0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


Partiya organlari yoshlar orasida dinga qarshi keng ko‘lamda



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi


Partiya organlari yoshlar orasida dinga qarshi keng ko‘lamda 
tashviqot-targ‘ibot ishlari olib bordilar. Dinni, ruhoniylar va dindorlami 
siyosiy va jismonan ta’qib qilish xalqning ma’naviy madaniyatiga zavol 
etkazdi. Masjid., madrasalarning yopilishi ahofi orasida umuminsoniy 
axloqiy qadriyatlarni, milliy ma’naviyatni targ‘ib qilish, qaror toptirish 
ishiga ziyon etkazdi. Yosh avlod islom dini qoldirgan ulkan ma’naviy 
merosdan mahrum bo‘ldi.
Shunday qilib, bu davr respublika madaniy hayotida ijobiy 
o‘zgarishlar bilan ham1 te’tiborli bo‘ldi. Biroq XX asr 20- yillarining 
ikkinehi yarmidan qaror topgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi 
respublika ijtimoiy-madaniy sohalarining yangidan barpo boTishini 
sekinlashtirib qo‘ydi. E’lon qilingan sotsialistik insonparvarlik, adolat 
haqidagi g‘oya!ar bilan haqiqiy voqelik o‘rtasida ziddiyatlar paydo 
boidi. Ular milliy ma’naviy hayotning asl mohiyatini notog‘ri 
tushunish, uni ruslashtirish va ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlardan voz 
kechish bilan ifodalandi, bu narsa ayniqsa qatag‘onlik xatti- 
harakatlarinig ta’siri ostida yanada kuchayib bordi.
11.4. Aloqa tizimi holati
1917- уilda Turkiston Respublikasi Pochta va Telegraf Xalq 
Komissariati (Narkompochtel) tashkil etildi va ushbu Komissariatiga 
aloqa korxonalari xizmatlaridan unumli va samarali foydalanish ishiarini 
tashkil etish, pochta, telegraf, radio, telefon aloqasi xizmatlari 
hamdaboshqa turdagi barcha aloqa inshootlarini qurish va ekspluatasiya 
qilish jatumanlarini nazorat qilish azifalari yuklandi.
Turkistonda 
boshlangan 
harbiy 
harakatlar 
va 
iqtisodiy 
qiyinchiliklar aloqa tizimining keyingi taraqqiyotiga salbiy ta’sir 
o‘tkazdi. 1918- yil yoz oyida bir necha ming kilometr masofadagi 
hamma telegraf liniyalari ishdan chiqdi, bir qancha pochta-telegraf 
korxonalarida o‘g‘riliklar sodir etildi. Natijada, Turkistondagi 22 ta 
shahari bilan aloqa qilib kelayotgan Toshkent telegraf idorasi 1919- yil 
o‘rtalariga kelib, faqat 6 ta shahar bilan aloqa qilaoldi. 1925- yilda 
respublikada hammasi bo‘lib 51 
ta aloqa korxonasi faoliyat 
ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 1926- yilda ularning soni 250 raga, 1927-yilda 
esa 392 taga yetkazildi.
0 ‘zbekistonda shaharlararo telefon aloqasi xizmatlari 1924- yildan 
boshlanib, o‘sha vaqtda Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida 
birinchi havo aloqa liniyasi ishga tushirildi. Telefonlashtirish sohasida
146


bo‘layotgan sezilarli va ahamiyatli o‘zgarishlar, muvaffiqiyatlar 1926- 
yilda 
Toshkent-Samarqand, 
Samarqand-Dag‘bet-Kattaqo‘rg‘on 
oralig‘idagi aloqa liniyalarining ekspluatatsiyaga qabul qilish hamda 
shaharlararo simlar va shahar telefon tarmog‘iga o‘matilgan uskunalarni, 
aloqa vositalari va telefon simlarini joriy ta’minlash bo'yicha olib 
borilayotgan ishlar natijasida bo‘ldi.
1930-yilda Toshkent-Andijon shaharlari o‘rtasida bimetall zanjir 
bilan shaharlararo aloqa xizmati tashkil etilib, mazkur liniyalar orqali 
Toshkent shahrini Qo‘qon va Farg‘ona shaharlari bilan ham aloqa 
o‘rnatishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Toshkent shahri bitta kanal 
orqali Samarqand shahri bilan shaharlararo so‘zlashuv imkoniyatiga, 
Andijon, Farg‘ona va Qo'qon shaharlari bilan esa jadval asosida:aloqa 
qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, Toshkentning o‘ziga 
yaqin Pskent, To‘ytepa, Oqqo‘rg‘on, Ordjonikidze (Qibrav) tumanlari 
bilan aloqa o‘matishi bo‘yichaham kerakii ishlar olib borildi.
1930-1931-yillarda Pastdarg‘om, Narpay, Bulung‘ur, Angren, 
Xatirchi, Buvayda, Mang‘it va boshqa tuman markazlari bilan aloqa 
o‘matish maqsadida, telefon-telegraf liniyalari qurildi. Umuman 
olganda, aloqa sohasida simlardan foydalanish miqdori 24%ga, 
kabellardan foydalanish esa 65% oshdi. 
-;><■ msu. -
Shahar telefon tarmog‘ining keskin rivojlanishi : qo‘l bilan 
boshqariladigan telefon stansiyalarni avtomatik telefon stansiyalarga 
almashtirish zaruratini ko‘rsatdi. 1932-yil 8 -sentabr kuni Toshkent 
shahrida 5000 nomerli “Eriksson” nomli shved tirmasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan va mashina tizimi bilan ishlaydigan birinchi avtomatik 
telefon stansiya ATS-3 ishga tushirildi. Ushbu avtomatik telefonstansiya 
deyarli 30- yillar davomida Toshkentda yakka ATS timsolida ishladi va 
keyinchalik davr talabiga muvofiq, uning umumiy sig‘imi 10 000 
nomergacha yetkazildi.
Shu bilan bir qatorda, 1932-yilda Moskva-Toshkent yo‘nalishi 
bo‘yicha shaharlararo magistral liniyasining qurilishi boshlanib, Ushbu 
ishlar 1939-yilga borib yakunlandi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar 
natijasida. O‘zbekistonda aloqa sohasining jadal rivojlanishiga erishildi. 
1935-yilda Shaharlararo Telefon Stansiyasi (MTS) Markaziy Telegraf 
tassarufidan chiqarilib, unga mustaqil korxona maqomi berildi. 1937- 
yilda O'zbekiston aloqa boshqarmasi 0 ‘zSSR ning Xalq Komissarligi 
Ittifoqining 
vakolatli 
Aloqa Xalq 
Komissarligi 
boshqarmasiga 
aylantirildi.
1 47



Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish