13.3. Urushdan keyingi yillarda aloqa tizimi va Toshkent elektrtexnik aloqa institutining tuzilishi 0 ‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1946-yil 3 - oktyabrdagi
qaroriga binoan, Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi 0 ‘rta-Ovul
mavzesida katta quvvatli radiotarqatish stansiyasiniqurish uchun 88
gektar yer ajratildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Qurilish ishlari
quruvchilar va kelajakda radiostansiyada ishlaydigan xodimlar uchun
kompleks yashash poselkasini qurishdan boshlandi. Shuningdek, bir
vaqtda ikkita mustaqil ishlaydigan 6 kvattli elektr uzatgich Bo‘zsoy
kaskad GESning 14-chi va 18-chi bo‘linmaIari o‘matildi.
1949-yil dekabr oyida yuqoridagi obyektlardagi qurish-montaj va
moslashtirish ishlari yakunlandi va 1950- yil 1- yanvardan boshlab katta
quvvatli RV-154, 150 kvattli, uzun to‘lqinli diapazon bilan ishlatishga
mo‘ljallangan radiotarqatish uzatgichini qurish ishlari boshlandi.
Antennalar ikkita 240 metr balandlikka moMjaliangan metall maehta
bilan qurildi. Mazkur radiostansiya orqali berilayotgan birinchi dasturni
Respublika radiotarqatish korxonasi tomonidan 0 ‘zbekiston hududiga
(Buxorogacha)
va
chegaradosh
respublikalarga
ham
tarqatish
imkoniyatlari yaratildi.
Shu davrda aloqa sohasini rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan
muammolardan biri-yuqori malakali kadrlaming yetishmasligi edi.
Respublikadagi aloqachilarning aksariyat qismi hatto -o‘rta maxsus
ma’lumotlarga ega emas edi. Dastlab, 1954-yilda respublikada Aloqa
vazirligi tuzildi. Hamda ushbu vazirlik buyrug‘iga asosan 1955- yil
iyunida Toshkent elektrtexnika aloqa instituti tuzildi. Institut yagona
Telegraf-telefon fakultetidan iborat bo‘lib, undan 155 talaba tahsil olgan.
Keyingi yillarda institutda aloqa tizimi taraqqiyot darajasidan kelib
chiqqan holda yangi fakultet va kafedralar tashkil etildi. Jumladan,
1957-yilda radioaloqa va radio uzatish fakulteti hamda avtomatik
elektraloqa, elektrotexnika nazariy asoslari, aloqa liniyalari kafedralari
tashkil etildi. 1958-yilda institutda Ko‘p kanalli elektraloqa va 1960-
yilda Radio qurilmalar kafedralari tashkil etildi.
Ko‘p yillar davomida Toshkent elektrotexnika aloqa instituti 0 ‘rta
Osiyodagi oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi
markazga aylandi. Unda o‘z davrining yetakchi professor-o‘qituvchi!ari
va olimlari ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordilar. Hozirgi kunda
universitetda faoliyat yurituvchi aksariyat tajribalari ustozlarimiz ham
ushbu ilm maskanini tamomlaganlar.
1 64