0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Totalitar tuzumning kuchayishi. Qatag‘on siyosati



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

11.5. Totalitar tuzumning kuchayishi. Qatag‘on siyosati
2 0
- yillarning oxiridan boshlab mamlakat va respublikada tarkib 
topib kelayotgan totalitar jamiyatga xos xususiyatlar tobora oshkora 
namoyon bo‘la boshladi. Muhim qarorlarning hammasi tor partiya 
doirasida qabul qilinar va butun mamlakat uchun majburiy bo‘lib 
qolardi. Demokratiyani bog‘ish, haq-huquqlaming, qonunchiliklarning 
ommaviy ravishda buzilishiga olib keldi. Natijada milliy madaniyatni 
qayta tiklash, xalq turmushini yaxshilashga e’tibor qaratmo'qchi bo‘Igan 
rahbar xodimlar Акта! Ikromov, Turar Risqulov, Fayzulla Xo‘jayev, 
Nazir Toraqulov va boshqa arboblar millatchilikda ayblandi. Ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlanishning muqobil yo‘llarini amalga oshirishga uringan 
kishilar guruhbozlikka qarshi kurash shiori ostida tazyiqqa uchradi.
Keyinchalik 
“inog‘omovchilik”, 

0
‘n 
sakkizlar 
guruhi”, 
“qosimovchilik” deb nom olgan ishlar o‘sha paytlarda to‘qilgan edi. “On 
sakkizlar guruhi” bolsheviklar tomonidan boy-quloq deb nomlangan 
o‘ziga toq xo‘jaliklarning yer-suv islohoti jarayonida belgilangan 
me’yordan ortiqcha mol-mulkni tortib olinishiga qarshi chiqdilar.
0 ‘zbekiston yer ishlari xalq komissari I. Xidiraliev boshchiligida 
18 nafar mas'ul partiya va sovet xodimlari dehqonlarni iqtisodiy jihatdan 
himoya qilinganliklari uchun jazolandilar. Shu davrda 0 ‘zbekiston 
Kompartiyasi 
MKning 
matbuot 
bolimi mudiri 
R.Inag‘omov,
0 ‘zbekiston Oliy sudi raisi S.Qosimov va ularning tarafdarlari partiyani 
0
‘zbekistonda mustamlakachilik 
siyosati 
olib 
borayotganlikda
aybladilar, iqtisodiyot, madaniyatning mustaqil rivojlanishiga yo‘l ochib 
berishni talab qildilar. Natijada nohaq ayblanib, qatag‘on qilindilar.
1929-yil 
oxirlarida 
Munavvar 
Qori 
Abdurashidxonov 
boshchiligidagi "Milliy istiqlol" tashkilotining a’zolari qamoqqa 
olindilar. Ular sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi chiqqan reaksion 
tashkilotlarning a’zosi sifatida qoralandilar. Toshkentda qamalgan 
tashkilotning 85 nafar a’zosidan 15 nafari otib tashlandi (Munavvar Qori 
Abdurashidxonov 1931- yil Moskvada otilgan), qolganlari ahloq tuzatish 
mehnat 
lagerlariga jo ‘natildilar, 
30-yillarda 
qonunbuzarlik 
va 
qatag‘onlar yanada avjga chiqdi, inson qadr-qimmati poymol etildi.
Buning oqibatida 1937-yil ikkinchi yarmidan song A.Qodiriy, 
Cho‘lpon, Fitrat, Elbek, Usmon Nosir va boshqalar, matbuot va adabiyot 
xodimlari, tarjimonlar va olimlar, ruhoniylar nohaq ravishda xalq 
dushmani sifatida ayblanib, qatag‘on qilindilar. Ular yaratgan asarlar va 
badiiy tarjimalarni o‘qish ta’qiqlab qoyildi. Islomga oid noyob 
qolyozma kitoblar yoq qilindi.
148


0
‘zbekistonda yalpi qatag‘on partiya va davlatga xizmat qilgan 
atoqii arboblarni qamoqqa olishdan boshlandi. Siyosiy boshqarma 
U.Xojayev. A.Ikromov, S.Segizboyev va boshqalar ustidan “sovetlarga 
qarshi qoporuvchilik” degan uydirmalami to‘qib chiqardilar. Chunki 
ular bahs va munozaralarda o‘z dunyoqarashlarini sobit turib himoya 
qila oladigan xalq etakchilari edi, 1931-1939-yiliarda 0 ‘zbekiston 
jamiyatning hamma tabaqalariga yoyilgan hibsga olish to'lqini ostida 
qoldi. 
Olimlar, 
muhandislar, 
shoiru-yozuvchilar, 
maorifchilar, 
san’atkorlar, jumalistlar, hattoki ishchi va dehqonlar ham ta’qib ostiga 
olindi va qatag'on qilindi.
0 ‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligining ichki turmasi va boshqa 
qamoqxonalarida mahbuslar jismoniy jazolarga mahkum bo'ldilar. 
Mahbuslarning ko‘plari bu holatdan chiqish, qutulishning yagona yo‘li 
o‘z joniga qasd qilish deb bildilar. Ayrimlari esa qilmagan jinoyatlarini 
bo‘yniga olishga majbur bo'lganlar. Xullas, 1937-1939-yiliarda soxta 
ayblovlar bo‘yicha 0 ‘zbekistonda hammasi bo‘lib, 41 mingdan ziyod 
kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi jazolangan, 
ulaming ichidan 
6
ming 920 kishi esa otib tashlangan. Natijada, 
respublika ozining kuchli kadrlaridan ayrildi, ziyolilar bir avlodi yo‘q 
qilindi. Shunday qilib, XX asming 30- yiliaming oxirida 0 ‘zbekistonda 
insoniylik va demokratiya printsiplarini oyoq osti qiladigan, har qanday 
o‘zgacha 
fikr 
yuritishni 
kuch 
bilan 
bog‘adigan, 
ommaviy 
ozboshimchalik va zo‘rlik bilan 
0
‘zbekistonga sodiq ming-minglab 
kishilami qirib tashlagan totalitar tartibot qaror topdi va kuchaya bordi.. 
Bu xalqning boshiga chinaham fojea bo‘lib tushdi hamda unga 
nihoyatda og‘ir urush sinovlari arafasida ulkan ziyon va talofat yetkazdi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. XX asming 20-30-yillarida O'zbekistondagi iqtisodiy ahvol qanday 
bo'lgan?
2. 0 ‘lkani sanoatlashtirish ishlari qanday olib borildi?
3. Yer-suv islohoti va qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati qanday 
amalga oshirildi?
4. 0 ‘zbekiston madaniy hayotidagi qaramlik qanday oqibatlarga olib keldi?
5. Sovet hokimiyatining o'ikamizda yuritgan qatag‘oniik siyosati qanday 
oqibatlarga olib keldi?
6. Quloqlashtirish siyosatining salbiy oqibatlari keltiring.
7. Ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan yiliarda aloqa tizimining rivojlanishi?
149



Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish