0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


-  §.  Buxoro  xonligida  madaniy  hayot



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

13-  §.  Buxoro  xonligida  madaniy  hayot
T1  ,  
. . .  
Shayboniy  hukmdorlar  orasida  ham  o ‘qimishli,
Ilm-fan  nvoji 

,  , 
,  ,  .  .  , 
.. 


*
ZLyoli 
davlat  arboblan  bor  edi.  Ular  madrasa  ta  -
limini  olgan,  dunyoviy  va  diniy  bilimlarni  egallagan  shaxslar  edi.
Shuningdek,  o‘zbek,  fors  va  arab  tillarini  bilishgan.  Ayniqsa,  she’riyat
borasida  o‘ta  iste’dodli  bo‘lishgan.  Forschani  g‘azal  yozish  darajasida
mukammal  egallashgan.
Ilm-fan,  adabiyot,  san’at  va  me’morchilikning  ravnaq  topishida 
sulola  vakillarining  xizmati  katta  bo‘lgan.  Shunday  bo‘lsa-da,  shay­
boniylar  temuriylar  davrida  yurtmizda  yuksak  rivojlangan  va  dunyo 
e’tirof  etgan  ilm-fanga  munosib  voris  bo‘la  olmadilar,
4 3


Shayboniylar  davrida  tibbiyot,  matematika  va  astronomiya  kabi 
fanlar  ma’lum  darajada  rivojlandi.  Tibbiyot  ilmidagi  rivojlanish  o‘z 
zamonasida  „tabiblar  iftixori“  deb  sharaflangan  Muhammad  Mazid, 
jarroh  mavlono  Baqo,  ko‘z  kasalliklarini  davolashda  nom  chiqargan 
Shohali  ibn  Sulaymon,  „Davolash  bo‘yioha  dastur“  asari  muallifi 
Sultonali  Samarqandiy,  ,,Ko‘z  kasalligiga  doir  asosiy  kitob“  asarlari 
bilan  mashhur  boTgan  Ubaydulloh  Kahhol  kabi  alloma  tabiblarning 
nomlari  bilan  bog‘liqdir.  Muhammad  Amin,  Bobokalon  Samarqandiy, 
mavlono  Kavkaviylar  matematika,  Muhammad  Husayni  Buxoriy  „Qib- 
la  tomonini  topish  ma’rifati“,  Mahmud  ibn  Ahmad  Faroziy  esa  ,,Oy 
fazolarining  tengligi  haqida  risola“  asarlari  bilan  astronomiya  fanlari 
rivojiga  munosib  hissa  qo‘shdilar.
Afsuski,  ashtarxoniylar  davrida  jamiyat  hayotida  diniy  mutaassiblik 
keng  yoyildi.  Barchadan  diniy  aqidalarga  so‘zsiz  itoat  etish  talab 
etildi.  Bu  omillar  ilm-fan  ravnaqiga  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatdi.  Shunday 
bo!lsa-da,  ilm-fan  to‘xtab  qolgani  yo!q.
Xususan,  Mir  Arab  madrasasining  mudarrisi  Muhammad  Sharif 
Buxoriy  tarix,  fiqh,  tilshunoslik,  astronomiya  va  boshqa  fanlarga  oid 
20  dan  ortiq  asar  yozib  qoldirgani  buning  dalilidir.  Ular  orasida 
„Xoqonga  foydali  maslahatlar“  asari  alohida  ahamiyatga  ega.
Subhonqulixon  hukmronligi  davrida  tibbiyot  ilmi  rivojlandi.  Uning 
tashabbusi  bilan  Buxoroda  „Dor  ush-shifo“  qurildi  va  bemorlarni  da­
volash  ishi  yoTga  qo‘yildi.  Tibbiyotga  ixtisoslashgan  madrasa  qurilib, 
shifokorlar  tayyorlandi.  Subhonqulixonning  tibbiyotga  oid  kitoblar 
jamlangan  nodir  kutubxonasi  bo‘lgan.  U  „Subhoniy  tibbiyoti  bo‘yicha 
davolash“  nomli  kitob  ham  yozib  qoldirdi.
Shayboniylar  davrida  tarix  fani  sohasida  ko‘p- 
lab  yirik  asarlar  yaratildi.  Ular  orasida  Kamo- 
liddin  Binoiyning  „Shayboniynoma14,  Muhammad  Solihnmg  „Shay- 
boniynoma“,  Muhammad  Haydaramg  „Tarixi  Rashidiy“,  Fazlulloh  ibn 
Ro'zbexormmg  „Mehmonnomayi  Buxoro“,  Hofiz  Tanish  al-Buxoriymng 
,,Abdullanoma“,  („Sharafnomayi  shohiy“),  Sulton  Muhammad  Hofiz 
Toshkandiyning  „Tarixi  jadidayi  Toshkand“  kabi  asarlari  shular  jum- 
lasidandir.
K. Binoiymng  ,,Shayboniynoma“  asari  Dashti  Qipchoq  va  Mova- 
rounnahming  XV  asr  o‘rtalaridan  XVI  asr  boshlarigacha  bo‘lgan  davr 
voqealarini  o‘z  ichiga  oladi.  Shuningdek,  shayboniylar  bilan  Eron 
safaviylari  o‘rtasidagi  munosabatlar  haqida  muhim  maTumotlar  beradi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish