Tor ко 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling...
Me’morchilik
Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va lining
atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr
davomida shu davming barcha muhandislik imkoniyatlari va jami-
yatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab
binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi.
Ulaming orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Qulbobo K o ‘-
kaldosh, Nodir devonbegi, Ernazar elchr, Samarqandda qurilgan Shay-
boniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ко ‘kaldnsh madrasalari
me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon mad-
rasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘janing o‘g‘li Baroqxon tomo-
nidan qurildi. Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil
etadi. Bu madrasada yurtimizning mustaqillik yillarida ham katta
ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi
shakllantirildi. XVI asrning birinchi yarmida Samarqand hokimi Ya-
Nodir devonbegi
4 7
Registon maydom
langto'sh Bahodir vayrona holatiga tushib qolgan Registon maydonida
Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasim. lining yonida esa
Tillakori madrasa-masjidim o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirdi.
Unga tilladan ishlov berildi. Samarqand Registon ansambli o‘zining
rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor pesbtoqlari, ulkan gum-
bazlari bilan 0 ‘rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi
sifatida jahon jamoatchiligi va sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etib
kelmoqda.
„
.. ,
Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot
Buxoro xonhg.data hm
Tslohot o4kazilishiga amal.
dorlar guruhini shakllantirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga
aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha so-
halar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar
zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi.
Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta'lim i
joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta ’lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda
ikki yil o‘qigach, o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi.
Madrasa ta ’limi uch bosqichli bo‘lib, uning har bir bosqichida 7
yil dan o’qilgan va o‘quv jarayoni 21 yil davom etgan. 0 ‘quvchilar
ilohiyot ilmi, hisob-kitob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’a-
tidan ilm olishgan.
XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktabxonalar
faoliyat ko’rsatgan. 0 ‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda
o‘qitilgan. 0 ‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yu-
rituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida
4 8
tashkil etilgan ho‘lih, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli
kishilar o‘qituvchilik qilishgan. Ulami domla deyishgan. Qiz bolalar
maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil
etilgan. Qizlami otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol
o‘qituvchilar o‘qitishgan. Bolalar maktabga 6 - 7 yoshdan berilgan va
ular 5 - 8 yil davomida boshlang’ich ta’lim olganlar.
0 ‘quvchilarga avval harflar, keyin esa bo‘g‘inlar, ulami qo'shish
orqali so‘z tuzish, ,,Haftiyak“ (Qur’oni Karimning yettidan biri) ki-
tobini o‘qish o ‘rgatilgan. Hisob darslarida sonlar va to‘rt amal o‘r-
gatilgan. 0 ‘quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Sa’diy She-
roziy, Holiz Sheroziy va So‘fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob“ni
o‘qib saboq olganlar. Qizlar maktabxonalarida uy-ro‘zg‘or tutish, pa-
zandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga ko‘proq e’ti-
bor berilgan.
Bolalar o‘qishni to‘liq o‘zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga
o‘tganlar. Maktabxonalarda imtihonlar o‘tkazilmagan. 0 ‘quvchilarga
maktabni bitirgani to‘g‘risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon
o‘qishi, to‘g‘ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganli-
gining isboti bo‘lgan.
Madrasa o‘rta va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasaga mak-
tabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqti-
doriga qarab 7 -1 2 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150
dan ortiq madrasa bo'lgan. 0 ‘qish „Avvali ilm“ deb nomlangan fors
tilidagi o‘quv qo'llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. So‘ng arab
va fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan. Ular talabalarga mudarris
tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Keyin arab tili grammatikasi
o‘qitilgan. Fiqh (huquq)ni o'rganish majburiy hisoblangan. Xonlikda
ta’lim xarajatlari vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.
E ’tibor bergan bo‘lsangiz maktabxonalarda eng muhim tabiiy fan-
lar o‘qitilmagan. Buning sababi, birinchidan, diniy mutaassiblikning
kuchayganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xonlikning tashqi aloqasi
o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolgan hamda
ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligida
edi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz zamonaviy, tabiiy va texnika
fanlari yutuqlaridan bexabar qolishdi. Natijada, mamlakat taqdiri
uchun mas’ul bo‘lgan hukmdorlar, davlati arkon, sulola vakillari o4z
qobig‘iga o ‘ralashib qoldilar.
4 - O ‘zbekiston tarixi,
8
-s in f
4 9
3.
4.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |