0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

bilib  oldingiz?
5.  Xiva  qo‘lyozma  kitob  san’ati  haqida  so‘zlab  bering.
/ Y V
29-§.  Xiva  xonligi  tarixi  bo‘yicha  manbalar
A r x i v   h u j j a t l a r i
Mana,  Siz  Xiva  xonligining  X V I-X IX   asr 
birinchi  yarmi  tarixi  bilan  tanishib  bo‘ldingiz. 
Xo‘sh,  Siz  bilib  olgan  tarixiy  ma’lumotlar  qayerlardan  olingan?  Ular, 
birinchi  navbatda,  tarixiy  hujjatlarni  o‘rganish  natijasida  to‘plangan. 
Xiva  xonligi  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  bosib  olingach,  1873-yilda 
xon  devonida  saqlanayotgan  hujjatlar  ham  Peterburg  shahriga  olib 
ketildi.  Olib  ketilgan  hujjatlar  faqat  1962-yildagina  Toshkentdagi 
0 ‘zbekiston  Davlat  arxiviga  olib  kelindi.  Xiva  xonligi  hujjatlarining 
ma’lum  qismi  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  instituti 
xazinasida  ham  mavjud.
Arxiv  hujjatlari  Xiva  xonligining  davlat  tuzumi,  soliq  va  majburi- 
yatlar,  pul  muomalasi,  davlatning  ma’muriy-hududiy  bo‘linishi,  aho- 
lining  xo‘jalik  mashg‘uloti,  savdo-sotiq  ishlari  kabi  masalalar  haqida 
qimmatli  ma’lumotlar  beradi.
XVII  asr da  yashagan  Hasanbek  Rumlu- 
Mahalhy  tarixchilarning 
ni 
Eng  go‘zal  tarix“  asari  XVI  asr- 
Xiva  xonligi  tarixi 

,  .  .  .  .
.  .  ,  ,  ..  r  
,  . 
ning  birmchi  yarmidagi  Xiva  tarixiga 
to  gnsidagi  asarlari 
,
bag  ishlangan.  Xiva  xoni,  tarixchi  olim
Abulg'oziy  Bahodirxonning  (1603 — 1664)  „Shajarayi  turk“  asari,
ayniqsa,  katta  ahamiyatga  egadir.  Asarda  juda  katta  tarixiy  dalil-
106


lar  to‘p1angan.  Asar  turkiy  qabilalar  shajarasi  haqida  qimmatli  ma’- 
lumotlar  beradi.  U  kitobxonni  Xiva  va  xivaliklar,  shuningdek,  Abul- 
g‘oziy  Bahodirxonning  o‘zaro  urushlar  oqibatida  parchalanib  ketgan 
davlatni  birlashtirish  yo‘lida  olib  borgan  shiddatli  kurashi  bilan  ham 
tanishtiradi.  Asarning  1512-1663-yillardagi  Xiva  ijtimoiy-siyosiy  tari- 
xiga.  Xiva-Buxoro  munosabatlariga  bag‘ishlangan  IX  bobi  tarix  fani 
uchun  katta  ahamiyatga  ega.
Mahalliy  mualliflar  orasida  Munis  va  Ogahiy\d&mng  tarixiy  asarlari 
ham  tarix  uchun  muhim  manba  hisoblanadi.  Munisning  „Firdavs  ul- 
iqbol“  deb  ataluvchi  tarixiy  asarining  ahamiyati  shundaki,  unda  Xo- 
razmning  300  yillik  tarixi  (1572-1825)  yaxlit,  tarixiy  ketma-ketlikda 
bayon  etilgan.
Munis  vafot  ctgach.  xonlik  tarixini  yozish  ishini  Ogahiy  davom 
ettirdi.  Uning  tarix  fani  bo‘yicha  yozib  qoldirgan  asarlari  haqida  ol- 
dingi  mavzuda  ma’lumotga  ega  bo‘ldingiz.
Xudoyberdi  Avaz  Muhammadning  1831 -  1832-yillarda  yozilgan 
„Dili  g‘aroyib“  asari  ham  Xiva  xonligi,  uning  shaharlari  haqida  mu­
him  ma’lumotlar  beradi.
.  . . . . . .  
Rossiya  elchisi  I.D.Xoxlov  1620-1622-yil-
Xiva  ta rix i  bo‘yicha 
.
Ian  do‘stlashishga.  savdo  va  elchilik  aloqa- 
larini  kengaytirishga  ko‘ndirish,  ularni  Rossiyaning  qudratli  davlat 
ekanligiga  ishontirish,  tabiiy  boyliklari  va  harbiy  qudratini  aniqlash 
kabi  vazifalar  yuklatilgan  edi.
Uning  elchiligi  natijalari  Rossiya  podshosiga  yuborilgan  ma’- 
lumotlarda  yozib  qoldirilgan.  Ma’lumotlar  uning  o‘ziga  yuklatilgan 
vazifaning  katta  qismini  bajarganligini  tasdiqlaydi.  Chunonchi,  u 
Xiva  va  Buxoro  munosabatlarining  sovuq  ekanligini,  Xiva  va  Eron 
munosabatlari  ham  yaxshi  emasligini,  bojxona  to ‘lovlari  savdoni 
rivojlantirishga  to ‘siq  bo'layotganligi,  chunonchi,  boj  bir  davlatdan 
ikkinchisiga  o ‘tgandagina  emas,  balki  bir  mamlakatning  o ‘zida  bir 
viloyatdan  ikkinchisiga  o4tganda  ham  olinishini  qayd  etgan.
1725-yilda  Xivaga  Rossiya  elchisi  bo‘lib  kelgan  Florio  Beneveni 
esdaliklarida  ilmiy  jihatdan  muhim  ma’lumotlar  yozib  qoldirilgan. 
Rossiya  imperatori  Pyotr  I  unga  juda  muhim  vazifalarni  yuklagan.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish