0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


O‘zbekiston tarixini davrlashtirish



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

 O‘zbekiston tarixini davrlashtirish
0 ‘zbekiston tarixini tadqiq etish, o‘rganishda uni to‘g‘ri 
davrlashtirishning ahamiyati kattadir.
Olimlar o‘tmish jarayonini ma’ium bir davrlarga boTganlar. Bu 
davrlar insoniyat tarixida yirik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar, 
taraqqiyot bosqichlari bilan bogTiq. Xususan, 0 ‘zbekiston tafixi 5 
davrga bo‘lingan. Ular quyidagilardir:
1. Eng qadimgi davr (miloddan avvalgi taxminan million yildan to 
milodiy IV asr oxirlarigacha).
2. 0 ‘rta asrlar davri (V-XIX asr boshlari).
3. Turkiston Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida (XIX asr 
o‘rtalari-XX asr boshlari).
4. 0 ‘zbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917-1991- yillar).
5. Mustaqiliik davri (1991- yildan boshlab).
6


Bu davrlaming har biri yana o‘ziga xos, kichik davrlarga 
bo'linadiki, uni mazkur qo'llanmaning mazmuni va mundarijasidan 
yaqqol ko'rish mumkin.
Tarixiy voqeaiar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib 
ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo‘lib qoladi. Taiixiy 
manbalar ikkiga - moddiy va yozma manbalarga bo‘linadi.
Qadimgi odamlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, 
idish-tovoqlar, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal’alar, 
shaharlar, qabrlar, rasmlar va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar 
deb ataladi. 0 ‘zbekistonimiz hududida olib borilgan arxeologik 
izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar, ulaming tahliliy 
xulosalari odamlar hayotini bilishga imkoniyat yaratadi.
Qadimgi davrlardayoq odamlar o‘z fikrlarini yozma bayon etish 
uchun yozuv belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar o‘zlari yashab 
turgan, yoki borib ko'rgan mamlakatlari haqida, ko‘rgan-kechirganlarini 
daraxtlaming po‘st1og‘iga, toshga, teriga, keyinchalik qogozga yozib 
qoldirganlar. Xalqlaming hayoti, yuz bergan voqea va hodisalar haqida 
yozilgan kitoblar mavjud. Yer va qimmatbaho narsalami in’om qilish, 
meros qoldirish, sotib olish hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Podshoh 
va hokimlarning yozma shakldagi qonunlari va farmonlari saqlanib 
qolgan. Bular yozma manbalar deyiladi.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-Vl! asrlardagi hayotini 
o‘rganishda “Avesto” kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. 
Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat 
tuzilmalarining shakllanish jarayonlari o‘z ifodasini topgan.
Miloddan avalgi V-II asrlarga oid yunon, xitoy, eron, vizantiya, 
hindi yozma manbalarida ham CTzbekistonimiz tarixiga oid ma’lumotlar 
uchraydi.
Q‘zbek xalqining o‘rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy-madaniy hayotini o‘rganishda Abu Nasr Forobiyning “Fozil 
odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar”, 
Yusuf 
Xos 
Hojibning 
“Qutadg‘u 
bilig”, 
M. Qashg‘ariyning 
“Devonu 
lug‘otit-turk”, 
Abu 
Toxirxo‘janing 
“Samariya”, 
Narshaxiyning 
“Buxoro 
tarixi”, 
Nizomulmulkning 
"Siyosatnoma yoki 
siyar ul-muluk", 
Amir Temurning 
“Temur 
tuzuklari”, Mirzo Ulug'bekning “To‘rt ulus tarixi” va boshqa nodir 
kitoblar muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar 
0 ‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Q'zbekiston


р
Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qo‘lyozmalar 
fondi dunyodagi eng yirik qoiyozmalar xazinalaridan biri hisoblanadi. 
Bu yerda 40 mingdan ziyod qo‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq 
toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida yoziigan xujjatlar 
mavjud. Shuningdek, 0 ‘zbekistonimiz tarixiga oid muhim qo‘lyozma 
hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma’lumotlar horijiy mamlakatlardagi 
ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qo‘lyozma 
hujjatlar va kitoblarning hozirgi o‘zbek tiiiga tarjima qilinishi va nashr 
etilishi 0 ‘zbekistonimiz tarixini yanada toMaroq, xolisona yoritilishiga, 
tariximiz saxifalaridagi “oq” va “qora” dog‘laming barham topishiga 
ko‘maktashadi.
0 ‘zbekistonimiz tarixini o‘rganishda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, 
mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy 
hujjatlar muhim nazariy metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ajdodlarimiz hayotini, turmush tarzini o‘rganishda arxeologiya 
(qadimshunoslik), etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya 
(odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi) va boshqa fanlar 
ko‘maklashadi.
Tabiiyki, tarix fani o‘tmish merosini yangi avlodlarga to‘laqonli 
yetkazish bilan ularning ma’naviy tarbiyasiga, komil insonlar bo‘lib 
yetishuviga o‘z munosib hissasini qo‘shmoqda. Yurtimiz'o‘tmishi xalq 
xotirasi, avlodlar o‘rganib saboq oluvchi hayot maktabidir. T arix -b u
nafaqat o‘tmish, uning tahlili, bugungi kunimiz uchun muhim 
xulosalar manbai bo'lib, balki u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham 
katta ahamiyat kasb etadi.
Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. 0 ‘zbekiston tarixi 
yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan 
chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib 
shakllantiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov ta’kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi “Har bir fuqaroni, jumladan, 
yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z 
qorachig‘iday 
avaylab-asrashga, 
yurak-yurakdan 
iftixor qilishga 
o‘rgatadi. 0 ‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat 
olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, 
bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini 
anglashga undaydi”.
Insonda tarixiy xotira o‘z yurti tarixini, o‘z xalqi, ajdodlari tarixini 
bilish orqali shakllanadi. Yaqin o‘tmishda mustamlakachilar, totalitar
8


tuzum mutasaddilari ko‘pgina xalqlarni, jumladan, o‘zbek xalqini o‘z 
tarixidaa judo qilish, ularni o‘z o‘tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, 
nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, 
amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘yildi, uning 
bir necha ming- yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o‘qitish 
va o‘rgatishga izn berilmadi.
0 ‘z o‘tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi 
kuchli bo’ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. 
0 ‘tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni 
yaxshi tushunadi, kelajakni to‘g‘ri tasavvur etadi. 0 ‘zbekiston tarixi 
talaba-o‘quvchilarga 
bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan demokratik islohotlaming mohiyati va natijalarini, milliy, 
huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini 
o‘rgatadi. Bu o‘z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy 
madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilashga 
ko‘maklashadi.
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega 
ekanligi bilan belgilanadi. Ajdodlarimiz yetishtirib bergan o‘nlab, 
yuzlab 
jahonga 
mashhur 
olimu-ulamolar, 
me’moru-binokorlar, 
naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari 
hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim 
maskanlari faoliyati talaba-o‘quvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix 
sabog'idir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma’naviy 
meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli 
mehnat, har qanday to’siqlami yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi 
xislatlar yotadi. Bunday xislatlar O'zbekiston tarixini o’qitish orqali 
yoshlarga singdiriladi.
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni 
egallash talaba-o‘quvchilarda halollik, odillik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat, 
mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga 
ko'maklashadi.
Shu boisdan 0 ‘zbekiston tarixini har tomonlama, chuqur o‘rganish 
muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik 
sharofati tufayli maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib Oliy o‘quv 
yurtiarigacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimida 0 ‘zbekiston tarixi fanini 
o‘qitishga davlat darajasiga ko‘tarilgan vazifa sifatida katta e’tibor 
berilmoqda.
9


Tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy 
ma’naviy merosini egallash talabalarda 0 ‘zbekistonparvarlik, odillik, 
xalollik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi 
insoniy fazilatlar shakllanishga yordarn beradi. Xulosa qilib aytganda, 
tarix bu tafakkur bulog‘i. U bizni o‘tmish voqealariga ochiq ko‘z bilan 
qarashga, oq-qorani aniqroq ko‘rishga, ziyraklik bilan anglashga 
o ‘rgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalami qiyoslash
taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. Shu boisdan 
tariximizning buyuk murabbiyligini doimo yodda tutaylik, e’tibor va 
ehtirom bilan o‘rganaylik.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish