Savollar.
1.«Биосфера» тушунчаси нимани англатади?
2.Биосферанинг моҳияти нимада ва структураси нималардан иборат?
3.В.И.Вернадскийнинг биосфера ҳақидаги таълимоти.
4.Биосфера қандай қатламлардан ташкил топган? Уларга таъриф беринг.
5.Дарвин ва Вернадский таълимоти ўртасида қандай боғлиқлик бор?
6.Биосферанинг ривожланиш жараёни қандай кечади?
7.Фотосинтезланувчи автотрофлар ҳақида нималарни биласиз?
8.Ноосфера таълимотининг бош мезони нима?
Javoblar.
1.Biosfera (grekcha bios-hayot, sphaira-shar, qobiq) yerning murakkab tashqi qobig'i bo'lib, unda barcha tirik organizmlarning yashashi uchun qulay sharoit mavjud. Biosfera – tabiatning tirik organizmlar yashashi uchun qulay muhit yaratish imkoniga ega bo'lgan ulkan inshooti.
2.Barcha tirik organizmlar
kabi, biz ham bu ulkan inshootda o'z faoliyatimizni o'taymiz. Bios-
fyerada inson uchun zarur narsalarning hammasi mavjud. Ular u yoki bu
tarzda tabiatda uchraydi. Shu bilan birga inson tabiatga o'z ta'sirini
ijobiy yoki salbiy ravishda bildiradi.
3.V.LVemadskiy nazariyasining mohiyati shundaki, u tirik modda-
laming ahamiyatini hamisha tan oladi va ular planetaning qiyofasini
o'zgartiradi, deb e'tirof etadi. Tirik organizmlaming ahamiyati geologik
davrda juda katta bo'lgan. Shuning uchun Vemadskiy aytadiki, yer
kurasida doimiy harakat qiluvchi kimyoviy kuchlar yo'q, ammo tirik
organizmlaming harakatini olib qarasak, ular juda katta kuchdir.
quyoshdan keladigan energiyani faqatgina tirik organizmlar ushlab olit,
o'zgartiradi. Demak, ular biz yashayotgan zaminga go'zallik baxsh
etishga qodir katta kuchdir.
4.Biosfera qobig'i uch qatlamdan atmosfera, gidrosfera, litosferadan
iborat.
Atmosfera
Uning kislorod'va azotdan iborat gaz qobig'i bor. Shuningdek,
kam miqdorda karbonat angidrid (0,03%), ozon va boshqa gazlar
mavjud. Atmosferaning holati, Yer yuzasidagi hamda suvli muhitdagi
fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta'sir qiladi.Gidrosfera-Yerning suv qobig'idir. Suv tez harakatlanish hamda
yerga singish, hamma joyda o'ziga hos holda bo'lishi, o'ziga chetdan
boshqa molekulalami biriktirib olish imkoniga ega.Litosfera-Yerning tashqi qattiq qobig'i bo'lib, cho'kma va magma-
tik jinslardan iborat. Yer po'sti deb, Yerning ustki qattiq qatlamiga
aytiladi. Litosferaning yuza qismi-tirik organizmIar yashashi uchun
qulay sharoit mavjud qismiga tuproq deyiladi.
5.Darvin va Vernadskiy ta'limoti o'rtasidagi bog'lik bu ikkisi ham evolutsiya haqida gapirgan ekanligidir.
6.Vernadskiy ta'limotining muhimligi shundaki u biosferaning
paydo bo'lishi va rivojlanishini asoslab byeraoldi. Hozirgi biosfera
birdan paydo bo'lmagan, balki u biogeokimyoviy va biologik
omillarning uzoq evolyutsiya ta'siridagi o'zaro bog'liqligi natijasida
paydo bo'lgan. Tirik organizmlar faqatgina biosfera paydo bo'lishi
orqali hosil bo'ldi va o'zgardi.
7.Fotosintezlanuvchi avtotroflarning baktyeriyalar va ko'k yashil suv
o'tlari (prokariotlar), keyin haqiqiy suv o'tlari va ko'p hujayrali
o'simliklar (eukarlotlar) biz yashab turgan biosferaning shakllanishida
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu organizmlaming biosferadagi hayot-
faoliyati yerkin kislorodning hosil bo'lishi va to'planishiga olib keldi,
kislorod mavjudligi evolyutsiyaning asosiy bosqichlruidan biri bo'ldi.
8. Noosfera ta'limoti asosida yotgan bosh mezon-insonning to'liq
shaklIanmagan tirik organizm ekanligi. Ammo u o'z qonunlari asosida,
shu bilan birga hamisha tabiat ichida yashaydi va uning bir bo'lagidir.
Bu inson va uni o'rab turgan muhit bir-biri bilan uzliksiz bog'liq
ekanligini ko'rsatadigan xususiyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |