0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

Ikkinchidan,

  nostandart  masalalami  ko'rib  chiqishda  biznes  jarayonida 

ishtirok etuvchilarga tegishli vakolatlar beriladi.

6.  Boshqarishning 

aralashma 

tamoyili—markazlashtitirilgan-markazlash-

tirilmagan.  An’anaviy  kompaniyalarda  barcha  jarayonlar,  shu  jumladan  qaror 

qabul  qilish  q af iy markazlashtirish tamoyillari  asosida qurilgan bo‘lsa, reinjiniring 

sug‘urta 

kompaniyasida 

bo‘linmalar 

avtonom 


holda 

harakat 


qilib, 

markazlashtirilgan  m a’lumotlar  bazadan  foydalanish  imkoniyati  mavjud.  Masalan, 

turli  hududlarda  faoliyat  yuritadigan  sug'urta  kompaniyalari  filiallari  o ‘z 

bizneslarini  mustaqil  ravishda  olib  boradi.  Shu  bilan  birga  ular  onlayn  axborot 

texnologiyalari orqali  korporativ axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega. Tegishli 

ruxsat  olish  uchun  bosh  kompanivaga  murojaat  qilish  faqat  nostandart  holatlarda 

yuzaga keladi.

Sug‘urta  kompaniyasini  reinjiniringi  biznes-jaravonlami  qayta  tuzishdan 

boshlanadi.  Biroq,  uning  mazmuni  bu  bilan  cheklanmaydi.  Gap  shundaki,  biznes 

jarayonlaming radikal o‘zgarishi kompaniyaning barcha sohalarini qamrab oladi.

Birinchidan,  ish  tartibi  va  odamlami  tashkil  qilish  tartibi  o’zgartiriladi. 

Funksional  birliklar  o‘miga  ular  jamoalarga  qo'shiladi.  Bundan  kompaniyaning 

yangi  tashkiliy  tuzilishi  kelib  chiqadi.  Jarayonli jamoalarda  ishlaydigan  xodimlar 

mijozlar  ehtiyojlarini  qondirish  manfaatli  bo‘lishi  uchun  boshqaruv  va

293



sababiyatlaming  oqilona  tizimlari  kerak  bo iadi.  Ular  yangi  qadriyat  tizimini 

shakllanishiga  hal  qiluvchi  ta’sir  ko‘rsatadi.  Sug‘urta  kompaniyasi  uchun  biznes- 

jarayonning reinjiniring oqibatlarini  kcrrib chiqamiz.

1.  Asosida  funksional  birliklar  emas.  balki  jarayon  guruhlar  turgan  yangi 

tashkiliy  tuzilmaga  o'tish.  Ish  qayta  tashkil  etilgandan  so'ng,  butun  jarayonni 

bajarishda  birga  harakat  qiluvchi  jaravonli  jamoa  kishilami  tashkil  ctishda 

mantiqiy  usul  bo‘lib  hisoblanadi.  Reinjiniringning  birinchi  bosqichida  jarayon 

guruhida  bitta  biznes  jaravonida  ishlami  bajarish  uchun  yuborilgan  funksional 

bo'limlarining vakillari  ishlashi  mumkin.

Ikkinchi  bosqichda  jarayon  komandalari  boiim lardan  tashkil  topgan  eski 

boshqaruv  tuzilmani  toMiq  o‘zgartiradi.  Jarayon  guruhi  -  muayyan  turdagi  ishlami 

boshdan  oyog‘igacha  bajarish  uchun  tabiiy  ravishda  yuzaga  kclgan  tashkiliy 

birligidir.  Masalan,  sug‘urta  qoplamasini  toMash  kabi  jarayonni  ko'rib  chiqamiz. 

An’anaviy  sug‘urta  kompaniyasida  sug‘urta  qilingan  hodisaning  yuzaga  kelishi 

haqidagi ariza mijoz muloqot qilgan sotuvchi  boiinm aga kelib tushadi.

Mijozga  sug'urta  qoplamasini  to‘lash  uchun  sotuvchi  sug‘urta  hodisasi  yuzaga 

kelganligi  haqidagi  qaydnomani  huquqiy  boMinma,  buxgalteriya  va  hokazolar 

bilan  kelishishi  lozim.  Reinjiniring  sug‘urta  kompaniyasida  mijozning  arizasini 

qabul  qiladigan,  sug‘urta  hodisasini  tekshirishni  amalga  oshiradigan,  sug‘urta 

badalini  to‘lash  to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladigan  jarayon  komandasi  (operatsion 

yordam markazi) tashkil  etiladi.

Buning  uchun  jamoada  yuristlar,  zarami  baholash  bo‘yicha  ekspertlar  va 

boshqa mutaxassislar ishlashadi.  Ular biznes jarayonida “sug‘urta tovonini toMash” 

barcha  ishlami  bajarishadi.  Jarayonli  jamoalar  tashkil  etilganda,  tashkilotning 

tashkiliy  tuzilmasi  ko‘p  bosqichli  (ierarxik)  ko‘rinishdan  “tekis”  tuzilmaga 

o‘zgaradi, 

chunki  ko‘plab 

qarorlar  jamoada 

qabul 

qilinadi. 



An’anaviy 

tuzilmadagidek  ierarxik  bosqichlarda joylashgan  barcha tuzilmalar  bilan  qarorlarni 

kelishishga hojat qolmaydi.

2. 


Ko‘pgina  qarorlar  jarayon 

guruhida 

qabul 

qilinganligi 



sababli, 

menejerlaming  nazorat  vazifalari  ham  shunga  mos  ravishda  trenerlik  mazmun 

bilan  almashtiriladi.  Jarayon  komandasi  o‘z  jarayonini  bajarish  uchun  to'liq 

javobgar  boiganligi  sababli,  menejer  tomonidan  ijrochilar  ustidan  nazorat  qilish 

ta’siri bartaraf etiladi. Biznes jarayoni menejerlarining vazifalari jamoa haraktlarini 

muvofiqlashtirishga,  jarayon  bajarilishida  yuzaga  keladigan  muammolami  hal 

qilishda jamoa a’zolariga yordam  ko‘rsatishga qaratiladi.  tashkil  qilish, jamoaning 

sa’y-harakatlarini  muvofiqlashtirishdan  iborat.  Shunday  qilib,  menejer  trenerga 

aylanadi, kerak bo‘lsa, jamoaga o‘z ishini eng maqbul y o i  bilan bajarishga yordam 

beruvchi o‘ynovchi-trener vazifasini bajara oladi.

294



3.  Sug'urta kompaniyasining xodimlari ham o'zgaradi.

Birinchidan,

  ishni  butunlay  tugatish  xodimlardan  yuqori  bilim  va  kasbiy 

mahoratni  talab  qiladi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  kompaniya  tomonidan  xodimlar 

uchun  uzluksiz  ta’lim  tizimini  yaratilishiga  olib  keladi.  Yangi  bilim  va 

ko'nikmalarga  ega  bo‘lish  jamoa  a’zolarining  ichki  ehtiyojiga  aylanadi,  chunki 

bularsiz mijoz talabini to‘liq qondirib bo'lmaydi.



Ikkinchidan,

  biznes  jarayoni  jamoada  ishlavotgan  ijrochilaming  maqsadlari 

o'zgaradi.  Reinjiniring  kompaniyaning  madaniyatida  sezilarli  o'zgarishlarga  olib 

keladi  va  barcha  biznes  jarayonlar  ishtirokchilarida  ular  boshliqlar  uchun  emas. 

balki  mijozlar  uchun  ishlayotganligi  to'g'risida  tasavvurni  shakllantiradilar. 

Qadriyatlar  o'ziga  xos  ravishda  qayta  baholanadi.  bu  esa  ish  natijalariga  ijobiy 

ta'sir ko'rsatadi.

4.  Bunday  qadriyatlar  tizimini  qo'llab-quvvatlash  keskin  o'zgarishlami 

boshidan  kechirayotgan  reinjiringli  sug'urta  kompaniya  xodimlarida  sababiyat 

paydo  bo'lishiga  olib  keladi.  Odamlar  ishlab  berilgan  vaqti  miqdori  va  lavozimi 

uchun  emas.  balki  mijozlarga  sifatli  xizmat  ko'rsatish  uchun  pul  olishadi. 

Shuningdek sug'urta mukofoti hajmi  ham  oshib boradi.

Reinjiniring  ish  haqining  asosiy  qoidalarini  sug'urta  kompaniya  tomonidan 

qayta  ko'rib  chiqishga  olib  keladi.  Ishchilar  daromadlarining  asosiy  qismi  endi 

qat’iy  kafolatlangan  ish  haqiga  emas.  balki  miqdoriy  va  sifatli  o'lchovlarga  ega 

bo'lgan ishlaming aniq natijalariga bog'liq bo'lib qoladi.

5.  Reinjiniring  kompaniyaning  axloqiy  va  ijodiy  muhitiga  chuqur  ta’sir 

ko'rsatadi va bu butun jamoaning jipslashiga yordam beradi.  Reinjiniringdan so'ng 

ish  nafaqat  moddiy,  balki  ma’naviy  qoniqish  keltiradi.  Chunki  reinjiniring  uni 

amalga oshiruvchilarda o'z sa’y-harakatlari to'liq bajarilishi, maqsadlarga erishishi 

bilan  bog'liq  ijobiy  hissiyot  o'yg'otadi.  Jarayonni  amalga  oshirayotganlar 

tadbirkorga o'xshab  ketadi,  chunki jarayon jamoasining  asosiy  maqsadi  mijozning 

ehtiyojlarini  qondirish va daromad olishdir.

Bundan  tashqari,  ish  ko'proq  quvonch  keltiradi,  chunki  kasbiy  o'sish  va 

o'qitish  natijasida  u  xodimlarga  rivojlanishga  imkon  beradi.  Xodimlaming 

malakasi  va  tajribasi  oshishi  natijasida  ulaming  bajaradigan  vazifalarining 

chegarasi kengayib, mazmuni  chuqurlashib boradi.

Shunday  qilib,  biznes jarayonlari  reinjiniringi  kompaniyaning  barcha  faoliyat 

turiga  ta’sir  ko'rsatadi  va  undagi  barcha  holatlarni,  ya’ni  biznes  jarayonlarni, 

xodimlami, ulaming sababiyati tizimini va qadriyat maqsadlarini  o'zgartiradi.

295




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish