0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


- MAVZU. “0 ‘ZBEKISTON TARIXI” FANINING PREDMETI



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

1- MAVZU. “0 ‘ZBEKISTON TARIXI” FANINING PREDMETI.
FANNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI VA MANBALARI
Asosiy tushuncha va iboralar: 
tarix fani; metodologiya; fan 
predmeti; tarix fani funksiyalari; metodologik yondashuv; tarixiylik va 
ijtimoiy yondashuv prinsipi.
1.1. 0 ‘zbekiston tarixi fani predmeti. Fanning nazariy-uslubiy
asoslari
0 ‘zbekiston tarixi awalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi 
bilan, qolaversa, butun jahon xaiqlari tarixi bilan chambarchas 
bog‘langan. Qadim zamonlardan buyon O'zbekistonimiz Markaziy 
Osiyo mintaqasidagi ko‘pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va 
madaniy makonda bo‘lib kelgan. Bu jihatdan doimo o‘zaro ta’sirda va 
aloqada bo‘lganlar, qo‘shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ulaming 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy 
bog‘liq o‘tgan. Shu sababdan 0 ‘zbekiston tarixini qo‘shni mamlakatlar 
tarixi bilan bog‘liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi 
qo‘ymagan holda o‘rganish taqozo etiladi.
“0 ‘zbekiston tarixi” fanining predmeti xalqimizning qadimdan 
bugungi kunlarga qadar tarixiy yo‘lini, bu yo‘lda kechgan tarixiy 
jarayonlarni, ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va 
ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishdan, tushuntirishdan iborat. Shu 
jihatdan “0 ‘zbekiston tarixi” fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
-A jdodlar hayoti bilan bog‘liq holda sodir bo‘!gan voqealar 
rivojining mazmun-mohiyatini, sabab va oqibatlarini, asrlar davomida 
to‘p!angan amaliy tajriba va saboqlarni;
-xalqning 
xalq, 
millat 
bo'lib 
shakllanish 
jarayonlarini, 
ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlaming tashkil 
topishi va ulaming ichki va tashqi siyosatini;
-xalqning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mUsta'qillik- 
yillarida milliy huquqiy, demokratik davlatchilik qurilishi, demokratik- 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish, 
jahon hamjamiyatiga qo‘shilish va o‘z o‘rnini topish borasidagi 
faoliyatini o‘rgatadi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish va yoritishda 
ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik 
prinsiplardir.


Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ular 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun 
majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy daliliarga asoslanishni 
talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‘zaro aioqada va 
munosabatda deb o‘rganish darkor.
Tarixni o‘rganishda tarixiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega. 
Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o‘z davrining aniq tarixiy 
sharoitidan, o‘sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib 
chiqqan holda o‘rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa 
voqealar, hodisalar bilan bog‘lab o‘rgangandagina mazkur voqea 
hodisaning umurniy tarixiy jarayondagi o‘rnini to‘g‘ri aniqlash, 
belgilash mumkin bo‘ladi. Har bir voqea, hodisaga umurniy tarixiy 
jarayonning bir qismi, bo‘lagi deb qaramoq zarur. Masalan, bironta 
davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermo‘qchi 
boTsak, u birinchidan qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, 
ikkinchidan u o‘z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o‘tdi, 
uchinchidan uning tarixiy o‘mi, mavqei qanday, degan savollarga aniq 
javob berish zarur boTadi.
Tarixni o'rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik prinsiplar 
bilan bir qatorda faktlami taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar 
qhiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlami 
o‘tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish 
zarur.
1
.
2
.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish