2.2. O‘zbekiston hududi ibtidoiy jamoa tuzumi davrida
Ibtidoiy jamiyat odamlarning yashash tarzi, jismoniy va aqliy
tuzilishi, ular tomonidan yasalgan mehnat qurollarining turi va
materialiga ko‘ra bir qancha davrlarga bo‘linadi. Kishilik tarixining ilk
bosqichi hisoblangan bu uzoq o‘tmish bir necha million yillar davom
etgan. Bu davrda ming yilliklar osha ibtidoiy odam nihoyatda sekinlik
bilan karnol topib, hozirgi zamon odami qiyofasiga kirgan. Uning
mehnat qurollari, asosan, toshdan yasalgani bois odamzod o‘tmishining
bu ilk bosqichi fanda "tosh davri" yoki "ibtidoiy to ‘da" davri deb
yuritildi.
Paleolit. Bu bosqich o‘z navbatida 3 pog‘onaga bo‘linadi. Ilk
paleolit, o‘rta paleolit, quyi paleolit.
Ilk paleolit (ibtidoiy to‘da davrining boshlanish). Bu davr mil.
avv. 1-million yildan to 100-mingyilliklami o‘z ichiga oladi. Hozirgi
0 ‘zbekiston yerlarining tabiati kishilik tarixini ilk bosqichlaridayoq bu
yerlarda ibtidoiy odamzod to‘dalarining yashashi uchun qulay boMgan
0 ‘.rta Osiyo hududlarida bundan qariyib I million yil muqaddam
ibtidoiy odamlar yashagan.
Kishilikning ibtidoiy to‘da bosqichida odamlar tabiiy sharoit
taqozosi bilan yirtqich hayvonlar xavfi tufayli to‘da-to‘da bo‘lib
yashashga majbur edi. Ov vaqtida yolg‘iz hayvonga ko‘pchilik boiib ov
qilganlar. Ibtidoiy to‘da davrida odamlar o‘rtasida oilaviy aloqalar hali
aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda yashagan ibtidoiy odamlar
fanda sinantron nomi bilan ataladi. Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib-
termachlab ozuqa topish uchun toshdan, sulkdan, daraxt shoxlaridan
turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu tufayli ular “Homohobilis” -
“bilag‘on odam” deyiladi.
0 ‘zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan
manzilgohlar Farg‘ona vodiysining So,!x tumanidagi Selung‘ur g'oridan
va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko‘lbuloq
makonidan topilgan va o‘rganilgan. Bu davr ibtidoiy odamlarining
suyak qoldiqlari (bosh suyagining bir boiagi, yelka suyagi va o‘ndan
12
ortiq tishlari) arxeolog 0 ‘. Aslonov tomonidan Selung‘ur g‘oridan
topilgan. Fanda unga “Fergantron” (“Farg‘ona odami”) shartli nom
berilgan. Selung‘urdagi topilmalar va ularni o‘rganish yer yuzida
odamzodning paydo bo‘lish muammosi yechimiga qo‘shilgan ulkan
hissa boMdi. Endilikda Markaziy Osiyo ibtidoiy odamzod ilk paydo
bo‘lgan joylar qatoriga kiritildi.
Arxeolog M. Qosimov rahbarligida KoMbuloq makoni tadqiq
etilib, uning ashel davriga oid 22 ta, mustye davriga oid 24 ta qatlam
o‘rganildi. Ko‘lbuloq topilmalari (tosh qurollar, hayvon va parranda
suyaklari, o‘simlik qoldiqlari va x.k.) ibtidoiy odam to‘dalarining
mashaqqatli hayoti, tosh qurollar yasash texnikasi bu yerlaming tabiati
hamda ibtidoiy ovchi va termogilaming turmushda sodir bo‘Igan tadrijiy
siljishlarni aniqlash imkonini berdi.
Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari terib ozuqa
topish,
hayvonlarni
ovlash,
tosh
qurollar
yasash
va
ularni
mukammallashtirishdan
iborat boigan. Mana shundan mehnat
jarayonida odamlarning o‘zlari ham o‘zgarib, takomillashib borgan.
0 ‘rta paleolit (m.av. 100- m ingyillik-40- mingyilliklar) Ibtidoiy
to‘da davrining so‘ngi bosqichi arxeologiya fani davriy tizimida Mustye
madaniyati deb yuritiladi. Bu davrda yashagan ajdodlar esa ibtidoiy
odam shajarasida neandertal nomi bilan fanga kiritilgan. Hozirgi vaqtda
0 ‘rta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan
ortiq joyda uchratilgan. Toshkent viloyatida Obirahmat g‘ori, Xo‘jakent,
Poltov, KoMbuloq makoni, Samarqand viloyatida OmonqoMon g‘ori,
Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Novoiy viloyatida Uchtutda topilgan va tadqiq
qilingan.
Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal odamning suyak qoldiqlari
fan olamida jiddiy kashfiyot boMdi. Odam suyaklari atrofiga terib
chiqilgan arxar va Buxoro bug‘usi shoxlarining topilishi odamni dafn
qilish marosimining ibtidoiy ko‘rinishlari bilan bogMiq.
Xullas, 0 ‘rta paleolit davrida odamlar olov chiqarishni, gulxanlar
yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, go'shtni o‘tda pishirib
iste’mol qilishni bilib olganlar. Dastlabki diniy e’tiqod paydo boMgan.
So'nggi
paleolit.
Mil.avv. 4 0 -mingyildan
to
12-
mingyilliklargacha davom etgan. Bu davrda hozirgi zamon odami
(kromanyon) shakllandi. 0 ‘sha davr odamlari fanda “Homo-sapines” -
idrokli odam deb nomlangan. Mehnat qurollari takomillashdi, tosh bilan
birga suyak va yog‘ochdan ham foydalanildi. Odamlar bu davrda faqat
g‘orlarda emas, balki tekisliklarda ham makon qura boshlaganlar.
13
Ona tomonidan urug‘dosh!ik mustahkamlanib matrearxat paydo
bo‘ldi. Tasviriy va amaliy san’atning ibtidosi . ham o‘sha davrdan
boshlandi, Hozirgi kunda 0 ‘rta Osiyoda bu davrga mansub 30dan ortiq
yodgorliklar topib o'rganilgan. Ular orasida ayniqsa Samarqand makoni,
Toshkent viloyatida Oqtosh makoni va Ko'lbuloq topilmalari muhim.
So‘nggi paleolit bosqichida muzlik davri tugab, iqlim issiqlash
boshladi. 0 ‘simlik va hayvonot dunyosi ham asta-sekin hozirgi qiyofaga
kirdi.i .
Mezolit rf-o^rta tosh
davr (mil.av. 12-7-mingyilliklar)
ham
deyiladi. Mezolitda o‘q-yoy kashf etilgan va bu o‘sha davr odamlari
hayotida buyuk burilish bo‘Idi, chunki ovdan keladigan oziq-ovqat
hajmi ortdi. Tosh qurollar va ulami yasash takomillashdi, hayvonlarni
qo‘lga o‘rgatish boshlandi. Mezolit davrida g'orlar devoriga o‘yib
chizilgan yoki rangli bo‘yoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san’at paydo
bo‘ldi.
0 ‘zbekistonda shu davr manzilgohlari ichida Obishir g ‘ori xilma-
xil mayda tosh qurollari bilan ajralib turadi. Вu davrga oid bir qancha
yodgorliklar Toshkent
atrofida Qo‘shilish (Bo‘zsuv yoqasida),
Surxandaryoda Machay g ‘orida o‘rganildi.
N eolit-yangi tosh davri (mil.avy. 6-4- mingyillik)dir. Neolit
odamlari tosh qurollami yasashda yangi usullar - silliqlash, parmalash,
arralash usullarini ixtiro etadilar. Bu davrda mikrolit qurollar yasash
takomillashdi. Ovchi jamoalar endilikda yerto‘la, chayla yoki kapalar
qurib ba’zan guvalalardan kulbalar bino qilib, o‘troq hayot kechirishga
o‘tadilar. Bu joylarda neolit davrining ilk qishloqlari qad ko‘targan.
0 ‘troq turmush tarzining qaror topishi bilan dehqonchilik va
chorvachilik vujudga keldi. Kulolchilik kashf qilindi. Jundan ip yigirish,
mato to‘qish va tikuvchilik ixtiro qilindi.
Mil. av. 4-3- mingyillikda hozirgi 0 ‘zbekiston hududida (Xorazm
va Buxoro vohasi) Kaltaminor madaniyatiga mansub ovchi va
baliqchilar yashagan. Bu madaniyatning eng nodir va muhim yodgorligi
Jonbosqal’a IV makoni va Tolstov manzilgohlaridir.
Eneolit- mil.avv. 4-3 mingyilliklarda tosh davri tugab, eneolit
(mis tosh) davri boshlandi. Bu davrda tosh bilan birga, metaldan, ya’ni
dastavval misdan qurol yasashga o‘tildi. Biroq mis tarkiban yumshoq va
mo‘rt metall bo‘lgani sababli mehnat va ov qurollarining aksariyati
hamon toshdan ishlanar edi. Bu davr arxeologik yodgorliklari Zarafshon
quyi
oqimida “Kaptaming qumi", shuningdek, Nomozgohtepa
(Turkmartiston) kabilarda o'rganilgan. !
14
Bron/a davri. Bu davr 0 ‘zbekiston yerlarida mil.av. 3 - mingyillik
oxiri-2-m ingyillikka " tb‘g‘ri keladi. Mis, qalay va qo‘rg‘oshin
qorishmasidan bronza (jez) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining
turi ko‘paydi, Bronzadan keskin tig‘li qurol yarogTar, ro‘zg‘or va
kosmetika (pardoz) buyumlari, ma’budalar, naqshdor muhrlar yasala
boshlandi. Ot, eshak, tuya Va xo‘kizdan transport vositasi sifatida
foydalanildi, hayvonlarga qo‘shitadigan aravalar vujudga; keldi va
g‘ildirak kashf etildi. Birinchi rnehnat taqsimoti dehqonGhilikdan
chorvachilik ajralib chiqdi. Bronza davri manzilgohlari Sopolitepa,
Sarazm, Zomonbobo kabilardir. >
■:
Temir davri. Temir davri yodgorliklari 0 ‘zbekiston yerlarida
mil.avv. IX-
VI
asrlar va undan: keyingi davrlarga oid. Ular Xorazm,
Baqtriya, Sug‘d, Choch yerlarida va Farg‘ona vodiysida o‘rganilgan.
Temirdan xo‘jalik hamda qurol yarogTar yasashda keng koTamda
foydalanila boshlandi. Dehqonchilik maydonlari kengaydi va sug‘orish
inshootlari qurish rivojlandi. Chorvachilik ham o‘sdi. Bu davrga kelib
hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Mehnat unumdorligi
b‘sishi bilan qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarila boshlandi. Bu esa
ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga olib keldi. Temir va po‘latdan
yasalgan
buyumlardan
keng
miqyosda
foydalanish
qishloqlar
taraqqiyotiga ham samarali ta’sir ko'rsatdi.
Qishloqlar murakkab mudofaa inshootli qal’alarga aylantirib
mustahkamlandi. Bindixontepa, Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashqontepa
va boshqa yodgorliklar shular jumlasidandir. Mutaxassislarning
ta’kidlashicha, 0 ‘zbekiston qadimgi shahar sivilizatsiyasi ilk bor
shakllangan hududga kiradi. Bunga Sopolitepa va Jarqo‘ton topilmalari
misol bo‘la oladi.
Dastlabki sivilizatsiya ma’lum darajada til va yozuvlar bilan
bogTiq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o ‘choqlari Misr,
Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.avv. I-
mingyilliklarda paydo bo'lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki
qadamlarini xalqamizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda
ko'ramiz. Bundan 2,5 mingyil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma
beigilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata
boshlagan. Bu harakat axmoniylar davrida ma’lum bir yozuvga
aylangan. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari
tajribasi asosida So‘g‘d, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o‘lkalarda
mahalliy tillarni ifodalashga mo‘ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb
ta’kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oromiydan farq qiluvchi
15
mustaqil yozuv tizimlari bo‘lgan. Mil. avv. IV-III asrlarda, shuningdek,
Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy),
uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlarini qo'llaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |