Nukus davlat pedogogika institutining 2-bosqich talabasi Masharibov Azamatning Ekologiya fani taqdimoti Reja Atmosferaning tuzilishi va tarkibi Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar Atmosfera havosini ifloslanishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari Atmosferani muhofaza qilish tadbirlari Atmosfera -deb yerni ultrabinafsha nurlardan va haroratni keskin o‘zgarishlaridan saqlab turuvchi gazsimon qobiqqa aytiladi. Tashqi va ichki faktorlar ta’siri ostida atmosferada doimo gidrodinamik, issiqlik, elektromagnit, kimyoviy, fotokimyoviy va boshqa jarayonlar sodir bo‘lib turadi va ularga atmosfera havosining bosimi, harorati, oqimlarning yo‘nalish tezligi va boshqa omillarga bog‘liqdir. Troposfera – (yunoncha “tropos”-aylanmoq, o’zgarmoq) eng yerga yaqin joylashgan atmosfera qavati bo‘lib uning qalinligi ekvator tepasida 16-18 km.ni, qutb tepasida esa, 7-9 km.ni tashkil yetadi. Bu qavatda atmosfera havosining 80% joylashgan bo’lib, asosiy ob-havo oʹzgarishlari shu yerda hosil bo‘ladi. Havoning harorati - 70°C gacha yetadi. Bu qatlamda bulutlar hosil bo’ladi. Stratosfera – (yunoncha “stratum”- qatlam) 50-60 km.gacha masofada joylashgan bo’lib, bu yerda 5% atmosfera havosi bordir. Bu qatlamda havoning tezligi 100 km (soat) harorat esa har 1 km.da 1-2°C ga oshib boradi. Bu qatlamda qalinligi 3-4 mm.ga teng bo‘lgan ozon qatlami joylashgandir. Stratosferaning quyi qismida harorat -45°C dan -75°C gacha pasayadi. Mezosfera – (yunoncha “mezos”- o‘rta) 80 km.gacha masofani egallaydi. Bu yerda Yerdan uzoqlashib borgan sari harorat kamayib - 76°C gacha yetadi. Termosfera – (yunoncha “therme” – issiq) bu qatlamda doimo harorat ortib boradi, havoning tozaligi esa, juda past boʹladi va 800 km.gacha masofani yegallaydi. Ekzosfera – (yunoncha “ekzos” – tashqi) atmosferaning yeng yuqori qatlami bo’lib, 800 km. dan yuqori masofalarni egallaydi. Gaz zarrachalari tezligi 12 km/sek.ga teng boʹlib ionlashgan holatda boʹladi. Harorat yesa 2000°c ga teng boʹladi. Baʹzi hollarda Termosfera va Ekzosferalarni yuqori ionlashgan holda bo‘lganliklari uchun ionosfera – deb ham ataladi.
Transport
|
40
|
Elektroenergetika
|
28,5
|
Rangli metallurgiya
|
21,6
|
Qora metallurgiya
|
15,2
|
Neft qazib chiqarish
|
7,9
|
Neftni qayta ishlash
|
5,1
|
Mashinasozlik
|
3,6
|
Ko`mir sanoati
|
3,6
|
Gaz sanoati
|
3,3
|
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish
|
3,2
|
Kimyo sanoati
|
2,7
|
Yog`ochni qayta ishlash
|
2,6
|
Oziq – ovqat sanoati
|
1,5
|
Mudofaa sanoati
|
0,6
|
Yengil sanoat
|
0,4
| Atmosferani ifloslanishi oqibatlari - Tirik organizmlar uchun zarur bo‘lgan havoning sifati buziladi;
- Insonlar salomatligining yomonlashishi va kasalliklar turlarini ortib boradi;
- Kislotali yomg‘irlarni yog‘ishi natijasida ohakli, marmar, metall qoplamali qurilish inshootlarining yemiradi;
- Karbonat angidridning (CO2) ko‘payib borishi natijasida iqlimni isishi (parnik effekti) sodir bo‘ladi;
- Oltingugurt (IV) oksidini (SO2) ortib borishi hisobiga iqlimni sovib ketishi sodir bo‘ladi;
- Freon gazini havoga tushishi natijasida ozon qatlamining yemirilishi kuzatiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |