0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


-  §.  Buxoro  xonligining  tashqi  siyosati



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

12-  §.  Buxoro  xonligining  tashqi  siyosati
Buxoro  xonligi  va  Rossiya 
Buxoro  xonligining  Rossiya  bilan  mu-
nosabati  XVI  asrning  ikkinchi  yar- 
midan  rivojlana  bordi.  Abdullaxon  II  Rossiya  bilan  savdo  aloqalarini 
yaxshilashga  harakat  qilar  ekan,  bu  orqali  o‘z  davlatining  siyosiy 
ahvolini  mustahkamlashga  ham  erishmoqchi  edi.  Chunki  podsho  Ivan 
38


Ivan  Grozniy
Grozniy  davrida  Rossiyaning  mavqeyi  ko‘ta- 
rildi.  Xususan,  Qozon  xonligi  (1552-yil),  Hoji- 
tarxon  xonligi  (1556),  Volga  bo‘ylaii  va  G‘ar- 
biy  Sibir  hududlari  Rossiya  tomonidan  bosib 
olindi.  Bu  hoi  Rossiyaga  savdo  yo‘llarini  na- 
zorat  qilish  imkonini  berdi.
Volga  atrofidagi  viloyatlarda  savdo-sotiq 
ishlarini  olib  borish  Buxoro  xonligidan  kel- 
gan  savdogarlar  uchun  ancha  qulay  edi.
Ularga  eng  yaqin  qo‘shni  mamlakat  Rossiya 
bo‘lib  qolgandi.  Qolaversa,  qozon  tatarlari, 
orenburgliklar  va  boshqirdlar  bilan  din  va  til 
yaqinligi  ham  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.
1557-1558-yillarda  Buxoro  xonligidan  Mos- 
kvaga  elchi  yuborildi.
Ayni  paytda,  Rossiya  ham  Buxoro  xonligi  bilan  savdo-sotiq  ish­
larini  rivojlantirishdan  manfaatdor  edi.  Bu  manfaatdorlik  avvalo  xon- 
liklarning  Rossiya  tovarlarini  sotish  uchun  qulay  bozorligida  edi. 
Ikkinchidan  esa,  Rossiya  0 ‘rta  Osiyo  orqali  Osiyoning  boshqa  mam- 
lakatlari  bilan  savdo  aloqalarini  rivojlantirisb  imkoniga  ega  bo‘lardi. 
Bu  o‘rinda,  birinchi  navbatda,  Hindistonga  chiqish  maqsadi  hisobga 
olindi.  1555-yilda  Moskvada  ingliz-rus  iqtisodiy  aloqalari  rivojiga 
xizmat  qiluvchi  „Moskva  kompaniyasi“  tashkil  etildi.  1558-yilda 
kompaniya  Rossiya  orqali  Sharqqa  yo‘l  ochish  uchun  o‘z  elchisi 
Antoniy  Jenkinsonni  Buxoroga  yubordi.  Elchi  Abdullaxon  II  tomonidan 
qabul  qilindi.  Antoniy  Jenkinson  elchiligi  natijasida  Rossiya  va  Bu­
xoro  xonligi  o ‘rtasida  yaxshi  savdo  va  diplomatik  aloqalar  yo!lga 
qo‘yildi.
Rossiya  bilan  Buxoro  munosabatlarida  Ashtarxon  (Astraxon)  or­
qali  Buxoro  xonligi  fuqarolarining  Макка  shahriga  Haj  safariga  bori- 
shi  masalasi  ham  muhim  o‘rin  tutgan.  Chunki  Xuroson  orqali  haj 
safariga  borishdagi  eng  qulay  yo‘l  Eron  safaviylari  nazoratiga  o‘tib 
qolgan  edi.  Haj  safariga  Ashtarxon  orqali  borish  masalasini  hal  qi­
lish  borasida  Buxoro  xonligi  Usmonli  davlati  bilan  birgalikda  harakat 
qilishga  qaror  qildi.  Bu  bejiz  emas  edi.  Chunki  Usmonli  davlati  sul- 
tonlari  musulmon  olamining  xalifasi  hisoblanar  edi.
XVI 
asrda  yevropaliklar  tomonidan  dengiz  savdo  yo‘lining  ochi- 
lishi  Buyuk  ipak  yo‘lining  ahamiyatini  pasaytirdi.  Shu  tufayli  Usmonli
3 9


davlati  hech  bo‘lmaganda  Ashtarxon  yo‘lini  o‘z  oazoratida  saqlab  qo- 
lishdan  manfaatdor  edi.  Shuning  uchun  oxir-oqibat  Rossiyaga  qarshi 
harbiy  harakat  boshlashga  qaror  qildi.  Tabiiyki,  Usmonli  sultoni  buni 
Haj  safari  yo‘lini  ochish  uchun  harakat  deb  e ’lon  qildi.
1569-yilda  Rossiya  -   Usmonli  davlati  o‘rtasida  urush  boshlandi. 
Urushda  Usmonli  davlati  yengildi.  Shunday  bo‘lsa-da,  sulton  Rossi- 
yadan  Haj  safari  yo‘lini  ochib  qo‘yish  talabini  davom  ettirdi.  Oxir- 
oqibat  Rossiya  1572-yilda  sultonning  talabini  qondirdi.
Rossiya  —  Buxoro  manfaatlari  Sibirda  ham  to ‘qnashdi.  Zero,  Ja- 
nubi-g‘arbiy  Sibir  shaybon  ulusi  tarkibiga  kirgan.
1563-yilda  Abdullaxon  II  ning  harbiy  yordami  bilan  Shayboniy 
Ko‘chimxon  Sibir  xonligi  taxtini  egalladi.
1581-yilda  Rossiya  Sibir  xonligiga  qarshi  Yermak  boshchiligida 
qo‘shin  yubordi.  Dastlab  u  g‘alaba  qozonsa-da,  1584-yilda  mag‘lu- 
biyatga  uchrab  halok  bo‘ldi.  Abdullaxon  II  o‘z  davlatidagi  ichki 
ziddiyatlami  bartaraf  etish  va  harbiy  yurishlar  bilan  band  bo'lganligi 
uchun  keyinchalik  Ko‘chimxonga  yordam  bera  olmadi.  Shunday  bo‘l- 
sa-da,  u  Ko‘chimxonga  yuborgan  xatida  o‘zaro  ichki  ziddiyatlami  va 
kurashlami  tugatish  orqali  xonlikni  halokatdan  saqlab  qolish  mum- 
kinligini  uqtirdi.  Shundan  so'ng  Rossiya  bosib  olgan  hududlami 
qaytarib  olish  lozimligini  ta’kidladi.  Biroq  1598-yilda  Rossiya  va 
Sibir  xonligi  o‘rtasidagi  hal  qiluvchi  jangda  rus  qo‘shini  g‘alaba  qo- 
zondi.
1598-yilda  Abdullaxon  II  va  Ko‘chimxon  vafot  etgach,  Buxoro 
xonligining  Sibirdagi  siyosiy  ta’siri  butunlay  yo‘qqa  chiqdi.  Lekin 
savdo-sotiq  ishlari  davom  etaverdi.
XVII 
asrda  Rossiyada  markazlashgan  davlat  tarkib  topa  boshladi. 
Asr  oxiriga  kelganda  Rossiya  Yevropaning  qudratli  davlatlaridan  biriga 
aylandi.  Butunrossiya  bozori  shakllandi.  Bu  omillar  Rossiyaning  0 ‘rta 
Osiyo  xonliklari  bilan  savdo  munosabatlarini  yanada  rivojlantirishni 
hayotiy  zaruriyatga  aylantirib  qo‘ydi.  Natijada,  Rossiya  1620-yildan 
1675-yilgacha  o‘tgan  davrda  xonliklarga  4  marta  elchilarini  yubordi. 
XVII  asrda  0 ‘rta  Osiyo  va  Rossiya  o‘rtasida  savdoda  tovar  ayirbosh- 
lash  100  ming  rublni  tashkil  etdi.
Rossiya  elchilari  Buxoro  xonligi  bilan  faqat  savdo  aloqalarini  ke- 
ngaytirish  masalalarini  hal  etibgina  qolmadilar.  Xususan,  1620-yilda 
Buxoroga  yuborilgan  Rossiya  elchisi  I.D.Xoxlovga  Buxoro  xonligining 
tashqi  siyosiy  ahvoli  to‘g‘risida  ma’lumot  to ‘plash,  Rossiyaning
4 0


kuch-qudratiga  xonni  ishontirish,  Buxoro  xonligi  qurolli  kuchlari, 
xonlikning  xazinasi  ahvolini  batafsil  o‘rganish,  Buxoro—Xiva  mu­
nosabatlari  masalalarini  tahlil  qilib  chiqish  kabi  vazifalar  ham  yuk- 
latilgan.  I. D. Xoxlov  o‘ziga  yuklatilgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  ba- 
jardi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish