12- MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHI YILLAR1DA
0 ‘ZBEKISTONNING FASH1ZM UST1DAN G'ALABAGA
QO‘SHGAN H1SSAS1
Asosiy tushuncha va iboralar:
harbiylashuv; fashizm; DMQ;
depo‘rtasiya;
evakuasiya,
harbiy
safarbarlik,
o‘zbekistonlik
harbiylarning urush frontlarida ishtiroki.
12.1. Ikkinchi jahon urushiniing boshlanishi hamda
O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida
1941-yili 2 2 -iyun kuni gitlerchilar Germaniyasi o'zaro urush
qilmaslik haqidagi shartnomani buzib, to‘satdan SSSRga hujum qildi.
Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibida
bo‘lgan barcha respublikalar, shu jumladan 0 ‘zbekiston ham bu urushda
qatnashishga majbur bo‘ldi. Urush butun mamlakat xo‘jaligini, uning
hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. 1940- yil 30-iyunda Davlat mudofaa
komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qoliga
o‘tdi. Ushbu komitetning raisi l.V. Stalin 8-avgustda SSSR qurolli
kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni lavozimini egalladi. Urushning dastlabki
kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar, ko‘rsatmalarda mamlakat
katta xavf ostida qolgani, uni himoya qilish uchun shoshilinch ravishda
barcha
iqtisodiy-ma’naviy
kuchlarni
mudofaa
. manfaatlariga
bo‘ysundirish, xalq xo‘jaligini to‘liq harbiy izga solish iozimligi qayd
etildi.
Uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari 0 ‘zbekistonni ham og‘ir
ahvolga solib qo‘ydi. Harbiy vaziyat front orqasini mustahkamlash
yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rishni talab qildi. Xalq xo‘jaligini
qayta ko‘rib, harbiy izga tushirish eng muhim edi. Front yaqinidagi
shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat korxonalari, o‘quv
yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklarni sharqqa-
ko‘chirish boshlandi. 0 ‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonga
evakuasiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig‘i 0 ‘zbekistonga
joylashtirildi. 1941- yil oxirigacha bu korxonalardan 50 tasi ishga
tushirildi. 1942- yil birinchi yarmida esa barcha keltirilgan sanoat
korxonalari to'liq quvvatda ishlab, mudofaa uchun mahsulot chiqara
boshladi.
Olrta Osiyo harbiy okrugida front uchun jangovor zaxiralar va
komandirlar tayyorlandi. Bir yarim yil ichida bu okrugda 109 ta harbiy
qo‘shilmalar tuzildi. Shulardan harakatdagi armiyaga va Bosh
150
qo‘mondon!ik stavkasi rezerviga 86 diviziya va brigada jonatildi. 1941-
yil noyabridan to 1942- yil martigacha 0 ‘zbekistonda 14 ta milliy
brigada, jumladan 9 ta alohida o‘qchi brigada va 5 ta otiiq diviziya
tuzildi. Urush yillarida bir yarim milliondan ortiq O'zbekistonlik fuqaro
fashizmga qarshi janglarda qatnashdi. (1940-yil respublika aholisi 6,5
min. kishidan iborat edi). Umumiy ahvolning keskin yomonlashuvi oziq-
ovqat borasida qiyinchiliklar tug'dirdi.
Shaharlarda oziq-ovqat
kartochkalari joriy etildi. Urush yillarida aholining yangi ijtimoiy
guruhlari: harbiy xizmatchilar oilalari, ko‘chib kelgan kishilar, urush
nogironlari, yetim bolalar paydo bo'ldi.
Urush yillarida respublikaga bir milliondan ortiq kishi, shu
jumladan, 200 ming yetim bola evakuasiya qilindi, Q‘zbekiston ularga
boshpana berdi. O‘zbekistonliklar ko‘chirib keltirilgan bolaiarga
mehribonlik va g ‘amxoriik ko‘rsatdilar, 15 nafar yetim bolani
farzandlikka olgan Shomahmudovlar oilasining oliyjanobligi butun
jahonga ma’lum. Urush nogironi kattaqorg‘ontik Hamid Samadov oilasi
13 bolani o‘z panohiga oldi, samarqandlik kolxozchi ayoi Fotima
Qosimova 10 bolani qabul qildi. Urush yillarida 4,5 ming nafardan
ziyodroq bolalar 0 ‘zbekistonlik oilalar tomonidan qabul qilib olindi.
Ko‘chirib keltirilgan bolalaming asosiy qismi bolalar uylariga
joylashtirildi. Urush yillarida bunday uylaming soni ikki barovardan
ziyod ko‘paydi.
1941-yil 1-oktyabrgacha 0 ‘zbekiston sogiiqni saqlash xalq
komissarligi tizimida 14950 o‘ringa ega bo‘lgan 47 gospital barpo etildi
va zarur uskunaiar bilan jihozlandi. Jami bo‘lib 39 140 o‘ringa ega
bo‘lgan 113 gospital yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmat
ko‘rsatdi. Urush yillarida 164
±
382 yarador qabul qilindi. 0 ‘zbekiston-
liklar orasida mudofaa fondi tashkil etilib, unga 650 min. so‘m pul, 22
min. so'mlik qimmatbaho buyumlar va 55 kilogrammga yaqin oltin,
kumush va boshqa qimmatbaho metallar to'plandi.
Xullas, urush yillarida 0 ‘zbekistonning barcha moddiy va
ma’naviy kuchlari g‘alaba uchun safarbar etildi, iqtisidiyot harbiy izga
tushirildi. Urushning dastlabki vaqtlarida iqtisodiy vaziyat keskin
og'irlashdi, sobiq Ittifoq respublikalaridagi ko‘pgina sanoat va qishloq
xo‘jalik rayoniarining bosib olingani xalq xo‘jaligini og‘jr ahvolga solib
qo'ydi. Chunki bu hududlarda sobiq SSSR ahoiisining 40 foizi yashar, .
bu yerlarda ko‘miming 63 foizi, bug‘doyning 38 foizi etishtirilar,
c]udratli mashinasozlik bazasi va ko‘plab mudofaa korxonalari mavjud
edi. Ana shunday sharoitda Sharq mintaqasi rayonlari boyicha 1941-
151
yilning oxiri va 1942-yilga Markaziy hukumatning harbiy xo‘jalik
rejasi qabul qilindi. Bu rejada umumittifoq miqyosida mamlakat
Sharqining ahamiyati keskin ortganligi qayd qilindi. Nihoyatda qisqa
muddatda shu mintaqada sanoat qurilishini avj oldirish, harbiy
mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, frqntga umumxalq yordamini
uyushtirish kozda tutildi. Urushning natijasi mana shu vazifalarni
muvaffaqiyatli bajarishga ko‘p jihatdan bog‘liq edi.
Respublika sanoat korxonalari urush boshlanishi bilan qayta
ko‘rilib, mudpfaaga zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga oftkazildi. 26-
iyundan boshlaboq mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan
tashqari vaqtda majburiy ishlab berish joriy etildi. Katta yoshdagilar
uchun ish kuni olti kunlik ish xaftasida 11 soatgacha uzaytirildi. Aslida
ish kuni 12-14 soatga cho‘zilardi. Ta’tilga chiqish bekor qilindi.
Kqrxonalardan o‘zboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 yildan 8
yilgacha muddat bilan qamoqqa hukm qilinadigan bo‘ldi. Biroq odamlar
mamlakat ichkarisida, xususan. 0 ‘zbekistonda “yuqoridan” ortiqcha
qistovsiz ham ozodlik va mustaqillik yo‘lida fidokorona mehnat qildilar.
1941-yil dekabriga kelib Toshkentda 63 ta, respublika hududida
230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsuiotlari ishlab chiqara
boshladilar, ko'chirib keitirilgan zavodlar ham o‘z quvvatini oshirib
bordilar. Elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida 7 ta
yirik va 30 ga yaqin kichik GESlar qurildi. Ayniqsa, Cftzbekistonning
eng yirik gidrostantsiyasi bodib qolgan Farxod GES qurilishi umumxalq
qurilishiga aylantirilib, 10 oy ichida Sirdaryo tosilib, GES ishga
tushirildi. Elektr energiyasi 1940- yilga qaraganda 1943- yil 3,5 barobar
oshdi, 1945- yilda esa 1187 mil. kilovat soatga ko‘paydi. Respublikada
ko‘mir, neft konlari ochilishi borasida ham samarali ishlar olib borildi.
Natijada, 1945- yilga kelganda 1940- yildagiga nisbatan 30 marta
ko‘proq
ko‘mir
qazib
olindi.
Urush
yillarida
respublikada
“Chuqurlangar”, “Tolmazor”, “Nayman”, “Shahrixon-Xo‘jaobod” va
boshqa yangi neft konlari ishga tushirildi.
Farg'ona vodiysida ishlab turgan “Andijon”, “Polvontosh”,
“Chargartosh”, “Chimyon” neft konlarida mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirish tadbirlari natijasida respublikada neft ishlab chiqarish 4
marta ko‘paydi. Volfram, molibden, mis va oltin zahiralarining topilishi
natijasida 0 ‘zbekistonda rangli metallar sanoati yaratildi. Bekobodda
metallurgiya zavodi qurish uchun 30 mingdan ko‘proq kishi jalb etilib,
1944-yil 5- martda 0 ‘zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi ishga
tushirildi. 1945-yil fevralda Bekobod metallurgiya zavodining ikkinchi
152
navbati ham mahsulot bera boshladi. Urush yillarida qurilish
materiallari, to'qimachilik va poyabzal, oziq-ovqat va mahalliy sanoat
tarmoqlari ham rivojlandi.
Sanoatning yangi yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, zavod va
fabrika tarmoqlarining kengayishi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va talabni
oshirdi. Ishlamayotgan mehnatga layoqatli ayollar, o‘smir yoshlar,
nafaqahorlar hisobiga ishchilar safi toMdirildi. Urushning dastlabki ikki-
yili mobaynida 0 ‘zbekistonda turli kasbdagi 105 mingdan ziyod sanoat
ishchisi tayyorlandi. Ochlik, charchoq, qiyin sharoitlarga qaramasdan
ilg‘or ishchilarning ko‘pchiligi normani 300-400, hatto 500 foizga qadar
bajargan vaqtlari ham bo‘ldi.
Urush yillarida 0 ‘zbekistonda vujudga kelgan harbiy sanoat
kompleksi tomonidan front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta
aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 60 mingga
yaqin harbiy kimyoviy apparatura, 22 min. dona mina va 560 ming dona
snaryad, 1 min. dona granata, 300 mingta parashyut kabilar tayyorlab
berildi. 1945- yilga kelib sanoat ishlab chiqarish urush arafasiga nisbatan
deyarli ikki barobar oshdi, neft qazib olish 4; metal ishlab chiqarish 4,5;
mashinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar; ko‘mir qazib chiqarish 30,
energiya ishlab chiqarish 2,42 barobar ko‘paydi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida respublikada transport va aloqa
vositalarining uzluksiz va unumli ishlashini tashkil qilishga alohida
e’tibor berildi. O'zbekiston temiryoliari xodimlarining fidokorona
mehnati natijasida 1941-1942-yillar davomida ko‘chirilgan sanoat
korxonalarining asbob-uskunalari ortilgan 17,5 ming vagoni tashib
berildi. Front orqasi bilan front o‘rtasidagi asosiy aloqa vositasi bo'lib
xizmat qilgan temir yol tarmoqlari 1941-1945-yillarda 2 barobarga
uzaydi.
Urush davri talablari va telegraf ishini ham qiyinlashtirib qo‘ydi,
ish hajmi oshdi, pochta korxonalarning soni, telefon va telegraf
tarmoqlarining uzunligi ortdi. Nemis-fashistlami tor-mor keltirish uchun
olib borilgan umumxalq kurashida o‘zbek dehqonlari ham munosib hissa
qoshdilar. Ular oldiga front va mamlakat ichkarisidagi aholini qishloq
xo'jalik mahsuloti bilan, sanoatni xomashyo bilan ta’minlash vazifasi
qo‘yildi. Buning uchun qishloq xo‘jaligini ham harbiy izga o‘tkazish,
don, kartoshka, sabzavotlar va texnika ekinlarini ko‘paytirish lozim edi.
Chorvadorlar ham armiya va aholini go‘sht-sut mahsulotlari bilan
ta’minlashlari lozim edi.
153
Urush arafasida 0 ‘zbekistonda 27 888 mexanizator bo‘lgan bo‘lsa,
1942- yilda ulaming soni 2 775 kishiga tushib qoldi, keyinchalik yanada
kamaydi. Natijada, 12 yoshdan boshlab mehnat kuni belgilanib, uni
bajarmaganlaming oilasi sudga beriladigan bo‘ldi. Urush yillarida
hashar y o ii bilan 0 ‘zbekistonda Shimoliy Toshkent, Yuqori Chirchiq,
Shimoliy Farg‘ona, So‘h, Shoximardon, Uchqo‘rg‘on kanallari,
Rudaksoy, Kattaqorg'on suv omborlari quriiib ishga tushirilishi yangi
yerlami o‘zlashtirishga imkon berdi. 1942-1943- yillarda 0 ‘zbekistonda
sug‘orilib ekin ekiladigan yerlar maydoni 546 ming gektarga ko‘paydi.
Paxta yetishtirishni ko‘paytirish urush yillarida 0 ‘zbekiston
dehqpnlarining oldidagi eng rnuhim vazifalardan biri edi. Obyektiv
sabablarga ko‘ra
1942-1943-у illardagi paxta topshirish rejalari
bajarilmay qoldi. Lekin urush davri sharoitidagi texnika vositalari, ishchi
kuchining etishmovchiligi, mineral og'itlaming kamligi sababli ro‘y
bergan bu holatni Markaz tan olishni istamadi. 1944- yil yanvarda
o‘tkazilgan respublika paxtakorlarining birinchi qurultoyida ko‘ri!gan
chora-tadbirlar natijasida 0 ‘zbekiston yillik paxta tayyorlash rejasini
101,4 foizga bajardi.
Shunday qilib, urush yillarida 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jalik ahli
eng murakkab va og‘ir sharoitlarda mehnat qilib, 4 min. tonnadan ziyod
paxta xom-ashyosi, 82 min. pud don; 55 ming tonna pilla, 11 min. tonna
sholi; 57,5 ming tonna meva va uzum; 36 riling tonna go‘sht; 22,3 ming
tonna jun va boshqa mahsulotlar etkazib berdilar. Bu fashizm ustidan
qozonilgan g'alabaga qo‘shilgan munosib hissadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |