Mavzu: O`zbek jadid adabiyotini davrlashtirish tamoyillari



Download 183,5 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2022
Hajmi183,5 Kb.
#452119
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jadid adabiyotini davrlashtirish tamoiyllari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI


III kurs talabasi
FARMONOVA MOHINURning

JADID ADABIYOTINI DAVRLASHTIRISH TAMOIYLLARI”


mavzusidagi



(2012-2013 o‘quv yili)
Ilmiy rahbar: Quvvatova D.
filologiya fanlari
nomzodi, dotsent


Buxoro – 2013
Mavzu: O`ZBEK JADID ADABIYOTINI DAVRLASHTIRISH TAMOYILLARI

Reja:
Kirish


I BOB. Davrning ijtimoiy qiyofasi va madaniy hayot.
II BOB. Milliy uyg`onish davri adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari
III BOB. Jadid adabiyotida janrlar rang-barangligi, mavzular olami
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.


KIRISH
Mavzuning o`rganilishi va daolzarbligi. Boy madaniy – adabiy merosimizni o`rganish, anglash va unga vorislik qilish ma’naviyatimizning o`zak masalalaridan. Ma’naviy qadriyatlarni tiklash milliy o`zlikni anglashning o`sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy tabiiy jarayon.
O`zbek xalqi ko`p asrlik tarixi va boy madaniyati bilan jahon adabiyoti hazinasiga o`z ulushini qo`shib kelgan. Shuningdek, XIX asrning II yarmi XX asr boshlaridagi tarixiy davr va adabiy hayot ana shunday g`oyat ulkan ulushdir. Negaki, bu davr tarixiga nazar tashlasak, jahon tsivilizatsiyasi beshigi sanalgan ko`hna Turkiston osmonini qora bulutlar qoplagan yillar bo`lgan. Bu yillarda, ya’ni mustamlakachilik siyosatini o`rnatgan chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi, ona-diyorda til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlar poymol etildi.
G`oyat murakkab kechgan bu jarayon mazkur davr adabiyotining asosini belgilaydi. Shuningdek, chor Rossiyasi bosqini va mustamlakachilik siyosati Turkiston elining milliy adabiy-tarihiy taraqqiyotiga to`siq bo`lolmadi, aksincha, vaziyat ma’naviy ijod sohiblari tomonidan milliy uyg`onish, millatning o`zligini anglash va anglatish jarayonini etiltirdi. E’tiborli olim, prof. B.Qosimov e’tirof etib o`tganlaridek, «milliy uyg`onish mintaqamizda jadidchilik shaklida namoyon bo`ldi».1
Turkistondagi mavjud sharoit, ya’ni qoloqlik va jaholat, o`lka aholisining ayanchli ahvoli, qo`hna Turonning Evropa va jahon tsivilizatsiyadan orqada qolib ketishi, Islom va milliy qadriyatlarning, millat sha’nining oyoq-osti qilinishi, 1905, 1916, 1917 yil voqealari - bularning barisi jadidlarni ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqish hamda xalqni jaholat uyqusidan uyg`otish zaruriyatini tug`dirgan edi.
Albatta, sovetlar tomonidan ularning uzoqni ko`zlagan yuksak maqsadli harakatlarini bostirish, hatto, jisman yo`q qilish rejalari ham amalga oshirildi. SHuningdek, milliy tariximiz va adabiyotimizda jadidchilik (milliy uyg`onish) harakatining taraqqiyot va tugatilishi davri 1905-1923 yillar deb belgilandi.
Milliy uyg`onish davri adabiyoti XIX asrning ohiri XX asr boshlaridagi ijtimoiy voqelikning, shu davr ilg`or ziyoli qatlamlari (jadidlar)ning yuqori saviyadagi fikru qarashlari, hatti - harakatlarining badiiy ifodasi edi. Binobarin, bu davr ijodkorlarining maqsadi esa aniq: turkiy-islomiy huquqiy merosni millat ichida keng va teng yoyish, hurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun kurash edi. Shuning uchun ham ularning ijod mahsullari millatni uyg`otgan, uni istiqlolga etaklagan chinakam adabiyotga aylandi. Mazkur davr adabiyoti adabiyotshunosligimiz keng tahlil qilingan. B. Qosimov, N. Karimov, U.Dolimov, Sh. Rizaev, Sh. Yusupov va boshqa olimlarning ishlarida milliy uyg`onish davri adabiyotining o`ziga hos hususiyatlari, shu davrda ijod qilgan adiblar haqida keng ma’lumotlar berilgan.
Milliy uyg`onish davri adabiyotini davrlashtirish masalalariga bag`ishlangan ushbu kurs ishimizda yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning tadqiqotlarini manba sifatida tanladik.

Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish