O’zbekistonda Madaniyat va Sanat sohasinig rivojlanishi.
Reja:
Mustaqillik yillarida milliy kino san’ati
«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi
O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi
Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish boshladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri. ? 103 2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat maskanlari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib, «O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazildi. 2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Umuman, mustaqillik o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |