktsiyasi oddiy va xok. 
Bu ekstraktorlar kamerali qarama-qarshi yo’nalishda, ko’p bosqichli sug’orish 
usulida ishlaydigan ekstraktorlar guruhiga kiradi. Ular bir va ikki qavatli bo’ladi. 
Rotor karuselli ekstraktorlarda ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo qavati katta 
boladi, ish unumdorligi rotor diametriga bog’liq.
Hozirgi vaqtda respublikamizda “Ekstexnik” firmasida (Germaniya) ishlab 
chiqilgan va SKET firmasida tayyorlangan bir va ikki qavatli ekstraktorlari keng 
qo’llanilmoqda. 
Bir qavatli ekstraktor (
67-rasm) gaz o’tkazmaydigan silindrsimon korpusi, 
rotor, tirqishsimon (perfolyatsiyalangan) tubi, mistsella yig’gichlar, yuklash va 
tushurish moslamalari va uzatmalardan iborat. 
Ekstraktorining rotori tashqi va ichki silindrsimon devorlaridan iborat. Devorlar 
orasidagi bo’shliq vertikal radial to’siqlar bilan kameralarga bo’lingan. Bu to’siqlar 
kamerani devorlari bo’lib, ular pastga tomon ingichkalashgan. Shu tufayli kamera 
pastki qismida kengayadi va ekstraktsiyalanayotgan materialni tushirish oson bo’ladi.


145 
67-rasm. Bir qavatli rotor karuselli ekstraktorning ko’rinishi. 
Ekstraktorning (68-rasm) qo’zg’almas tubi qurilmani ustki va ostki qismlarga 
ajratadi. Ekstraktorning 5 tubi zeyerli konstruktsiyaga ega. Zeyer elementlarning 
kesimi trapetsiya shaklida bo’lib, ular kontsentrik aylanalar holatda joylashgan. Har 
ikkita zeyer elementning ostida 18 tirqish hosil bo’ladi, bu tirqishning ustki qismini 
o’lchami 0,8 mm va ostki qismi 1,5 mm ga teng. 
Rotor 7 to’siqlarning ostki uchiga bolt yordamida plastina mahkamlangan 
bo’lib, u harakatlanadigan kurak va harakatlanmaydigan tirqishsimon tub orasida 2-3
mm li oraliq hosil qiladi. Bu plastinalar tirqishlarni berkitilib qolishini oldini oladi.
Qurilmaning 5 tirqishsimon tubida moysizlantirilgan mahsulot (shrot)ni 
ekstraktordan chiqarish uchun sektorli bo’shliq mavjud. Keyingi bosqichda 
mahsulotni yangidan yuklash uchun 13 kameraning tubi yaxlit qilib yasalgan. 
Ekstraktorning yuklash moslamasi bunker va ikkita-to’rtta uzunligi har-xil 
bo’lgan shneklardan iborat. Bunker aralashtirgich va sath o’lchagich bilan 
jihozlangan.
Shrot tushurish bunkerdan aylanish tezligi boshqariladigan shnek bilan 
ekstraktordan chiqariladi. 
Ekstraktorning pastki qismi 15 vertikal radial to’siqlar bilan mistsellani yig’ish 
kameralarga bo’lingan. Kameraning tubi tashqi devorga tomon qiya bo’lib, qiyalik 
tomonga mistsella chiqadigan patrubkalar, kuchsiz kontsentratsiyali mistsellani 


146 
chiqarish uchun 11 nasos, 12 va 3 - o’rtacha, 2 - kontsentrlangan va 1 - mistsellani 
qurilmadan chiqarish uchun nasoslar o’rnatilgan. 
Qurilmaga toza erituvchi 10 nasos orqali uzatiladi. 
68-rasm. Bir qavatli rotor karuselli ekstraktorning sxemasi. 
1-mistsellani qurilmadan chiqarish uchun nasos, 2-kontsentrlangan mistsellani chiqarish uchun 
nasos, 
3,12-o’rtacha 
mistsellani 
chiqarish 
uchun 
nasos, 
4-korpus, 
5-tirqishsimon 
(perfolyatsiyalangan) tubi, 6-tashqi silindrsimon devorlari, 7-vertikal radial to’siqlar, 8-ichki 
silindrsimon devorlari, 9-rotor, 10-toza erituvchi uchun nasos, 11-kuchsiz kontsentratsiyali 
mistsellani chiqarish uchun nasos, 13-yuklash kameraning yaxlit tubi, 14-mistsella yig’gichlar, 15-
vertikal radial to’siqlar. 
Mistsella haroratini optimal darajada (50...60
0
C) ushlab turish uchun quvurlar 
“truba ichida truba” turdagi qizdirgichlar bilan jihozlangan. 

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish