0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

NAZORAT SAVOLLARI
1. “Sivilizatsiya” tushunchasining mazmuni.
2.01imlar sivilizatsiyalarning qanday turlarini ajratadilar?
3. Ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy davrlari sanab bering.
4,Odam evolutsiyasi haqida nimalar bilasiz.
5,Dastlabki ma’lumot almashinuvi qanday amalga oshirilgan?
6 .0 ‘rta Osiyodagi dastlabki yozma manbalar tasnifini bering.
7. “Avesto” - 0 ‘zbekiston tarixi sifatida ahamiyatini ko‘rsatib bering.
8. 
“Avesto”da yaxshilik va yomonlik o'rtasida kUrash nimalarda 
namoyon ho‘ladi?
18


3- MAVZU. 0 ‘ZBEK DAVLATCH1LINING SHAKLLANISHI VA
DASTLABKI TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Asosiy tushuncha va iboralar: 
davlat;. davlat tuziimalari; 
podsholik; harbiy demokratiya; aloqa vositalari; pochta; ellinizm; 
konfederatsiya; teokratik davlat.
3.1. 0 ‘zbekiston hududidagi eng qadimgi daviatlar (Qadimgi
Baqiriya podshoiigi, Katta Xorazm)
“Avesto” hamda yunon rnualliflarining guvohlik berishicha, 
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda 0 ‘zbekiston hududida So‘g ‘diylar, 
baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. 
Zarafshon 
va 
Qashqadaryo 
vodiysida 
dehqonehilik 
bilan 
shug'ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu 
hudud So‘g‘da (“Avesto”da), Suquda (Behistun yozuvlarida), Arrian, 
Strabon, Kursiy Ruf asarlarida esa So‘g‘diyona deb nomlangan.
Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan o‘troq dehqon elatlari xo­
razmliklar boigan. Ulaming yurti Xvarizam (“Avesto”da), Xvarazmish 
(Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.
So‘g‘diylaming eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, 
ulaming yurti Surxon vodiysi, Afg'onistonning shimoli, Tojikistonning 
janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi ("Avesto" 
da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim 
mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.
Amudaryo 
bo‘ylarida 
ko‘chmanchi 
massaget 
qabilalari 
yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog‘lik, cho‘l va sahro yerlarida asosiy 
mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan 
avvalgi VI asrda ular o‘z yerlarini turli qabilalar hujumidan himoya 
qilish uchun harbiy-ittifoq tuzadilar.
Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch 
ijtimoiy guruhga bo‘lingan. Ulaming ko'pchilik qismi saka-tigra-xauda, 
ya’ni o ‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular 
hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy QozogMston yerlarida yashaganlar. 
Ikkinchi guruh saka-tiay-darayya, ya’ni daryoning narigi tomonida 
yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo'ylarida, Sirdaryoning 
quyi oqimida yashaganlar. Pomiming toqli tumanlarida va Farg'onada 
saka-xaumovarka deb ataiuvchi saklar yashaganlar.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida ko‘rsatilgan o‘lkalarda 
yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat
19


uyushmalari o‘zining ma’lum hududi, chegaralariga ega bo‘lib, 
iqtisodiy-geografik makon, katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. 
Bu davrlarda Xorazm, Baqtriya, Marg‘iyona, So’g’diyona, Farg‘ona 
kabi viloyatlar mavjud edi. Ahamoniylar bosqiniga qadar o’lkaning 
asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy markaz shimolda Xorazm, 
janubda Baqtriya hisoblangan.
“Katta Xorazm” davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm 
yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari - hozirgi 
Qoraqalpog’iston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan 
yerlarni o‘z ichiga oigan. Yunon tarixchisi Gerodot ma’lumotiga ko‘ra, 
qadimda Oks (Arnudaryo) bo’ylab 360 dan ziyod sun’iy kanallar, suv 
inshootlari mavjud bo‘igan. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, meva- 
sabzavot yetishtirishga e’tibor ko‘p bo’lgan, Paxtachilik rivoj topa 
boshlagan. Qal’aliqir, Ko‘zaliqir, Janbosqal’a kabi shaharlar barpo 
etilgan, Qurilishda paxsa, xom qisht ishiatilgan.
Davlatni mustahkamlash maqsadida poytaxt va boshqa shaharlar 
qalin va mustahkam rnudofaa devorlari bilan o‘rab olingan edi. Ichki va 
tashqi savdo-sotiq yuksak darajada rivojlandi. Hunarmandchilik 
sohalari, tog‘-kon ishiari rivoj topadi. Chorvachilikda ot, tuya, qo’y- 
echkilar bo‘qishga e’tibor kuchayadi. Tabiiyki, bu jarayonda dastlabki 
davlat tizimining uyushtiruvchilik o‘rni o‘sib borgan. “Avesto”da 
ta’kidlanishicha, Xorazmning dastlabki sulolasi Siyovushiylar bo’lgan.
Xorazm davlati miloddan avvalgi VI asrgacha o‘z mustaqilligini 
saqlab qola oigan. Xorazmning mustaqi! davlat sifatida saqlanib 
qolishiga uning mukammal harbiy bazasi sabab bo’lgan. Harbiy qism 
mustahkam otliq va piyoda askarlardan iborat bo’lib, yaxshi qurollangan 
va qattiq itizomga rioya qiigan edilar.
Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi Baqtriya 
bo’lgan. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo 
viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg’oniston hududlarida 
joylashganligi ma’lum. Uning poytaxti Baqtro (hozirgi Balx) shahri, 
podshohlaridan bin Oqslart ismli shaxs bo’lgan. Gerodot Baqtriyani 
Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya 
tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobilga qadar mashxur 
bo’lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham 
qadrlangan. “Avesto”da Baqtriya eng go’zal o’lkalardan biri sifatida 
ta’riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo’lib, dehqonchilik 
madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng 
rivojlangan edi.
2 0


Eronda saroy tabibi bo‘lib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning 
yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi VIII-VII asriarda qudratli davlat 
bo‘lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan 
harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya hukmdorlari oltin va 
kumush tangalar zarb etganlar. “Baqtriya” nomi Esxilning eramizgacha 
bo‘lgan 472- yili sahnaga qo‘yilgan “Forslar” tragediyasida ham 
uchraydi. Ko‘plab mualliflar baqtriyaliklarga “ko‘p sonli”, “jangavor” 
va “botir” xalq sifatida tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi 
sababli “zabt etib boMmaydigan” ko‘plab joylar, shu jumladan, poytaxt 
Baqtra (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish