O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI INGLIZ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI INGLIZ FILOLOGIYASI KAFEDRASI
HAMRAYEVA DURDONA
KASB-HUNAR KOLLEJLARI O’QUVCHILARIGA DIALOGIK NUTQNI O’RGATISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
KURS ISHI
Mutaxassislik: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
“HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI”
Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri
R.M.Asadov______________
“____” _____________ 2022
|
“ILMIY RAHBAR”
N.I. Shermatova
________________
“____” ___________2022
|
SAMARQAND – 2022
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLARI UCHUN MUQOBIL PEDAGOGIKA 7
1.1. Muloqot jarayonining bir qismi sifatida dialog tushunchasi 7
1.2. Samarali o'qitish uchun dialog kontekstlari 9
I BOB YUZASIDAN XULOSA 13
II BOB. KASB-HUNAR KOLLEJ TALABALARIGA DIALOGIK TAQDIMOT 15
2.1. Dialoglarni taqdim etish: asosiy yondashuvlar 15
2.2. Dialogik nutqni o'rgatish: boshlang'ichdan yuqori darajagacha 24
2.2.1. Boshlang'ich daraja 24
2.2.2. O'rta daraja 27
2.2.3. Yuqori daraja 33
II BOB YUZASIDAN XULOSA 36
XULOSA 37
IZOHLI LUG`AT: 38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 40
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tgan yillarda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta’minlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shu bilan birga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatdi.
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, mavjud kasb-hunar kollejlarining moddiy bazasidan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga idoraviy bo‘ysunuvchi kasb-hunar kollejlarida malakali va mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga olish va bandligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |