1. O`zbekiston tarixini davrlashtirish va uni o`rganishda tarixiy manbalarning orni va ahamiyati



Download 158,5 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi158,5 Kb.
#799875
Bog'liq
26-variant.Farangiz


26-variant
1. O`zbekiston tarixini davrlashtirish va uni o`rganishda tarixiy manbalarning orni va ahamiyati.Orta Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bolib, insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati ochoglaridan biri hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir umumiy, bir-biriga oxshash, kop hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib organilgan. Chunonchi, Orta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bolib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham Orta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy boglangan bolib, qadimgi davrlar haqida sozlaganimizda Orta Osiyo tarixi va Ozbekiston tarixi atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir.Malumki, nafaqat Ozbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon bolib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. Songgi yillarda Orta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid koplab kashfiyotlar qilindi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat qiladigan muhim malumotlar toplandi. Ushbu malumotlar va ashyolar olka tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida yanada tolaroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, ular eng qadimgi xojaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning paydo bolishi, xojalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga otilishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi koplab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan boglanadi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy etibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Orta Osiyo, jumladan Ozbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bolgan tariximizni davrlashtirishda etibor berilishi lozim bolgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilazitson yondoshuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar etibor qaratgan bolishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari tola yechimini topmagan. Songgi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, Ozbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha toxtalib otishni lozim topdik. Chunki, organilayogan tarixni avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bolib, har bir davrning oziga xos xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtai nazaridan maruzalar belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda korinmasin, ushbu jihat ham murakkab masala hisoblanagan tarixni togri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan talim berishdir.Bu kunga qadar olib borilgan tadqiqotlarning qiyosiy tahlillari hamda mavjud adabiyotlarni organish asosida Ozbekiston tarixini davrlashtirish quyidagi korinishda taklif etiladi:
1). Ozbekiston tarixining eng qadimgi davri. Bu davrni oz navbatida quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: a)Orta Osiyoda ibtidoiy toda davri bu davr moddiy madaniyat taraqqiyotiga qarab xronologik jihatdan 1 mln. 40 ming yil avval yani, ilk va orta paleolit davrlarini oz ichiga oladi; b) urugchilik jamoasi davri songgi paleolitdan boshlab urugchilik, jamoalarining shakllanishi va mezolit, neolit, eneolit davrlarida ularning taraqqiy etishi (12-4 m.y.). Bu davr ijtimoiy boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.
2) Ilk davlatchilikka otish va davlatchilikning rivojlanishi davri. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan bu davr quyidagi bosqichlarga bolinadi: a) Orta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bolishi hamda dastlabki davlatchilik tizimiga otish davri (mil. avv. III II ming yillikning birinchi yarmi); b) ilk davlatlarning paydo bolishi hamda mamuriy-hududiy boshqaruvining rivojlanish bosqichlari (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi-antik davri). Bu davr dastavval bronza, keyinroq esa temirning xojalik sohalariga jadallik bilan kirib kelishi natijasida mehnatning dastlabki ijtimoiy taqsimoti, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, siyosiy birlashmalar, Qadimgi Baqtriya va Xorazm kabilarning paydo bolishi, Orta Osiyoning Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar kabi polietnik davlatlar tarkibida rivojlanishi, xalqaro va ozaro madaniy-iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.
3). Ozbekiston tarixining orta asrlar davri. Bu davr oz navbatida quyidagi bosqichlarga bolinadi: a) ilk orta asrlar; b) rivojlangan orta asrlar; v) songgi orta asrlar bosqichi. Xronologik jihatdan V asrdan XVIII -XIX asrning ortalarigacha bolgan davrni oz ichiga olgan bu davrning birinchi bosqichida Orta Osiyoda yer egaligi munosabatlari ozgarib, mulkchilikning turli shakllari (xususiy mulk, jamoa mulki, vagnze) paydo boldi, etnomadaniy jarayonlar jadallanib, mahalliy hokimiyatchilik davlat tizimining asosiga aylanadi. Ikkinchi bosqichda markazlashgan davlatchilik an’analari kuchayib, O‘rta Osiyoda islom dini keng yoyiladi, ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanib bu sohada uyg‘onish yuz berdi, etnik jihatdan xalqlarning shakllanishi nihoyasiga yetdi, yer egaligi va mulkchilikning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘ldi. Uchinchi bosqichda (ХVII asrdan boshlab) hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib O‘rta Osiyo hududlari xonliklarga bo‘linib ketdi.
4.)O‘zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar hukmronligi davri. Xronoligik jihatdan ХIХ asrning o‘rtalaridan 1991 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bu davr mustamlakachilik davri va sovet davri bosqichlariga bo‘linadi. Birinchi bosqichda chorizm bosqinchiligi tufayli O‘rta Osiyo Rossiyaning xom-ashyo bazasiga aylanib, bu hududlarga rus kapitali jadallik bilan kirib keldi, mahalliy ishlab chiqarish va hunarmandchilikka putur yetdi, milliy-madaniy qadriyatlarga etibor berilmadi, natijada milliy ozodlik haraklari avj olib jadid namoyondalari rahnamoligida milliy marifparvarlik goyalari yoyildi. Ikkinchi bosqichda, dastavval milliy mustaqilliq uchun qurolli va goyaviy kurashlar avj olgan bolsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat taraqqiyoti kommunistik mafkuraga boysundirildi, mulkchilikda davlat monopoliyasi ustunlik qildi, oz taqdirini ozi belgilaydigan xalqlar va sovet respublikalari amalda markaz manfaatlariga boysundirildi.
5) . Ozbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri. Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillik davrida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan ulkan ozgarishlarni, respublika aholisining sergayrat va fidokorona mehnati tufayli qooga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot ikki bosqichga bolinishini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berdi. Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni oz ichiga olib, bu davrda mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod etilib, ozbek modeli asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yol tutildi, Ozbekiston jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotida keng kirib bordi.
2001-2007 yillarni oz ichiga olgan ikkinchi bosqich, I.Karimov tabiri bilan aytganda, fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni taminlashda goyat muhim rol oynagan davr boldi. 2007 yildan keyingi davr esa davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot sohalarini isloh qilish, saylov huquqi erkinligini taminlash, fuqarolik institutlarini rivojlantirish, bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish davri bolib qoldi.
Tarix fanini oqitish borasida dolzarb bolib turgan davrlashtirish masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab bolishi tabiiydir. Ammo, bu yonalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib, oquv jarayoniga joriy etilishi davr talabidir.
Taraqqiy etgan millatlarning oz tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini ezozlashi, koz qorachigidek asrashining kopgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bolganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bogliqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, oz otmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir manoda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini togri anglagandagina, xalqlar oz kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.Ozbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bolajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, goyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish; ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, gurur va ozlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni rivojlantirish; tortinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni ezozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgoylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va etiqodlik)ni tarbiyalash; beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol toptirish.Ozbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa ozining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qoshadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan orni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan etirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning ozi guvoh. Shuni alohida takidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmogimiz lozimdir.
2. Arab halifaligining bosqinchilik yurishlari orasida Markaziy Osiyo yerlarini bosib olish, uning xalqlarini itoatga keltirish va bu hududda islom dinini yoyish alohida orinni egallaydi. Arablarning Markaziy Osiyoga bosqinchilik yurushlari ikki davrga bolinadi: birinchi davr 650-705 yillarni oz ichiga olsa, ikkinchi davr 705 yildan keyingi davr hisoblanadi. Birinchi davrda arab qoshinlari Amudaryo atrofidagi hududlarga tinimsiz hujumlar qilib, bu yerlarning boyliklarini talab, katta oljalar bilan ortga qaytganlar. Arablarning birinchi yurishi 651 yilda noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida boshlanib, uning natijasida Xurosondagi bir qator shaharlar, Balx va Chagoniyon bosib olinadi. 670 yilda Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoroga qoshin tortib kelishi, Boykand, Romiton yerlarini egallashi, songra Buxoro hukmdorini yengib oz foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qolga kiritishi va boshqa bir qator hujumlar arablarning Orta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki orinishlari edi. Arablarning Orta Osiyo hududini bevosita bosib olish 705 yilda halifalikning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim tomonidan boshlandi. Qutayba ibn Muslimga Movarounnahrdan to Xitoy hududlarigacha bolgan viloyatlarni halifalikka boysundirish vazifasi yoqlandi. Katta tayyorgarlikdan song Qutayba 706 yilda JayXVn (Amudaryo) dan otib Boykandni egallaydi. 707 yilda ogir janglar bilan Kesh, Naxshab zabt etiladi. 708-709 yillarda Qutayba qoshini Vardanze, Romiton va Sugd yerlarini ishgol qiladi. Shundan song Sugdning bosh shahri Samarqand bosib olingach, arab lashkarlari Buxoroni egallaydi. 711-715 yillarda Qutayba ibn Muslim Shosh, Xojand, Sharqiy Turkiston yerlarini egallab, bu yerlarda oz hukmronligini ornatdi. Shu tariqa, arablar Movarounnahr (daryo orti) deb atagan Orta Osiyo hududlari 715 yilga kelib bosib olindi. Arablar Orta Osiyoning katta hududlarini bosib olgach, bu yerda oziga xos zulm va zoravonlik siyosatini olib bordilar. Arab istilochilari mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zorovonlik otkazdilar, asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va manaviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan nodir kitoblar, qol yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining koplab ibodatxonalari, muqaddas qadamjorlari vayron qilindi. Bularning orniga arablar aholidan olingan momay daromadlar, tolovlar evaziga masjid, madrasa, xonaqo va maqbaralar barpo etib, mahalliy aholini majburan islom diniga davat etdilar. Birinchi kundardan boshlab arablashtirish siyosatini amalga oshirib, hududimizga ming-minglab arablarni ko`chirtirib keldilar, arab tili va yozuvlarini davlat tili va alifbosi darajasiga kotarildi. VIII asrning boshlarida Ozbekiston hududlari ham arablar tomonidan bosib olingan. Bu yerlar arab xalifaligining tasarrufiga kiritildi va uning noiblari tomonidan boshqarila boshladi. Movorounnahrda islom dinining keng yoyilib, islom dini qonunshunosligi va madaniyati keng tarqaldi. Davlat boshqaruvining asosi islom dini qoidalariga binoan tashkil qilindi. Arab hukmdorlari xalqqa zulm va asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, olponlarni joriy qildilar. Tolanishi shart bolgan markazlashtirilgan qoyidagi soliq turlari mavjud edi: hiroj-daromadning uchdan bir qismi miqdorida yigilgan; ushr-davlat idora ishlari uchun daromadning 10 foizi miqdorida olingan; juzya-jon soligi, oziq-ovqat, xomashyo yoki pul hisobida yigilgan; zakot-mol-mulkning 2, 5 foizi miqdorida olingan. Aholidan yigiladigan bu soliqlarning hajmi daromadning qariyib yarimini tashkil etardi. Bundan tashqari aholiga mahalliy va mavsumiy soliq va majburiyatlar ham yuklatilgan. Arablar dastlab juzya soligini islomni qabul qilmaganlarga nisbatan qollagan bolsalar, keyinchalik barcha aholiga bab-baravar solingan. Arablarning Movarounnahrda yurgizgan zoravonlik va mustamlakachilik siyosatiga qarshi yerli aholi keskin kurash olib bordi. 720-722 yillarda Gurak va Devashtich boshchiligida xalq haraqatlari bunga yorqin misol boladi. Arab halifaligining ogir soliq siyosatiga qarshi 725-729 yillarda Samarqand, Buxoro va Xuttalon viloyatlarida kotarilgan qozgolonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. VIII asrning 70-80 yillarida arablarga qarshi Movarounnahrda kotarilgan yana bir harakat Hoshim ibn Hakim – Muqanna boshchiligidagi tarixda “Ok kiyimlilar” nomi bilan ma’lum bo’lgan qo’zg’olondir. Qo’zg’olon Marvdan boshlanib, so’ngra butun Movarounnahrga yoyildi. Muqanna raxbarligidagi «oq kiyimlilar» qo’zg’oloni yеngilgan bo`lsada, juda katta tarixiy iz qoldirdi va Movarounnahrda Arab halifaligining mustamlakachilik bosqinchilik ildizlariga bolta urdi. Bu qozgolon xalq ommasining kuch-qudrati birlikda, hamkorlikda ekanligini ko`rsatdi. IX asrdan boshlab olkada tashkil topa boshlagan mahalliy markazlashgan fеodal davlatlarning shakillanish ibtidosi ham «oq kiyimlilar» qo’zg’oloni davrlaridan boshlangan dеsak, mubolag’a bo`lmaydi. Muqanna qo’zg’aloni ayniqsa hozirgi sharoitda O`zbеkiston fuqarolari Vatan mustaqilligini -yanada mustaxkamlash uchun kurash olib borayotgan bir paytda g’oyat katta ijtimoiy-siyosiy va tarihiy ahamiyatga egadir. Muqanna va u bilan birga Vatan ozodligi va erki uchun kеlgindi arab bosqinchilariga qarshi kurashgan fidoiy qaxramonlar timsoli ayniqsa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida asrlar osha xizmat qilaveradi.Muqanna qo’zg’oloni yеngilgan va xalokatga uchragan bo`lsada, «oq kiyimlilar» harakati darxol to’xtab qolgani yo’q, balki u yana bir nеcha o’n yillar mobaynida davom etdi va istilochi arablarning tinkasini quritib bordi. Bu albatta o’lkamiz xalqlarining erksеvar, xurriyatparvar, xaq va adolat uchun kurashda juda katta tarixiy an'anaga ega bo`lgan jasur va mard xalq bo`lganliklaridan dalolatdir.Butun arab halifaligiga daxshat solib, sarosimaga keltirgan bu qozgolon 14 yil davom etdi va u keyingi avlodlar uchun tarixiy ulkan saboqlar berdi - erk, ozodlik va Vatan mustaqilligi uchun kurashga davat etdi. Arablarga qarshi olib borilgan xalq qozgolonlari Orta Osiyoda halifalik hukmronligi ildizlariga bolta urdi va uning tinkasini quritdi. VIII asr oxiri IX asr boshlarida Arab xalifaligi ogir siyosiy tanglikka uchradi. Boysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish olka noiblari uchun tobora qiyinlashib bordi. Movorounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qozgolon kotarib turishi, mamlakat ichida uzluksiz davom etgan feodal urushlar arab xalifaligini zaiflashtirib qoydi va mustaqil davlatlarning paydo bolishiga olib keldi. Shu bilan birga, arab istilosi va hukmronligi davri Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy oqibatlar bilan bogliq bolmasin, shu bilan birgalikda yakkaxudolik goyasi, ilgor ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlarni ozida mujassam etgan islom dini va taminotining olkamizda yoyilishi, xalqimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega boldi. Undan tashqari, Arab halifaligi davri Orta Osiyo, Eron, Afganiston, Yaqin va Orta Sharq, Shimoliy Hindisiton, Pireneya yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida oz tasirini korsatdi va keyinchalik oziga xos yuksalish davrini belgilab berdi.
3. IX-XII asrlarda O‘rta Osiyolik buyuk olim va mutafakkirlar va ularning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi.IX—XII asrlarda Orta Osiyo hududida dunyoviy fan va madaniyat bilan bir qatorda islom madaniyati ham rivojlandi va taraqqiy etdi. Jamiyatda mahalliy dinlar, zardushtiylik, buddizm va boshqalar surib chiqarildi. Arab tili va arab yozuvi davlat ahamiyatiga ega bolgan til va yozuv darajasiga kotarildi. Kishi nomlari, joy nomlari, sanalar, olchov birliklari arabchaga ozgartirildi. Hatto ona yеrimiz Movarounnahr (ikki daryo oralig’idagi joy) nomini oldi. Islom mafkurasi somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar hukmdorlarining ichki va tashqi siyosatda yurg’izgan siyosatida bosh yo’naltiruvchi g’oyaviy kuch bo’lib xizmat qildi. Ular ozlarining barcha faoliyatlarini islom himoyasi, Muhammad Alayhissalom va Allohu taolo yoliga sodiqlik bayrogi ostida amalga oshirar edilar. Jamiyat a'zolari ortasida islom diniga, Qur'oni Karimga ehtiyoj kuchaydi, ammo hamma ham Qur'oni Karimni oqiy olmas, uning mazmunini chaqa olmas edi. Bu Qur'onning mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada olkamizda Qur'oni Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan ulug islomshunos allomalar yеtishib chiqdi. Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Abu Lays ibn Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, Imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir. Islom madaniyatining Qur'oni Karimdan kеyin ikkinchi o’rinda turadigan nodir manbalaridan biri Hadislar, ya'ni Muhammad alayhissalomning diniy va ahlokiy ko’rsatmalari, hikmatli so’zlaridir. Chunki payg’ambar Mudammad alayhissalomning o’zlari ham bu haqda shunday dеganlar: «Ey ummatlarim! Mеn sizlar uchun Qur'oni Karim bilan o’zimning sunnatim – yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Siz bu ikkalasini qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysiz». Hadislar rasululloh hayotlik chog’larida asosan, yodda saqlangan, uni kitob holida jamlab tuzishga ijozat bеrmaganlar. Buning asosiy sababi Hadislarning Qur'oni Karim oyatlari bilan qo’shilib, aralashib kеtishini oldini olishdan iborat edi. Muhammad alayhissalom hadislari insonlar hayotida, ularning turmush tarzida katta ahamiyatga ega ekanligiga ham diqqatni qaratganlar. Uch xil yo’nalishdagi Hadislar to’g’risida fikr yuritishadi: bu «Musnad», «Sahiyh» va «Sunan»dir. 1. «Musnad» yo’nalishida tasnif etilgan to’plamlarda turli mavzulardagi hadislar bir joyda kеltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’pa yoki alifbo tartibida joylashtiriladi. 2. «Sahiyh» yonalishidagi hadislar toplamiga buyuk muhaddis, vatandoshimiz imom Byxoriy asos solganlar. Bu yonalishda tarif etilgan toplamlarga faqat togri, ishonarli hadislar kiritilgan. 3. «Sunan» yonalishidagi toplamlarda togri, ishonarli xadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar ham kеltirilgan. Hadischilikning rivojlanishida IX asr oltin davr hisoblanadi. Buning sababi butun Islom dunyosida eng nufuzli dеb tan olingan oltita ishonchli xadislar to’plamining mualliflari ham xuddi shu asrda yashab ijod qilganlar. Yana shu narsa diqqatga loyiqki, mazkur olti muhaddisning ham dеyarli hammasi O’rta Osiyo tuprog’ida yеtishib chiqqanlar. Ular Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Tеrmiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Ahmad An-Nasoiy, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazit ibn Mojja kabi zotlardir. Ularning har biri Hadis ilmi rivojiga munosib hissa qoshgan olimlardan hisoblanadilar. Hozirgi kunda ham butun islom olami ularning ilmiga katta hurmat va ehtirom bilan qarab organib kеlmoqda.Bu davrda Turonzamin hududida moddiy madaniyatning boshqa turlari ham rivojlanib boradi. IX asrdan boshlab O’rta Osiyo qulolchiligida muxim siljish yuz bеradi. IX — XII asrlar badiiy kеramikaning butunlay yangi shakllari paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. Endilikda badiiy qulolchilik buyumlari bozor uchun ishlab chiqarila boshlanadi hamda shahar va qishloq aholisining kundalik xayotiga kirib boradi. Qulolchilik maxsulotlari tayyorlash bilan hunarmand qulolsozlarning uyushmalari shugullana boshlaydi. Ularning ustaxonalari butun boshli ishlab chiqarish mavzеlarini qamrab olgan.O’rta asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma'mun akadеmiyasining porloq yulduzlaridan biri, buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon ibn Axmad Bеruniydir. U 973 yil 4 sеntyabrda Urganch shahridan 120 km naridagi qadimgi janubiy Xorazmning poytaxti Kat (hozirgi Bеruniy) shahri yaqinida tug’ilgan. Dastlabki ta'limni Urganchda olgan. Hozircha olimning ma'lum bo’lgan 154 nomdagi asarlari gеografiya, astronomiya, tarix gеologiya, gidrogеologiya, gеodеziya, minеralogiya, fizika, kimyo, botanika, farmakologiya kabi soxalarga aloqadordir. Ana shu asarlardan bizgacha faqat 30 tasigina yеtib kеlgan xolos. «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minеralogiya», «Gеodеziya» kabi yirik asarlar olimga tom ma'noda jahon shumul shuhrat va obro’ kеltirdi. U kishilik jamiyati tarixida ilk bor yеrning dumaloq shaklda ekanligini aniqlab, globusni yaratdi. Bu paytda ulug’ alloma endigina 21 bahorni qarshilagan edi. Bеruniy chizgan dunyoning gеografik Haritasi ko’p yillar sayyoxlarga yo’llanma bo’lib kеlgan. U yеrning radiusini aniqlagan, hatto proеktsiyaning (buyumning tеkislikdagi aksi, tasviri) uch xilini topganligi ma'lum. Buyuk mutafakkir o’z asarlarida Xristofor Kolumbdan 460 yil avval Amеrika qit'asi borligini bashorat qilgan.Bеruniy o’zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida Kopеrnikdan qariyb bеsh asr ilgari olamning markazi Еr emas, Quyoshdir dеgan xulosa chiqardi, Yerning Quyosh atrofida aylanishini birinchi bor o’rtaga qo’ydi. Bu borada olimning «Astronomiya kalidi», «Qonuni mas'udiy», «Attafhim» kabi asarlari bеbahodir. Bеruniyning yirik asarlaridan biri «Al osorul boqiya anil qurunil xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»)dir. 27 yoshlik chog’ida yozgan bu asarda alloma o’zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, Rumoliklar, forslar, so’rdiylar, xorazmiylar, yahudiylar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma (kalеndar) tizimlarini bir-biriga taqqoslab, ularning kеlib chiqish tarihini tahlil qilib bеradi. Bu asarda yana Turonzamin xalqlarining tarixi, urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o’z ifodasini topgan.IX asrda yashab ijod etgan vatandoshimiz ulug` siymo va allomalardan biri Ahmad Farg`oniydir. U haqida ma'lumot bеruvchi tarjima hujjatlar dеyarli yo`q darajada. Ahmad Farg`oniy filolog olim Aziz Qayumovning («Ahmad al-Farg`oniy», T.: Fan, 1990) ma'lumotlariga qaraganda yoshlikdan fanga, ilm olishga chanqoq bo`lib o`sgan. U asosan tabiiy fanlar: falakiyotshunosliq matеmatika, gеografiya kabi fanlar bo`yicha ijod qilgan. Ahmad Farg`oniyning ijodiy faoliyati Bag`dod bilan, ulur mutafakkir olim Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko`rsatgan «Baytul Hikma» bilan bog`liqdir. U arab atamashunosligining paydo bo`lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. Bag`dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga shaxsan qatnashdi. Bag`dodning Raqoq, nomi bilan ataluvchi mavzеsida qurilgan Rasadxona qoshida tashkil etilgan falakiyotshunoslik maktabiga rahbarlik qildi. Ahmad Farg`oniy zamondosh, kasbdosh olimlar va shogirdlari bilan hamkorlikda Ptolеmеy «Yulduzlar jadvali»dagi ma'lumotlarni tеkshirish ishlarini olib bordi. Uning fa'lakiyotshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlari ijodiy samaralar bеrdi. Taniqli olim Omunulla Fayzullaеv («Ahmad al-Farg`oniy» — «Fan va turmush», 1992, 9—10-sonlar) ma'lumotlariga qaraganda Axmad Farg`oniyning oltita kitobi dunyoga ma'lum va mashhurdir. «Kitob Fi Usul ilm an-Nujum» («Falakiyot ilmining usullari haqida kitob»). Bu risolaning asl qo`lyozmalari matni bir xil bo`lsada, bеsh nom ostida saqlanadi. Ya'ni Almajistiyga bag`ishlangan «Falakiyot risolasi», «Falak sfеralari sababiyati», «Al-Majistyy» (Ptolеmеyning «Almagеst» asari), «Ilm al-haya» («Falakiyot ilmi») dеb ataladi. Bu nodir qo`lyozmalar Angliya, Frantsiya, AQSh, Marokash, Misr va Sankt-Pеtеrburgda saqlanmoqda. Olimning “Al-Farg`oniy jadvallari” (qo`lyozmasi) «Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob» Hindistonda, «Oy, Yerning ustida va ostida bo’lganida vaqtni aniqlash risolasining qo`lyozmasi Qoxirada, «Yetti iqlim hidi asarining qo`lyozmasi Olmoniyada, «Usturlob yasash haqidagi kitob» qo`lyozmasining to`rtta nushasi Bеrlin va Parijdadir. Ahmad Farg`oniy bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo`shdi. Hususan, uning 812 yilda Quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishi, Yerning dumaloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuhrat kеltirdi. Kеyinroq Misrda yashagan chog`ida Nil daryosi suvini o`lchaydigan asbob yasagan. Bu asbob tutash idishlar qoidasiga asoslangan bo`lib, hozirgacha saqlanadi. Ahmad Farg`oniyning falakiyotga oid yirik ilmiy asarlaridan biri «Samoviy Harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob»dir. Bu asar «Astronomiya nеgizlari» dеb ham yuritiladi. Unda buyik mutafakkir o`zi yashagan davrdagi falakiyotga oid bilimlarni tartibga soldi. O`zi-ning yangi xulosa va natijalari bilan boyitdi. Falakiyot ilmiga oid asboblar, Quyosh soatlarining bayonini bеrdi. O`sha davr an'anasiga muvofiq mamlakatlarni еtti iqlimga bo`lib o`rgandi, joylarning gеografiyaga oid koordinatlarini Sharqdan G`arbga yo`nalishda bеrdi. Falakiyotga oid bilimlar qomusi hisoblanmish mazkur asar Ovrupoda Kopеrnikkacha bo`lgan falakiyot ilmidan asosiy qo`llanma bo`lib hizmat qildi. O`zidan kеyingi olimlar uchun ijobiy samaralar bеrdi.Olimning stеrеografik proеktsiyalar nazariyasini undan ming yil kеyin buyuk matеmatik Eylеr XVIII asrda gеografiyaga oid xaritalar tuzish nazariyasiga tatbiq qildi va «Katta gеografik xarita»ni tuzishda ishlatdi. Undan tashqari komplеks o`zgaruvchan miqdorlar tеkisligi, noеvklid gеomеtriyalar, Lobachеvskiy tеkisligining Bеlt-rami-Klеyn proеktsiyasi kosmografiyalarning zaminida ham Ahmad Farg`oniyning shu nazariyasi yotadi.XII asrdayoq alloma asarlarining lotin tiliga tarjima qilinishi va butun Еvropaga tarqalishi bu fikrimizning isbotidir. Еvropa ilmiy muhiti farg`onalik allomaga katta hurmat bajo kеltirgan. Еvropaliklar Ahmad Farg`oniyni o`zlaricha talaffuz etib, «Al Fraganus» dеb ataganlar. Hatto bu nomni buyuk Dantе ham ehtirom ila tilga olgan. Ahmad Farg`oniy asarlari lotin, olmon, ingliz frantsuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Mustaqillik sharofati bilan allomaning 1998 yili 1200 yillik yubiley sanasi nishonlandi. XI asrda yashab ijod qilgan Mahmud Koshg’ariyning hayoti va ijodiy faoliyati to’g’risida yеtarli ma'lumotlar bizgacha yеtib kеlmagan. Shu bois olimning to’g’ilgan yili va vafoti sanasi ham ma'lum emas. Uning to’liq ismi Mahmud ibn Muhammad Koshg’ariydir. Bobosi Muhammad va otasi Xusayn, Koshg’ardagi Bеrеgon shahridan bo’lgan. Koshg’ariylar oilasi Bolasog’unga (Qirg’izistonning hozirgi To’qmoq shahri) ko’chib kеlishganda Mahmud hali yosh bola edi. Bolajak olim oz davrining madaniy va ilmiy markazlaridan biri bolgan bu shaharda qunt bilan oqidi, arab, fors tillarini organdi. U yoshlik chogida xalq jonli tilidagi soz va iboralarni, xikmatli soz, maqollarni astoydil organdi, ularni qunt bilan yozib bordi, Har bir soz, iborani sharhlash va ma'nosini aniqlashga intildi. Ana shu qiziqish tufayli Mahmud Koshgariy turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini puxta organish maqsadida butun Orta Osiyoni kеzib chiqdi. O’zi to’plagan boy dalillar asosida xalqimizning buyuk olimi «Javohirun nahv fi lug’ati turk» («Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari») va «Dеvonu lug’atit turk» («Turk tilining lug’ati») asarini yozgan. Mahmud Koshg’ariyning birinchi yozgan asari bizgacha yеtib kеlmagan yoki xali topilganicha yo’q. Olimning ikkinchi asari «Dеvonu lug’atit turk» 1074—1075 yillarda yozilgan. Bu xaqda asarning o’zida quyidagi fikrlar beyon etiladi: «Bu kitobni yozgan yilimiz to’rt yuz oltmish oltinchi yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi». Bu nodir qo’lyozma asar hozir Istambulda saqlanmoqda.Asar muqaddima va lug’at qismdan iborat bo’lib, madaniy mеrosimizda aloxida o’rinni egallaydi. Chunki unda olim dunyo Haritasini ham ilova qiladi va Rus (kichik Osiyo) dan to Xitri hududlarigacha cho’zilib kеtgan yеrlarda yashovchi turkiy xalqlar tarixi, gеografiyasi, etnogеnеzi, urf-odatlari, turmush tarzi, madaniyati to’g’risida g’oyatda qimmatli ma'lumotlarni bеradi. Asarda turkiy qavm-urug’lar: qipchoq, ug’uz, yamak, boshqirt, basmil, qay, yaboku, tatar, qirg’iz, chigil, yag’mo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uyg’ur, tangut, tabg’ochlardan tashkari, yana fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma'lumotlar bor.«Dеvonu lug’atit turk»da turkiy xalqlar og’zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ortiq shе'riy parchalar, maqollar, xikmatli so’zlar va lavxalar bеrilgan. Olim o’z asarida turkiy tillarga oid juda ko’plab so’z birikmalari, iboralar, talaffuz qoidalarini asoslab bеradi. Bu jixatdan mazkur asarni oddiy lug’at dеb emas, balki mukammal ishlangan grammatik qo’llanma sifatida qaramoq lozim bo’ladi, Mahmud Koshg’ariyning asarida Turkistondagi ba'zi shaharlarning nomlari, sharh-izoxlar ham bеrib o’tilgan. Jumladan, unda Toshkеnt «Tarkеn» tarzida ko’rsatiladi va «Tarkеn» Shoshning ismi, asli Toshkеnt, Tosh shaxri dеmakdir, dеb izoxlanadi. Samarqandning asli nomi «Samiz kand» — katta shahar dеb ta'riflanadi.«Dеvonu lug’atit turk»da olim turkiy yozuv to’g’risida g’oyatda qimmatli fikrlarni bayon qiladi va 18 harfdan iborat turk (uygur) alifbosini kеltiradi. Asarda imlo masalasida ham muxim ma'lumotlar bor. Xullas, shе'riy usulda qalamga olingan buyuk muta-.fakkir Mahmud Koshgariyning asarida yuksak ezgulik goyalari, mеxnatsеvarliq shaxsiy kaxramonliq ganimlarga nafrat kabi kdrashlar o’z ifodasini topgan. «Dеvonu lugatit turk» jahondagi juda kuplab xalqlarning til-lariga (tu jumladan nеmis, turk va ozarbayjon tiliga) tarjima qilingan. Asarning ahamiyatiga baxo bеrib, V. V. Bartold kuyidagilarni yozgan edi: «Mahmud xaеt vokеalarini, fakt va dalillarii o’z ko’zi bilan kurib, bilib yozgani uchun bu asar hamon o’zining ilmiy, tarixiy, ma'rifiy kimmatiii saklab kеlmokda».Qoraxoniylar saltanati davrining buyuk siymolaridan biri bolasog’unlik ulug’ olim Yusuf Xos Hojib bo’lib, u o’zining hozircha bizga ma'lum bo’lgan yagona didaktik badiiy-falsafiy «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari bilan jahonga mashxur va ma'lum bo`ldi. Adabiyotshunos olim Qayumjon Karimov Yusuf Xos Hojibning dunyoga kеlishi va ulug’ bir siymo sifatida tanilishi ob'еktiv hayotiy va qonuniy zarurat bo’lganligini quyidagicha ifoda etadi: «O’sha vaqtda yagona qo’l ostida birlashgan ulkan davlatni boshqarish, xayotni to’g’ri izga solish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatib bеruvchi donishmand kеrak edi, Shunday kishi topildi. Bu Yusuf edi. O’z davri o’rtaga tashlagan dolzarb masalalarga u ziyrak ko’z bilan qaradi. Shu bois uning 13,5 ming misradan iborat kеng Xajmli «Qutadg’u bilig» nomli chuqur g’oyaviy-falsafiy-didaktik asari maydonga kеldi».Yusuf Xos Hojibning xayotiy yo’li va faoliyatidan darak bеruvchi birorta manba yo’q, to’g’ilgan yili va vafoti ma'lum emas. Faqat ulug’ adibning «Qutadg’u bilig» asaridagi ma'lumotlar asosidagina uning to’g’risida ba'zi bir xulosalar chiqarish mumkin. Yusuf Bolasog’unda, ziyoli oilasida to’g’ilgan. Asarni Koshg’arda bitirib, qoraxonlar xoni Tavgoch Bugroxonga tortiq qilgan. Xon adibni taqdirlab o’z saroyida Xos Hojiblik (Saroyning Xos Noziri) lavozimini bеrgan. Shundan so’ng Yusuf Ulug’ Xos Xojib nomi va laqabi bilan shuxrat topgan. U o’z asarini xijriy 462 (milodiy 1069—70) yilda ellik yoshlik chog’ida o’n sakkiz oyda yozgan:
Tеgurdi mеnga elgi ellik yashim,
Qug’u qildi quzg’un tusitеt bashim.
Dеmak, adibning so’zlariga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, asar (106970) yozilgan paytda u 50 yoshlarda bolsa, bundan ayon boladiki, Yusuf xijriy 412 (milodiy 1019 20) yilda togilgan. Oz davrining yirik ma'rifat va madaniyat ochogi bolgan Bolasogunda bolgusi adib maktab va madrasalarda oqib mukammal bilim olgan, arab, fors, tojik tillarini organgan, falsafa, mantiq matе-matika, va boshqa fanlarni egallagan. U davlat va idora ishlari bilan qiziqqan. Sharq alloma va donishmandlarining bu soxadagi fikr-mulohazalarini kuzatgan.Turkiy tilda yozilgan didaktik pandnoma-falsafiy «Qutadg’u bilig» asari muqaddima va xotimadan tashqari 73 bobdan iborat. Unda axloq-odob, ilm-ma'rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarda o’zini qanday tutish, so’zning ahamiyati va qadri, mеxmondorchilik qoidasi, turmush tarzi va inson ma'naviy olamining yana ko’pgina masalalari qalamga olingan. Ma'rifat jarchisi bolgan Yusuf Xos Hojib markazlashgan kuchli davlat barpo etish uchun kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor qiyofasini ham chizadi. U xalq va davlat, davlat boshligi va fuqaro, olim va hokim, qoshni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar, hukmron tabaqalarning hokimiyat, xalq oldidagi burchi haqida goyatda zarur muammolarni ilgari suradi. Ulug olim ota ziyraklik va donishmandlik bilan ziyolilar, dеhqonlar, chorvadorlar, kosib-hunarmandlar, savdogarlar, kambag’al-qashshoklar va boshqa barcha ijtimoiy guruh toifa va tabaqalarning xayot tarzlari, dunyoqarashlari, odatlari, axloqlari haqida falsafiy mulohazalar silsilasini yaratdi. Falakiyot, gеografiya, tarix mardumshunosliq etnografiya, tibbiyot, jabru muqobala, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, huquqshunoslik, ijtimoiyot kabi fanlardan ma'lumotli bolishni tashviq-targib etadi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadgu bilig» asari tort tayanch unsur asosiga qurilgan:
Biri togrilikka tayanch Adolat,
Biri Davlat erur, u qutli goyat.
Uchinchi uluglik aql va zako,
Tortinchi Qanoat erur bеbaho.
Bularning har qaysi biri yana alohida-alohida nomlarga ega. Adolatning nomi Kuntug’di. U asarda elig, ya'ni podsho vazifasida kеladi. Davlatning nomi Oyto’ldidir. U vazir mansabida bеriladi. Aql, zakovat esa O’gdulmish bo’lib, Oyto’ldining o’g’li sifatida namoyon bo’ladi. Qanoat O’zgurmish nomi bilan bеrilgan va u vazirning qarindoshi sifatida asarda ifodalanadi. Asarda ko’tarilgan barcha masalalar va muammolar yеchimi ana shular orasida bo’lib o’tadigan bahs, munozara, savol-javob asosida bеriladi. Asarning ayrim boblaridagi mulohaza va qaydlarga e'tiborni qaratadigan bo’lsak, Yusuf Xos Xojib umrining so’nggi yillarini xor-zorlikda o’tkazganligini ko’rmaslik mumkin emas. Jumladan, «Kitob egasi Yusuf Ulug’ Hojib o’ziga pand bеradi». «Zamona buzuqligini, dostlar jafo-sini aytadi» boblarida mazkur fikrni tasdiqlovchi lavxalarni uchratish mumkin. «Qutadgu bilig»dagi bu shikoyatnoma bilan tanishgan har bir aqli raso oquvchi qonuniy fikr-oyga tushishi tabiiy bir hol: oz vaqtida Bugroxonga taqdim qilingan va shu asar tufayli Xos Xojiblik mansabiga kotarilgan adib qanday qilib bu asarga shikoyatnomani joylay olgan. Bizningcha, mazkur asarning bir nusxasi shoirning tasarrufida saqlangan bolishi mumkin. Xayotining songgi gam-hasrat bilan tola kunlarida kitobi unga hamdard va hamroh bolgan. Ana osha paytlarda yuqorida zikr qilingan hasbihol shikoyatnomani adib oz asariga ilova tarzida kiritgan.Yusuf Xos Hojibning «Qutadgu bilig» asari xalqaro maydonda tan olingan asardir. Bu kitobni chinlilar (xitoyliklar) «Adabul muluk», mochinlilar (turkistonliklar) «Zaynatul umaro», eronliklar «Shohnomai turkiy», turonlar «Qutadgu bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk» dеb bеjiz atamaganlar. Dunyodagi juda ko’p xalqlarning tillariga tarjima qilingan «Qutadg’u bilig» dostoni V. Radlov, S.3.Maloе, A. Fitrat, A.A.Valitova, N.M.Malayеv, Q.Karimov, Boqijon To’xliеvlar diqqatini tortgan va puxta o’rganilgan. Xullas, Yusuf Xos Hojibning mazkur dostoni xalqimiz ma'naviy boyligining eng muxim durdonalaridan hisoblanadi.Turkiy adabiyotning yirik va zabardast vakillaridan biri Ahmad Yugnakiydir. Uning xayotiy va ijodiy yo’li to’g’risida dеyarli hеch narsa sakanib qolmagan. Adibning bizgacha yеtib kеlgan yagona mеrosi «Hibatul-Haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni»)dir. Ana shu asarning faqat bir baytida shoir o’z nomini tilga oladi. Taniqli adabiyotshunos olim Natan Mallayеvning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda: «Adib Ahmad, otasining ismi Mahmud, vatani Yugnak (Yugnak yoki yug’noq nomli joy Farg’ona vodiysida ham, Turkiston va Samarqand atrofida ham bo’lgan. Lеkin Ahmad Yugnakiyning bulardan qaysi birida tavallud topgani aniq emas, kitobning nomi «Hibatul haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni») ekani ma'lum». «Hibatul-haqoyiq» ning 1480 yilda kochirilgan nusxasidagi noma'lum shahs tomonidan yozilgan qaydda dostonning 254 bayt 14 bobdan iborat ekanligi aytiladi. Ammo «Hibatul-haqoyik»ning osha 1480 yilda kochirilgan nusxasi esa 235 bayt va II bob-dan iboratdir. Ehtimol, dostonni kochirgan kotib Abdurazzok Baxshiy uni qisqartirilgan nusxasidan kochirgan bolishi mumkin.«Hibatul-haqoyiq»ning birinchi bobi (1 10 baytlar) Xudoga, ikkinchi bobi (11 19 baytlar) paygambar va tort xalifaga bagishlab yozilgan. Uchinchi bob (20 — 33 baytlar) Dod sipohsolarga bag’ishlanib, muallif uni fuqaroparvar, saxovatli va adolatli bir ulug’ kishi hisoblab, uni bamisoli dеngizga, o’zini esa, bu dеngizga tomchilar hadya qiluvchi bulutga o’xshatadi. To’rtinchi bob (34 — 39 baytlar) asarning yozilishi sabablariga bag’ishlangan.Asosiy qism bеshinchi bob (40 — 62 baytlar) dan boshlanadi. U bilim maqtovi va joxillikning zarariga bag’ishlangan. Oltinchi bob (87 — 110 baytlar) dunyoning foniyligi, sakkizinchi bob saxiylik va baxillik to’qqizinchi va o’ninchi boblar (176 — 226 baytlar) turli xil masalalarga bag’ishlangan. Va, nixoyat, o’n birinchi — o’n to’rtnpchi boblar (227 — 235 baytlar) kitobning xotimasidir,Ahmad Yugnakiyning shе'riy uslubda yozilgan «Xiba-asari o’zbеk adabiy mеrosining buyuk namunasi sifatida uning kеyingi taraqqiyotiga katta xissa qo’shdi. Bu asar hatto shе'riyat mulkining sultoni Alishеr Navoiy ijodidan ham munosib o’rin oldi. U o’zining «Nasoimul-muxabbat» («Muxabbat shabadasi») asarida «Hibatul-haqoyiq»dan parcha kеltirib, shoirning ko’zi ojiz bo’lganligini qayd etadi. Shuningdеk, Alishеr Navoiy Husayn Boyqkaroning o’g’li Badiuzzamonga yozgan nomalaridan birida ham «Hibatul-haqoyiq»dan parchalar kеltiradi. Doston dunyo xalqlarining bir nеcha tillariga tarjima qilingan. Rus olimlari Е. E. Bеrtеls, S. Е. Malov va boshqalar Ahmad Yugnakiy dostonini chuqur o’rganib, unga yuksak baho bеrganlar. Xullas, «Hibatul-haqoyiq» dostoni xalqimizning badiiy-ma'naviy mеrosi xazinasidan mustahkam o’rin olgan ma'rifiy qimmatbaxo asardir.Xorazmiy, Abu Ja'far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy ortaosiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma'lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bolib shakllangan. Bunda arab istilosidan song muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an'analari asosiy rol oynagan. Xalifa Horun ar Rashidning ogli va uning Xurosondagi voliysi al Ma'mun huzuriga Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bagdodni egallagan al Ma'mun turkistonlik olimlardan Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Ahmad al Fargoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni ozi bilan olib ketib, oziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa «Bayt ul hikmat» («Donishmandlik uyi») ning ozagini tashkil etgan. Bu akademiyada al Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar bolgan. U shu davrdan boshlab Bagdodda al Ma'mun (813 833), song al Motasim (833 842), al Vosiq (842 847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular «Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob» algebraik asar, «Hisob alHind» («Hind hisobi haqida kitob») yoki «Qoshish va ayirish haqida kitob» arifmetik asar, «Kitob suratularz» («er surati haqida kitob») geografiyaga oid asar. Astronomiyaga oid asarlari: «Zij» («Astronomik jadval»), «Kitab alAmal Bil Usturlabat» («Usturlob bilan ishlash haqida kitob»), «Quyosh soati haqida risola». Tarixga doir asrlari: «Kitob atta'rix» («Tarix kitobi»), «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola».
4. Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachilik siyosati va zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashi.
Chor Rossiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik, ulug davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy suratda aholining milliy ozodligi, erki va insoniy haq-huquqlarini ximoya qilish uchun muqaddas jangga otlantirdi.Taniqli tarixchi olim Shodi Karimovning «Qafasdagi qush orzusi» nomli risolasida (Toshkent, «Fan», 1991, 29-bet) takidlanganidek «Qafasdagi qushning muddaosi bitta - u ham bo`lsa ozodlik, xurlik, erkinlik, qafasni tark etishdir». Darhaqiqatni, shu boisdan ham chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka qilingan Markaziy Osiyo xalqlari dastlabki kunlardanoq milliy mustaqilliklari, ozodliklari va erklari uchun muqaddas kurashni boshlab yubordilar.Bu milliy harakatini taxminiy uch bosqichga bo`lib tahlil etish maqsadga muvofaqdir.
1-bosqich , XIX asrning 70 yillaridagi xalq harakatlari;
2-bosqich , XIX asrning 80-90 yillarida Turkistonda xalq harakatlari;
3-bosqich , 1916 yilgi xalq Qo`zgoloni.
Birinchi bosqichdagi milliy ozodlik harakati asosan Fargona vodiysida sodir bo`lgan xalq harakatlari bilan bogliqdirMalumki 1868 yilda Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman Qo`qon xonligidan tortib olingan yerlarning Rossiya tarkibiga kiritilganligini rasmiy qonunlashtirish uchun Qo`qon xoni bilan shartnomani to`zgan edi. Bu shartnoma Qo`qon xonligini ogir va noqulay ahvolga solib qo`ydi. Xonlik tashqi olamdan o`zib tashlandi. Xonlik chegarasi ancha qisqarib, xazinaga to`shadigan daromad kamaydi. Uning o`rnini to`ldirish uchun turli soliq va majburiyatlar joriy etildi. Bir butun Fargona vodiysida ikki xil tartib-qoidalar mavjud edi.Xonlikdan tartib olinib, tashkil qilingan viloyat, uezd va volostlarda bosqinchilarning tamomila mustamlakachilik qonunlari amal qildi Bu qonun va tartiblar aholining asriy 3shakllangan tarixiy turmush tarzi, urf-odatlari va ananalariga mutlaqo zid edi. Bundan tashqari mustamlaka hokimiyati xalqqa solinadigan soliq miqdorini haddan tashqari oshirib yubordi. Bo`larning hammasi xalq noroziligining alanga olishiga asosiy sabab bo`ldi Mustamlakachilik siyosati va zulmiga qarshi Turkiston o`lkasidagi XIX asrning 70-yillaridagi xalq harakatlari orasida 1873-1876 yillarda Fargona vodiysida bo`lib o`tgan Qo`zgolon alohida o`rin egallaydi.Qo`zgolonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lib dehqonlar, hunarmandlar va mayda savdogarlar maydonga chiqdilar. Bu qo`zgolon mustamlakachilik va jabr-zulmatga qarshi ko`tarilgan xalq harakati edi. Bu qudratli to`lqin goh susayib, goh kuchayib, 1873 yildan to 1877 yilgacha davom etdi. Shu jarayonda xalq orasidan sarkardalar, Qo`zgolon yo`l boshchilari yetishib chiqdi. Ular halqqa bosh bo`lib, so`nggi nafasigacha dushmanga qarshi kurashdilar.Ana shundaylardan biri, xalq orasida Po`latxon nomi bilan mashhur bo`lgan Mullo Isxoq Mullo Xasan o`glidir. Dastlab qo`zgolon qirgiz aholisi orasida boshlandi. Jalolobod va Xonabod qishloqlarida xonning soliq yiguvchilari o`ldirildi. Undan keyin Ush qirgizlari ko`tarildilar. Qo`zgolon alangasi bora-bora kuchayib, turli qishloq va ovullarni kamrab ola boshladi. Chotkoldan Olabuka darasi orqali Kosonga hujum uyushtirilgan Qo`zgolonchilarning soni un mingga yaqinlashib qoldi Ularga qarshi xon qo`shinyubordi va xon qo`shinlari bilan Qo`zgolonchilar o`rtasida bo`lgan bir qator to`qnashuvlarda, Qo`zgolonchilar maglubiyatga uchradilar. Shu tarika, 1873 yilning bahorida boshlangan Qo`zgolon ko`zga kelib vaqtincha to`xtadi. Po`latxon yangi hujum uchun kuch to`plagani Chotqol toglariga chekindi.1874 yilning bahorida yana galayonlar boshlandi. Qo`qon xonligining turli viloyatlarida ommaning chiqishlari va ayrim to`qnashuvlari davom etdi.1875 yilning bahorida qayta boshlangan Qo`zgolon kutilmaganda yo`nalishini o`zgartiradi. Bunga sabab, bu qo`zgolonga boy-zodagonlar, musulmon ruhoniylarining peshvolari ham faol ishtir eta boshlaydi. Ularning asosiy maqsadi hokimiyatni qo`lgaolish edi. Hayoti xavf ostida qolgan Qo`qon xoni Xudoyorxon chor hukumati ximoyasi ostiga qochadi. Xudoyorxonning o`gli Nasriddinbek Qo`qon xoni deb elon qilinadi.Nasriddinbek esa Qo`zgolonni tinchitish va hokimiyatini mustahkamlash maqsadida, chor hokimiyati Kaufman nomiga xat bilan murojaat qiladi. 1875 yil 25-sentabrda u Qo`zgolonchilardan yashirincha Kaufman bilan shartnoma to`zadi, unga ko`ra u o`zini Rossiyaga tobe deb tan oladi, katta tovon to`lashga vada beradi va xonlikning bir qismini Rossiyaga qo`shilishiga rozilik bildiradi. Bu esa Qo`zgolon ko`targan xalqning gazabini o`t oldiradi va ular qurollarini Nasriddinbek va uning tevaragidagi boy-zodagonlarga qarshi qaratadilar. Qo`zgolonchilar Qo`qonni, Margilonni va ko`pgina qishloqlarni egallaydilar. Ular hamma joyda o`zlari yomon ko`rganhokimlardan qasos oladilar va ularning o`rniga ozlarining odamlarini quyadilar. Qo`zgolon shunchalik keng tus oladiki, Hatto Turkiston general-gubernatori Kaufman yordam so`rab Aleksandr II ga murojaat qilishga majbur bo`ladi. 1876 yil 12-fevralda podsho farmoniga binoan Qo`qon xonligi tugatilib, uning o`rnida Fargona viloyati tashkil etiladi va u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritiladi.Qo`qon xonligi tugatilib Fargona viloyati tasis etilishiga qaramasdan ozodlik kurashi mutlaqo to`xtab qolmadi. Turli millatga mansub aholining vatanparvar o`glonlari erk, ozodlik uchun kurashni davom ettirdilar. Bu gal ozodlik harakati kurash bayrogi Fargona dan Oloyga ko`chirildi.Turkiy xalqlarning jasur malikasi, qirgiz ayoli Qurbonjon podxoh o`gillari bilan qahrli general Skobelev qo`shiniga qarshi kurashish uchun kuch tuplay boshladi.O`tmishdan malumki, zabardast va goyat gururli sarkardalar, xotin-qizlar bilan jang qilishni erkaklik shaniga isnod keltiradi deb hisoblashgan. Masalan, Iskandar Zo`lqarnayn Turon zaminida xotin-qizlar boshchiligidagi jangovor qismlarni ko`rib, ular bilan jang qilishdan bosh tortdi. General Skobelev esa moziy sarkardalarining donish udumiga zid borib, uning manaviy-ruhiy tomonlarini o`ylab ham ko`rmadi. Uning ayol qo`mondon Qurbonjon podxohga qarshi otlanishi bilan obru-etibori goyat yerga urilishiga farosati ham yetmadi. Manaviy-axloqiy sifatlardan mahrum bo`lgan insonlarning konini oqizishni kasbga aylantirgan general uchun insoniylik goyasi ahamiyatsiz edi. Unga xalqlarning qoni bilan sugorilgan tuproqda mustamlakachilik bayrogi xilpirab tursa bas. Uning shovinizm ruhida shakllangan dunyoni tushunish falsafasi ana shu tarzda kamol topgan edi. Bu buyuk rus davlatchilik shovinizmining mahsuli edi.Lekin, Qurbonjon podxoh va uni qo`llab-kuvvatlagan vatanparvarlar ming bir imkoniyatdan foydalanib, ogir va mashaqqatli kurashni olib boraverdilar. Ular general Skobelevga mustamlakachilar hech qachon vadalarini, o`zlari nizomlagan bitim va kelishuvlarni halol bajarmaganligini, shunga ko`ra kurash olib borishga majbur ekanliklarini bildirdilar.Hatto 1876 yil 31-iyul kuni uruglarning bir qator vakillari Skobelev xo`zuriga kelib taslim bo`lishganini bildirishganda ham Qurbonjon podxoh, ugillari bilan kurashni davom ettirdilar. General Skobelev tinchlik shartnomasi to`zish uchun mayor Ionovni ayol sarkarda xuzuriga yubordi. Ammo Qurbonjon podxoh mavqei o`zi bilan teng qo`mondon bilan sulx to`zishi mumkinligini aytdi. Oxir-oqibatda general Skobelev Qurbonjon podxoh bilan uchrashib, mo`zokara olib borishga majbur bo`ldi va u qo`ygan talablarga rozi bo`ldi Bu Qurbonjon podxohning Skobelev ustidan manaviy-ruhiy galabasi bo`lib tarixga kirdi.Rossiya mustamlakachilariga qarshi olib borilgan milliy-ozodlik kurashining ikkinchi, XIX asrning 80-90 yillarini ichiga olgan bosqichida sodir bo`lgan yirik harakatlardan biri bu 1892 yili Turkiston general-gubernatorligining markazi bo`lmishToshkent shahrida bo`lib o`tgan Qo`zgolondir. Turkiston xalqlari tarixida «vabo Qo`zgoloni» nomi bilan mashhur bo`lgan bu Qo`zgolon rus mustamlakachilarining xalqning milliy va diniy qadriyatlari bilan mutlaqo hisoblashishmaganligi, milliy va diniy gururning yerga urilishini istamagan xalqning kelgindilarga qarshi mardonavor kurashga otlanganliklarining yorkin timsolidir.1892 yil iyun oyi boshida Toshkentda vabo bilan kasallanganlar aniqlandi. Shahar mamuriyati bu kasallikka qarshi bir qancha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirishga kirishadi. Shunday tadbirlardan, masalan, vabo kasalligidan olamdan o`tganlarni milliy va diniy udumlarga ko`ra kabristonga kumishni taqiqlash, o`lganlarni tibbiy muassasa xodimlari topshirgandan keyingina alohida vabo mozorlariga majburiy ko`mish va x.k. Umuman vaboning oldini olish maqsadida qurilgan tadbirlarning asosiy qismi aholining diniy va milliy urf-odatlariga qattiq tekkan edi.Undan tashqari, vabo kasali bilan ogrigan aholiga tibbiy yordam ko`rsatish va davolashlar ruslarga nisbatan bo`lgan munosabatda ham adolatsizlikka yo`l qo`yilgan edi.Masalan, malumotlarga qaraganda, shaharning ruslar yashaydigan qismida 417 kishi, aholi yashaydigan qismida vabo kasali bilan 1467 kishi kasallangan. Shulardan, yevropaliklardan 200 nafari sogaygan (50 foizi) bo`lsa, aholidan faqat 22 kishi (yani, 1-1,5 foizi) sogaygan holos. Bu raqamlardan rus mamuriyatining vabo bilan kasallangan aholi vakillariga nisbatan qanday munosabatda bo`lganliklarini qurib olish mumkin. Bundan tashqari, chor hukumatining shaharda yashayotgan ruslarga nisbatan aholiga past nazar bilan qaraganini ham sezmaslik mumkin emas.1892 yil 22 iyunda shaharning Shayxontohur dahasida yigilgan aholi ulganlarni eski, mozoriga ko`mishga ruxsat berilishini so`rab shahar boshligi nomiga iltimosnoma bilan murojaat qilishdi. Iltimosnomada marhum ayollarni vrachlar tomonidan tekshirilishi va ayniqsa,, ko`mish marosimlarining bo`zilishi shariatga to`gri kelmasligi va boshqa fikrlar bildirilgan edi. Biroq bu iltimosnomaga hech kim kuloq solmadi va u bajarilmadi. Sabr kosasi to`lgan eski shaharlik o`zbeklar 24 iyunda bosh ko`tardi.Qurolsiz 500 kishidan ortiq xalq ko`zgallonchilariga qarshi harbiy gubernator tomonidan otlik qazaq otryadlari yuboriladi. Qo`zgolonchilarning yuzga yaqini suvga cho`ktiriladi. qochganlar ayovsiz qiriladi. Tarixga «Toshotar voqeasi» deb kirgan bu qo`zgolon oqibatida galayon qatnashchilaridan 8 kishi o`lim jazosiga, 3 kishi qamoqka hukm qilinadi.Rus mustamlakachilari qo`zgolonchilarni jazolashda o`zlariga yoqmagan ziyolilarni, xalqni orqasidan yetaklashga qodir bo`lgan marifatparvar va millatparvarlarni ham qatagon qildi Mustamlakachilar musulmonlarni taxqirlab, ularni har bir rus amaldorlariga tazim bajo keltirishlari majburligi to`grisida buyruk elon qilishdi. Hatto kim ko`chada ruslarga bukilib salom bermaydigan bo`lsa, uni urib qamaydigan odat ham chiqarishdi.Turkiston xalqlarining chor mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik harakatining ikkinchi bosqichidagi yirik Qo`zgolonlardan yana biri 1898 yilda Andijonda bo`lib o`tgan qo`zgolondir. Fargona vodiysi Turkistonning asosiy paxta yetishtiruvchi maydoni bo`lganligi uchun va paxtadan keladigan foyda rus amaldorlari bilan boylarning qo`lida bo`lganligi uchun oddiy xalq ommasi nixoyat darajada qashshoqlasha boshlagan edi. Bundan tashqari, ya66ngi xo`jayinlar soliqlarning miqdorini bir necha bor oshirdilar va yangi-yangi soliq turlarini uylab chiqardilar. Hatto shunday voqealar bo`lgandiki, ayrim qishloqlarning aholisi daryo suvi 10-15 yil oldin yuvib ketgan yerlar uchun ham yer soligi to`lashga majbur qilgan edilar. Xo`rlangan xalqning qaxr-gazabi yigilib asta-sekin qo`zgolonga aylana boshladi. Bu qo`zgolonga eshon Muhammad Ali Sobir Sufiev rahbarlik qildi Uning otasi Muhammad Sobir hunarmand bo`lib, duk yasardi. Madali eshon juda o`qimishli, dunyoqarashi chuqr, davrining yetuk kishisi va shuningdek, u Makkaga hajga ham borib kelgan edi. U Mingtepa qishlogi yaqinida tuprolqli yo`l yoqasida bir necha qayrogochlar ekib, o`zoqdan yelkasiga suv tashib kelib sugordi va yo`lovchilarning xojatini chiqardi. Asta-sekin Madali eshon haqidagi gaplar atrof qishloqlarga yoyildi. Qo`zgolonchilarning asosiy maqsadi, rus bosqinchilarini batamom xaydab chiqarib, mustaqillikka erishish va xalqni ikki yoqlama zulmdan holos qilish edi.Qo`zgolonchilar Turkistonda chorizmning asosiy tayanchi va xalqni qullikda ushlab turgan kuchlar armiya ekanligini yaxshi bilardilar. Shuning uchun Andijon shahridagi oq podsho askarlari yashaydigan garnizonga hujum qilishga qaror qilindi. Qilich, xanjar, o`roq va tayoklar bilan qurollangan qo`zgolonchilar tunda hujum boshladilar. Oldinlari bo`lganidek, dastlab qo`zgolonchilarga yon bosgan katta yer egalari Ushda, Margilonda va boshqa shaharlarda ko`tarilishi kerak bo`lgan Qo`zgolonlarning rejasini bo`zib, xoinlik qildilar. Bu qo`zgolon to`grisidayozgan Terentevning gapiga ko`ra, qo`zgolonchilarning maqsadi «Oqshom mahali bir paytda Margilon, o`sh va Andijondagi askarlarning lagerlariga hujum qilib, bu shaharlarni egallash va so`nra Namanganni egallab Qo`qon xonligini tiklash, keyin esa Toshkent va Samarqandni ham egallab, o`lkadan ruslarni quvib chiqarish edi».O`roq va tayok bilan qurollangan qo`zgolonchilar mashq ko`rganva yaxshi qurollangan chor armiyasiga bas kelolmadi. Qo`zgolon nihoyat darajada vaxshiylik bilan bostirildi. Qo`zgolon bostirilgach, uning 546 faol qatnashchilari ustidan sud bo`ldi. Sudda, chor mamurlari qo`zgolon boshligi Madali eshondan: «Nega xalqni Qo`zgolonga ko`tarding?» deb so`raganlarida u, Rossiya Turkistonni bosib oliganidan so`ng bu yerda axloqsizlik, foxishabozlik, har xil o`yinlar, aroqxo`rlik keng avj olib ketganligi, umuman shariat qoidalari oyoq osti qilinganligi, bunday axloqsizlik paytida Makkaga xajga borishni taqiqlanishi, xalq o`rtasida manaviy tushkunlikni yanada avj olib ketishiga sabab bo`lganligi, Ozod Turkistonning ozodligi yo`q. qilinganligi kabi sabablar uni xalqni qo`zgolonga ko`tarishga olib kelganligini aytdi. Madali eshon va uning izdoshlari ustidan sud 1898 yil 11 iyunda Andijon shahrida bo`lib o`tdi va hukm zudlik bilan ijro etildi. Hatto rus tarixchilarining guvohlik berishlaricha 12 iyunda dor tagida turgan Madali eshon va uning yordamchilari yovlarning ko`zigashunchalik sovuqqonlik bilan boqib, mardonavor turdilarki, ular bir ogiz ham avf qilishlarini so`ramay, sirtmoqni bo`yinlariga soldilar.Ko`zglonchilarning bir qismi uzoq Sibirga surgun qilindilar. Qo`zgolonda qatnashgan qishloqlarning aholisi nihoyat darajada qattiq jazoladilar. Qo`zgolonchilar Andijon tomonga qaysi qishloqlar orqali o`tgan bo`lsalar, shu qishloqlardan to Andijongacha bo`lgan masofadagi uylar I kilometr enlikda yer bilan tep-tekis qilindi. Tekislangan yerga esa janubiy rus guberniyalaridan ko`chirib keltirilgan mujiklar joylashtirildi. Mingtepa qishlogining nomi «Pojaluysta» (Marhamat) deb o`zgartirildi.Fargona vodiysida chorizmga qarshi ko`tarilgan qo`zgolon shu tariqa bostirildi. Lekin Dukchi eshon Qo`zgoloni bostirilgani bilan bepoyon Turkistonning hali bu yerida, hali u yerida qo`zgolonlar bo`lib turdi. Demoqchimizki, Qo`zgolon nom-nishonsiz qolmadi. Bu qo`zgolon dehqonlarga, shahar va qishloqlarning mehnatkash ommasiga kurash yo`lini ko`rsatdi hamda un minglab kishilarning podshohning mustabid hokimiyatiga qarshi faol harakat qilishga chorladi. Kelasi 1899 yilning 20 iyunida Fargona vodiysida yangi qo`zgolon ko`tarilib, mamuriy binoga o`t qo`yildi va politsiya uchastkasiga hujum qilindi. Shunday qilib, Turkiston Rossiya imperiyasining eng isyonkor o`lkalaridan biriga aylana bordi..XX asr boshlarida chor Rossiyada siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaltis voqealar sodir bo`ldi 1900-1903 yillardagi iqtisodiy inqiroz Rossiyaning butun xo`ligini qamrab oldi. 1904-1905 yillardagi rus-yapon urushida Rossiyaning maglubiyatga uchrashi mamlakat ahvolini yanada keskinlashtirib yubordi.Bunday holatning salbiy tasiri Turkiston o`lkasiga ham yetib keldi. Urushda ko`rilgan talofatning o`rnini qoplash uchun mustamlaka hududlarini ayovsiz talash avjiga chikdi o`zbek dehqoni va uning oilasi ochlik, qashshoqlik yoqasiga kelib qoldi1905 yil 9 yanvarda Peterburgda sodir bo`lgan qonli yakshanba fojeasi chekka o`lka aholisini ham kurashga tortdi. o`shakezlardagi Rossiyadagi inqilobiy holat Turkistondagi dehqonlarni ham harakat maydoniga undadi va qishloqda sinfiy kurash avj oldi.Shunday sinfiy kurash jahon haqiqiy qahramonlarini, jasur yo`lboshchilarini yuzaga keltirdi. Xususan, Nomoz Primqulovdek zabardast xalq kurashchilari yetishib chiqdiki, ularning nomlarini amaldorlar, podsholik mamuriyatlari eshitib qolgudek bo`lsa, daxshatga to`shadigan bo`lib qoldilar. Mustamlakachilik mamuriyati va generallari uchun Nomoz Primqulovning nomini eshitish o`ta xavfli bo`lib qoldi Xalq unga «Nomoz botir» deb nom kuydi.Nomoz Primqulov 1904-1905 yillar davomida Samarqand viloyat qishloqlari, tog va daralarida mustamlakachilar va ularning ittifoqchilari bo`lgan boylar, savdogarlarga qarshi qasoskorona kurash olib bordi. U qasos qilichini birinchi navbatda xalqni talagan va uning izzat-nafsoniyatiga tekkan katta yer egalari, sudxo`r va savdogarlarga qaratdi, ularning mol-mulkini kambagal dehqonlarga bo`lib berdi. Mustamlakachilarga nisbatan cheksiz nafratga to`lib-toshgan Nomoz ularga shafqat qilmadi.Turkiston general-gubernatori «o`zbek Dubrovskiy» bo`lmishNomoz Primqulovni to`tib olish va jazolash yuzasidan maxsus tadbir-chora ishlab chiqish va uni amalga oshirish yuzasidan farmoyish chiqardi. Bu operatsiyani bajarish uchun shaxsan Samarqand viloyat harbiy gubernatori yordamchisi polkovnik Susanin javobgar qilib tayinlanadi. Operatsiya muvaffaqiyaini taminlash ishiga Buxoro Amiri Said Abdulahadxon ham jalb etiladi. 1907 yil may oyida gubernatorlikning katta qo`shini bilan bo`lgan tengsiz jangda nomozchilar katta talofat ko`radilar va Nomoz xiyonatkorona o`ldiriladi.Nomozning o`limi dehqonlarning mavjud tartiblar va mustabid mustamlakachi tuzumga qarshi kurashini to`xtata olmadi va kurashni davom etdi. Malumki, 1914 yilda birinchi jahon urushi boshlandi. Iqtisodiy va siyosiy jihatdan baquvvat bo`lmagan Rossiya imperiyasining bu urushga qo`shilishi shu siz ham ogir bo`lib turgan axvolni yanada ogirlashtirib yubordi. Bu ogirlik Rossiyaning mustamlakalarida ayniqsa, qattiq aks sado berdi. Chor amaldorlari ko`rsatmalaridan so`ng Turkistondagi barcha hosildor yerlarga paxta ekilib, galla esa Orenburgdan va Shimoliy Kavkazdan tashib kelina boshlandi. 1916 yilga kelib, bu galla ham kelmay qoldi Ochlik boshlanib, oziq-ovqatlarning narxlari bir necha bor oshib ketdi. Savdogarlar esa bu kulfatdan unumli foydalanib qolish yiliga o`tdilar. Oddiy xalqning kun ko`rishi nihoyatda ogirlashib ketdi. Qimmatchilik xalqning sabr kosasini to`ldirib yubordi. Imperator Nikolay II ning 1916 yilning 25 iyunida turkistonliklarni mardikorlikka olish haqidagi farmoni hammasidan oshib tushdi. 1886 yilgi kelishuvga binoan turkistonlik yigitlar oq podsho armiyasi safida xizmat qilishdan ozod qilingan edilar. Endi esa Oq podsho bu kelishuvni ustalik bilan aylanib o`tib, turkistonliklarni front orqasidagi ogir ishlarni bajarishga safarbar qilmoqchi bo`ldi Podshoning farmoniga ko`ra, 19 yoshdan 31 yoshgacha bo`lgan 200 ming kishi Rossiyaga jo`natilishi kerak edi. Xalqning qahr-gazabini bosish uchun podsho amaldorlari xalqni: «Mardikorga olinganlar faqat uch oygina xizmat qilib qayta dilar va shu davr mobaynida ularning oilalariga yordam ko`rsatiladi». - deb aldadilar.Zudlik bilan ro`yxatlar tuzila boshlandi. Amaldorlar o`rtasida poraxo`rlik avj olib ketdi. Boylar bolalarini katta pul evaziga mardiqorlikdan olib qola boshladilar. Bunday bedodliklarni ko`zi bilan ko`rib turgan xalq xo`rlikka, adolatsizlikka qarshi qo`zgaldi. 1916 yilning 4 iyulida Xo`jandda, 5 iyulda Margilonda, 11 iyulda Namanganda, Toshkentda hamda Toshkent viloyatida xalq maydonga chiqdi. Bundan talvasaga tushgan podsho Nikolay II 18 iyulda Turkiston o`lkasida harbiy holat elon qildi va Turkiston harbiy okrugi qo`shinlari boshligiga, harbiy holat davrida bosh qo`mondonlik huquqini berdi. Turkistonda mardikorlikka qarshi ko`tarilgan qo`zgolon ayniqsa, Jizzaxda eng yuqori nuqtaga ko`tarildi. Jizzax qo`zgoloni 13 iyulda, yani mardikorlikka olish haqida gi farmon o`qib eshittirilganligidan so`ng boshlandi. Farmondan so`ng 10 kun muddat ichida jo`natilgan yigitlar to`planishi kerak edi.Ammo, muddat o`tganligiga qaramay hech kim to`planmadi. Shundan so`ng Jizzax uezdining boshligi Rukin eski shahar aholisini machitga yigib: «Men sizlarni ogohlantirib shuni aytamanki, agarda hukumatga qarshi chiqadigan bo`lsalaring, mol-mulklaringni va o`zlaringni yer bilan tep-tekis qilaman» - deya do`q urdi. 18 iyul kuni Jizzaxning eski shahar aholisi, qo`llariga duch kelgan narsalarni olib Norxo`ja Eshon boshchiligida shahar tomon yo`l oldilar. Ularga yo`lda rus amaldori Rukin, bosh oqsoqol Yo`ldoshev, pristav va tilmochlar peshvoz chikdilar. Xalq ularni o`ldirdi. Shundan so`ng bu yerga zudlik bilan yetib kelgan jazo otryadi xalqni o`qqa tutdi. Qo`zgolon katta alangadek gurillab ketdi. Bundan nihoyatda vaximaga tushgan Turkiston general-gubernatori bu yerga qo`shimcha jazo otryadi yubordi. Otryadga boshliq qilib tayinlangan polkovnik Ivanovga, general-gubernator qo`zgolonchilarga nisbatan raxm-shafqatsiz bo`lishni va ularga eng ogir jazolarni qo`llashni hamda qo`zgolon ko`targan qishloqlarni yoppasiga yoqib yuborishni tayinladi.Ivanov ham xo`jayinining buyrugini oshigi bilan bajardi. Qo`zgolon ko`targan Forish va Zomin qishloqlari o`t ichida qoldi Qo`zgolon bostirilgandan so`ng , 100 dan ziyod odam tergov qilindi. General-gubernatorning buyrugi bilan, har bir Husaynrus uchun katta miqdorda hosildor yerlar tovon sifatida aholidan tortib olindi. Qo`lgatushirilgan qo`zgolonchilarni sud qilish jarayoni juda tezlik bilan olib borildi. Odamlarni «ayblariga» iqror qildirish uchun qattiq qiynadilar. 1916 yilgi qo`zgolonda qatnashgan 377 kishi o`limga mahkum qilindi. Bo`larning ichida jasur, erk sevar, qullikdan ko`ra o`limni afzal ko`rganNazirxo`ja Abdusalomov, Abdurahmon jevachi, Rahmon Jaynoq Abdurasulov, Mulla Muhammad Rahim, Xudoyberdi Yusupov, Turaqo`l To`rabekov, Haydar Xusainov va Haydar Yo`ldoshev kabi yovqur ota-bobolarimiz bor edilar. Bu qo`zgolon, Rossiya Turkistonni bosib olgandan so`ng bo`lib o`tgan qo`zgolonlarning eng kattasi va uzoq davom etgan edi. Uni bostirish uchun chor armiyasi 14 batalon piyodalar, 42 to`p, bir necha ming qazaqlarni ishga solishga majbur bo`ldi Bu qo`zgolon nafaqat rus bosqinchilariga, balki ularning malaylari, Vatanini va xalqining manfaatlarini sotib, bosqinchilarga itdek xizmat qilayotgan mingboshilarga, oqsoqollarga, yuzboshilarga va boshqa yaloqxo`rlarga ham qaratilgan edi.
5. Ozbekiston tashqi aloqalarining kengayishi va xalqaro tashkilotlar safiga qabul qilinishi 1995-yil 15-16 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo Xavfsizlik va Qamkorlik masalalariga bagishlangan seminar Kengashi boldi. Bu Kengashda ishtirok etish uchun 31 mamlakat, 6 Xalqaro Tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Mintaqa xavfsizligi va mojarolarning oldini olish masalalari korib chiqildi.1995-yil oktabrda nishonlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50 yilligi va uning yubiley sessiyasi Ozbekistonning xalqaro siyosat borasidagi yangidan-yangi imkoniyatlarini korsatishga sharoit yaratdi.Birinchi prezident I.Karimovning ana shu motabar minbardan turib sozlagan nihoyatda qisqa va londa nutqi jahon hamjamiyatining tamoyilga aylangan qarashlarini ozgartirishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitishga oziga xos tasir korsatdi. Jumladan, u mamlakatlararo. mintaqalararo va qitalararo munosabatlarni chuqurlashtirish, qar bir mintaqada vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyesiy jarayonlarning borishidan oldindan ogoh bolish, ularni oz vaqtida organish va zarur xulosa-larga kelish, shu asosda umumbashariy muammolarni chigallashtirmasdan hal etish masalalarini kotardi.1998-yil martda Toshkentda O`zbekiston, Qozogiston, Qirgiziston o`rtasidagi davlatlararo kengashda yagona iqtisodiy makon to`grisidagi. Shartnomaga Tojikistonning qo`shilishi to`grisida protokol imzolandi. Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun BMTning maxsus dasturi (SPeKA) to`grisidagi Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.O`zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov azaliy qardosh xalqlarning do`stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlash maqsadida Turkiston-umumiy uyimiz degan goyani ilgari surdi. Mintaqa ziyolilari, jamoatchilik vakillari bu goyani qo`llab-quvvatladilar va natijada Turkiston-umumiy uyimiz deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi. Tashkiliy jihatdan bu harakat 1995-yil 21 noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan Qardosh xalqlar uchrashuvida yuzaga keldi. Turkiston-umumiy uyimiz harakatini Qirgizistonlik ko`zga ko`ringan jamoat arbobi, mashhur yozuvchi Ch.Aytmatov (prezident ) va taniqli o`zbek yozuvchisi O. Yoqubov (vitse-prezident) boshqarib bormoqdalar.1994-yil 1-sentyabrda GFR poytaxti Bonnda Ozbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent Frankfurt» havo yoli ochildi, Ozbekistonda «Doyche-bank»ning bolimi faoliyat korsatmoqda. Germaniyaning «Geydelber» firmasi Ozbekistonda nashriyot matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Geydelber» firmasi asbob uskunalari bilan Yangiyol kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» nashriyoti qayta jihozlandi. Ozbekistondagi «Rastr» va «Groteks» nashriyotlari «Geydelber» firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, oquv qollanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001-yilda Ozbekiston Germaniya Rossiya hamkorligidagi «Namangan qogoz» qoshma korxonasi qurilib ishga tushirildi. Ozbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2001-yil 2 5 aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002 yil 9 10 may kunlari Ozbekistonga qilgan rasmiy safarlari Ozbekiston Germaniya ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga kotardi.Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati isloh, qilinmoqda, yaqin xorij bilan bo`lgani kabi uzoq xorijiy mamlakatlar bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Bu borada xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - XVF, Jahonbanki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro savdo markazi (YuNeKTAD), tariflar va savdo bosh bitimi (GATT) va boshqalar bilan hamkorlik qilinmoqda. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish borasida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan Tashqi iqtisodiy faoliyat to`grisida, Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to`grisida va boshqalar. Bundan tashqari xorijiy sarmoyalar ishtirokida qo`shma korxonalar tashkil etish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish va chetga chiqariladigan mahsulot uchun ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi ancha soddalashtirildi.O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, chet-el investittsiyalarini jalb etish uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Shu bois, 80 dan ortiq mamlakat vakillari tomonidan tashkil etilgan 3200 dan ortiq qo`shma korxonalar samarali ishlamoqdalar. Jumladan, Janubiy Koreya bilan DEU avto, Germaniya bilan Mersedes-Bents,o`zsalaman, Italiya bilan o`zplastital, o`zitalmotor, Buyuk Britaniya bilan BAT, AQSh bilan Zarafshon - Nyumont, AQSh, Frantsiya, Turkiya va Yaponiya bilan Markaziy Osiyoda eng yirik Buxoro neftini qayta ishlash zavodi va boshqa qurilgan korxonalar shu hamkorlikning samarasidir. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda O’zbekiston jahon transport aloqa yo`llari muammolarini ham hal qilmoqda. Bu avvalo mamlakatimizning Tejen-Seraxs-Mashxad va Pekin-Istambul o`rtasidagi Transosiyo bosh temiryo`li qurilishida qatnashuvi. O`zbekiston Kaspiy dengizi sohilidagi Oqtov bandargohini tamirlashda, bevosita Xitoy va Pokiston bilan boglanishga imkon beruvchi Andijon-Osh-Irkishtom-Qashqar avtomobil yo`li qurilishi, shuningdek Hind Okeaniga olib chiquvchi Termiz-Hirot-Qarachi trassasi kabi qurilishlarning ishtirokchisidir.Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston xalqaro hamkorlik va hamjihatlik yo`llarida katta yutuqlarga erishdi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko`tarildi.Bugunda xorijiy mamlakatlarning vakillari bilan qo'shma korxonalarni tashkil qilinishi ham keng yolga qoyilgan. Respublikada qo'shma korxonalarning soni 4 mingga yaqinlashib bormoqda. Avtomobilsozlik, oltin, neft va boshqa sanoat tarmoqlari qurilishi respublika sanoatini katta yangiliklar bilan boyitdi va takomillashtirdi. G’alla, neft mustaqilligini tiklash bo’yicha olib borilayotgan ishlar o'z samarasini bermoqda. Qishloqlarni sanoatlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham iqtisodiy hayotning eng muhim yangiliklaridan biridir. Ular dehqonlarni ish bilan ta'minlashga va turmush darajasini ko'tarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar jadal suratlar bilan osib bormoqda. Iqtisodiy va diplomatik aloqalar erkinlashtirilishi va huquqiy negizlar yaratilishi orqasida O'zbekistonning jahon bozoridagi mavqei tobora o'smoqda.Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy ozgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va ozlashtirildi. Bu 2014-yilga nisbatan 9,5 foiz kop demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortigi xorijiy investitsiyalar bolib, shuning 73 foizi togridan-togri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yonaltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bolgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.2015-yilda yalpi ichki mahsulotning osish sur'atlari 7,8 foizdan iborat bolishini ta'minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xojaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar korsatish hajmini 17,4 foizga kopaytirish vazifasi qoyilmoqda. Inflyasiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, ortacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish kozda tutilmoqda. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda 2016-yilga moljallangan Investitsiya dasturining hayotga tatbiq etilishi ota muhim orin tutadi. Nega deganda, bu dastur sanoatda, butun iqtisodiyotimizda tarkibiy ozgarishlarning eng muhim vositasi bolib xizmat qiladi.2016-yil uchun belgilangan, umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bolgan 164 ta yirik investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda ishga tushirishni ta'minlash boyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida shakllantirilgan yangy iqtisodiy tizimning mohiyati va yo'nalishi O'zbekistonni xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozori bo'lib qolishidan tamomila holi etishdan iboratdir.Aytish mumkinki, tariximizda hech qachon hozirgidek tashqi aloqalar rivojlangan emas. Endilikda O'zbekistonda o'nlab xorijiy mamlakatlarning elchixonalari faoliyat ko'rsatmoqda. O'z navbatida O'zbekiston elchixonalari ham ko'p chet el mamlakatlarda ochildi.
Download 158,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish