0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


-yil  -   Rossiya-Xiva  o'rtasida  „Majburiyatlar  akti“  imzolandi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

1842-yil  -   Rossiya-Xiva  o'rtasida  „Majburiyatlar  akti“  imzolandi.
1.  Xiva  xonligining  Osiyo  davlatlari  bilan  munosabatiga  doir  faktlar 
ro‘yxatini  tuzing.
2.  Xiva  xonligi  chet  ellik  savdogarlar  uchun  qulay  sharoit  yaratish 
maqsadida  qanday  tadbirlarni  amalga  oshirdi?
3.  X iva-R ossiya  miinosabatlarida  keskinlik  boshlanishiga  qanday 
omillar  sabab  bo'ldi?
4.  „Majburiyatlar  akti“  shartnomasining  mazmuni  haqida  so‘zlab  be­
ring.
5.  Nega  o‘zbek  davlatlanning  Rossiyaga  qarshi  turishda  Buyuk  Bri- 
taniyaga  tayanishlari  mumkinligi  ehtimoli  rcdyobga  chiqmay  qoldi?
6.  Nega  o‘zbek  davlatlanning  o'zlari  Rossiya  xavfiga  qarshi  o‘zaro 
ittifoq  tuza  olmadilar?
2 8 -§.  X
iva  xonligida madaniy  hayot
Madaniy  hayot 
manzarasi
Xiva  xonligida  boshqa  ikki  o‘zbek  davlati  -  
Buxoro  amirligi  va  Qo‘qon  xonligiga  qaraganda 
iqtisodiyot  va  madaniyatni  rivojlantirishga  inti- 
lish  kuchliroq  edi.  Buning  sababi  Xiva  xonlarining  maqsadi  bilan 
izohlanadi.  Xonlarning  maqsadi  esa  Xorazmning  avvalgi  salobatini 
tiklash  va  0 ‘rta  Osiyoning  markazi  bo‘lish  edi.  Ko‘hna  Xorazm  -  
bu  o‘zbek  davlatchiligining  tamal  toshi  qo‘yilgan  diyor.  Bn  diyorda 
ma’muniy  xorazmshohlar  davrida  birinchi  ilm-fan  markazi  -   Xorazm 
Ma’mun  akademiyasi  tashkil  etilgan.  Shuningdek,  Xorazm  dunyoning 
eng  yirik  va  qudratli  saltanatlaridan  biri  -   Anushtegin  Xorazmshohlar 
saltanati  vnjudga  kelgan  yurt.
To‘g‘ri,  Xiva  xonligida  ilm-fan  darajasi  ma’muniy  xorazmshohlar 
davri  ilm-fani  darajasi  bilan  tenglasha  olmaydi.  Biroq  davlatning 
iqtisodiy  imkoniyatlari  yetarli  bo‘lmasa-da,  xonlikda  shahar  qurilishiga, 
kanallar  qazilishiga,  eng  boy  kutubxona  yaratilishiga  juda  katta  mab-
103


lag‘  sarflanganligi  o ‘sha  maqsad  bilan  izohlanadi.  Maqsad  qanday 
bo‘lishidan  qat’i  nazar  u  ezgulikka  xizmat  qildi.  Bobolarimizdan  biz 
avlodlarga  dunyoni  Ы   qoldiradigan  me’morchilik  namunalari  meros 
qoldi.
Adabiyot
Bu  davr  xonlik  adabiyotida  Amir  Avazbiy  o ‘g ‘li 
Shermuhammad  (taxallusi  Munis  Xorazmiy)  va 
uning  jiyani  Erniyozbek  o ‘g ‘li  Muhammad  Rizo  (taxallusi  Ogahiy) 
lar  alohida  ajralib  turadilar.  Munis  Xorazmiy  yoshlik  chog‘laridan 
adabiyot  va  tarix  faniga  mehr  qo‘ydi.  1800-yilda  otasi  vafot  etgach, 
saroy  kotibi  etib  tayinlandi.  1804-yilda  birinchi  she’rlarini  o ‘z  ichiga 
olgan  devon  -   „Devoni  Munis“ni  yaratdi.  Munisning  „Oshiqlar  do‘sti“ 
devoni  20  mingdan  ortiq  misradan  iborat.  U  xattotlar  tomonidan  ko‘- 
chirilib,  ajoyib  kitob  holiga  keltirilgan.
Bu  davr  adabiyotining  yana  bir  mashhur  namoyandasi  Ogahiy 
1809-yilda  Qiyot  qishlog‘idagi  mirob  oilasida  tug‘ildi.  Xiva  madrasa- 
larida  ilm  oldi.  Arab  va  fors  tillarini  puxta  egalladi.  Ayniqsa,  Alisher 
Navoiy  ijodini  qunt  bilan  o‘rgandi.  1829-yilda  amakisi  Munis  va­
fot  etgach,  Olloqulixon  uni  amakisining  o‘rniga  mirob  mansabiga 
tayinladi.  Uning  shoir  sifatida  yaratgan  asarlar  to‘pi ami  „Oshiqlar 
tumori“  deb  ataladi  va  u  19  ming  misradan  iborat.  Uning  g ‘azallari 
,,Shashmaqom“ning  hamma  kuylariga  tushadi.  Ogahiy  o‘z  davrining 
mohir  tarjimoni  ham  edi.  U  S a ’diy  Sheroziyaing  ,,Guliston“,  Abdurah- 
mon  Jomiymng  „Yusuf  va  Zulayho“  hamda  Nizomiy  Ganjaviy  „Xam- 
sa“sining  ba’zi  dostonlarini  o‘zbek  tiliga  tarjima  qildi.
Xorazm  tarixnavislik  maktabiga  asos  solgan  shaxs 
Abulg'oziy  BahodirxonAir.  U  ham  hukmdor,  ham 
tarixchi  olim  sifatida  tarixda  nom  qozondi.  0 ‘zining  „Shajarayi  turk 
va  mo‘g‘ul“  asari  bilan  tarixda  nom  qoldirdi.  Asarning  „Taqi  Shay- 
bonxon  avlodidin  Xorazm  mamlakatinda  podshohlik  qilg‘onlaming 
zikri“  deb  nomlangan  I  bobi  Xorazmning  1512-1663-yillardagi  ta- 
rixiga  bag‘ishlangan.  Abulg‘oziy  Bahodirxon  yozgan  bu  asarning  qim- 
mati  yana  shundaki,  u  o‘zbek  tilida  yozilgan.
„Dastur  ul-amal“  asari  Abulg‘oziy  Bahodirxonning  topshirig‘i  bilan 
yozilgan.  Afsuski,  bu  asar  muallifining  nomi  aniqlangan  emas.  Mazkur 
asarda  Sohibqiron  Amir  Temurdan  tortib,  Zahiriddin  Muhammad 
Boburga  qadar  temuriylar  shajarasi  qisqacha  sharhlangan.  Har  bir

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish