0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

sug'urtalanmay 

qolgan  qismiga 

proporsional  bo'lgan  qismi  bo'vicha  javobgarlik  sug'urta  qildiruvchining  o'z 

zimmasida qoladi.

O'zbekistonda 

birinchi 

xatar  tizimi 

kamroq  qoilaniladi. 

Mutanosib 

sug'urtalashdan  farqli  o'laroq.  birinchi  xatar  tizimida  sug'urta  bo'vicha  toiovning 

faqat  yuqori  qiymati  sug'urta  summasining  miqdori  bilan  cheklanadi.  Agar  birinchi 

xatar  (zarar)ning  miqdori  sug'urta  summasidan  kant  bo'lsa,  to'liq  ravishda  to'lanadi, 

ikkinchisi  esa  —  sug'urta  summasidan  qolgan  qismida  ko'p  bo'lmagan  miqdorda 

to'lanadi  va  h.k.,  toki  sug'urta  summasi  batamom  to'lab  bo'linguncha  shu  tarzda 

davom  etadi.

Birinchi  xatar  tizimidan  foydalangilganda  tarif  mutanosib  sug'urta  tarifiga 

nisbatan  odatda  10-20 foiz yuqoriroq bo'ladi

Har  qanday  da’vo  bo'yicha  vetkazilgan  zivonni  baholashning  asosiv  qoidasi 

ziyon  etkazilgan  mulk  narxini  emas,  balki  uning  sug'urta holati  ro'v  bergan  pavtdagi 

va joydagi  qiymatini  aniqlash  hisoblanadi.  Agar  mulk  qiymati  polisning  amal  qilish 

davri  mobaynida  o'sgan  bo'lsa,  sug'urta  qildiruvchi  o'sgan  qiymat  bo'yicha  to'lov 

olishga haqli.

Kelgusi  daromadlami  yo'qotish  yoki  vetkazilgan  zivondan  kelib  chiqadigan 

boshqa  yo'qotishlar  hisobga  olinmaydi.  Shuningdek,  to'lovlar  ma’naviy  xarajatlami 

ham  o 'z ichiga olmaydi.

B a'zida  mulk  to'Ialigicha  yo'q  qilinadi  va  mulkni  qutqarish  masalasi  o'ringa 

ega bo'lmaydi.  Biroq  ko'pincha mulk to'Ialigicha emas, balki uning bir qismiga ziyon 

yetkaziladi.  Bundav  holatda «qutqarilgan mulk»  haqida savol tug'iladi.  Sport tovarlari 

sotiladigan  magazin  yong'indan  ziyon  ko'rgan  holatni  tasavvur  qilish  qiyin  emas. 

Ayrim  buyumlar  yonib  ketgan,  bir  qismi  tutundan  dudlanib  qolgan  (bu  esa sifaming 

yomonlashuvi  sifatida  baholanadi),  boshqalar esa  (masalan,  gin-alar)  olovga  bardosh 

berib,  saqlanib  qolgan.  Sug'urta  qildiruvchi  o'z  yo'qotishlari  qiymatini  qolgan 

tovarlami  m a'lum   bir  tarzda  ishlov  berishdan  so'ng  arzonlashtirilgan  narxlarda 

sotishni  hisobga  olgan  holda  aniqlashi  mumkin.  Agar  sug'urta  qildiruvchi  mulkni 

to'liq  yo'q  qilingan  deb  hisoblamasa,  u  to'lovning to'liq  hajmda amalga  oshirilishini 

talab qilishga haqli  emas.

Sug'urta  qoplamasi  sug'urta-lanuvchining  zarami  qoplash  to'g'risidagi  yozma 

arizasi,  shuningdek,  vakolatli  organlardan  olingan tegishli  hujjatlar  asosida to'lanadi.

Insuranse.  Principles  and  Practice.  Compiled  by  David  Bland.  The  Chartered  Insuranse  [nstitut,  Great 

Britain, 1993



171


Bunday  hujjatlaming  taqdim  etilmasligi  sug'urtalovchiga  ushbu  hujjatlar  bilan 

tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to'lashni  rad etish huquqini  beradi.

Sug‘urtalanuvchi  sug‘urta  hodisasi  sodir  bo'lgani  haqida  ariza  bcrgach. 

komissiya  tuzilib,  uning  tarkibiga  sug'urtalanuvchining,  sug'urtalovchining.  zarur 

hollarda esa vakolatli tashkilotlaming ham vakillari  kiritiladi.

Komissiya  muayyan  muhlat  ichida  zararlanish  sabablari  va  miqdorini 

aniqlaydi.  Komissiya  sug'urta  hodisasini  e'tirof etgan  taqdirda  yo'qotish  va  zararlar 

miqdori,  shuningdek  to'lanishi  lozim  bo'lgan  sug'urta  qoplamasining  miqdori 

aniqlanadi. Tomonlar buni dalolatnomada qayd etadilar.

Mazkur  dalolatnoma  sug'urtalanuvchiga  sug'urtalovchi  tomonidan  sug'turta 

tovoni to'lanishi uchun asos bo;Iadi.

Zarar  sabablari  va  miqdori  xususida  tomonlar  o'rtasida  nizolar  pavdo  boigan 

hollarda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi  mumkin.

Sug'urtalanuvchi  zarami  qoplash  haqidagi  arizasida  quyidagilami  ko'rsatishi

shart:

-sug'urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi;



-sug'urta hodisasi sodir bo‘lganda sug'urtalanuvchi  qilgan  ishlar;

-zarar  miqdori  va  sug'urtalanuvchi  da’vo  qilayotgan  sug'urta  tovonining 

miqdori. Bundategishli  ro'yxat va summa ko'rsatilishi  kerak;

-zarami qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon  miqdori.

Mabodo  zarar  to'liq  qoplangan  bo'Isa  yoki  sud  qaroriga  ko'ra  zarar  aybdor 

shaxs  tomonidan  qoplanadigan  bo'lsa  sug'urtalanuvchi  sug'urta  tovoni  olish 

huquqidan mahrum bo'ladi.

Quyidagi hollarda sug'urta tovoni to'lanmaydi:

-agar  sug'urtalanuvchi  zarar  yetkazilishiga  olib  keluvchi  hatti-harakatlami 

ataylab yoki qo'pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki ularga yo'l  qo'ygan bo'lsa:

-basharti  zarar  kelib  chiqishiga  olib  kelgan  holatlar  huquqni  muhofaza  qilish 

organlari tomonidan tekshirilavotgan bo'lsa, tekshiruv tamom  boigunga qadar.

Mabodo  sug'urtalanuvchi  yoki  naf  oluvchi  shaxs  zarar  uchun  aybdor  yoki 

uchinchi  shaxslardan  tovon  olgan  bo'lsa,  sug'urtalovchi  sug'urta  shartlariga  ko'ra 

to'lanishi  lozim  bo'lgan  pul  bilan  aybdor  yoxud  uchinchi  shaxslardan  olingan  pul 

o'rtasidagi  farqning o'zini to'laydi.

Shartnoma  imzolagandan  so'ng  tavakkalchilik  darajasida  ro'y  bergan  va 

sug'urta  hodisasi 

yuz 

berish 


ehtimolini 

oshiradigan 

barcha 

o'zgarishlar 

sug'urtalovchiga  sug'urta  shartlarini  o'zgartirish  hamda  qo'shimcha  sug'urta 

mukofoti  to'lanishi  talab  qilish  huquqini  beradi.  Sug'urtalanuvchi  qo'shimcha 

sug'urta  mukofotini  to'lashdan  bosh  tortgan  taqdirda  mazkur  shartnoma  yuridik 

kuchini yo'qotadi, to'langan sug'urta mukofoti esa qaytarib berilmaydi.

Shartnomada  kelishilgan  zararlami  qoplash  uchun  sug'urtalovchi  tomonidan 

amalga  oshirilgan  har  bir to'lov  majburivatlar  chegarasini  ana  shu  to'lov  miqdorida, 

ammo  agar mas’uliyat chegarasini  qayta tiklash  uchun  qo'shimcha sug'urta  mukofoti 

to'lanmasa,  dalolatnomada  qayd  etilgan  zarar  miqdoridan  ko'p  bo'lmagan  hajmda 

kamaytiradi.

Shartnoma tomonlar unda ko'rsatilgan majburiyatlarini  bajarmay  qo'ygunlariga 

qadar kuchda bo'ladi.

172



Tomonlardan  birining  kamida  30 kun oldin  beriladigan yozma arizasiga binoan 

shartnoma istalgan  vaqtda bekor qilinishi mumkin.

Agar  sug‘nrtalanuvchi  shartnomani  muddatidan  oldin  bekor  qilishini  ma’lum 

qilsa.  sug'urta mukofoti  unga qaytarilmaydi.

Sug'urta shartnomasi bekor qilinishini  sug‘urtalovchi talab etgan taqdirda:

a)  sug'urtalanuvchiga  sug'urta  mukofoti  muddati  tamom  bo'lmagan  davrga 

mutanosib  miqdorda  qavtariladi.  bunda  o'tgan  davrda  qilingan  xarajatlar  sug‘urta 

mukofotidan ushlab qolinadi;

b)  basharti  sug'urta  shartnomasi  bekor  qilinishining  talab  etilishiga  ushbu 

shartnomada  kelishilgan  shartlaming  sug'urtalanuvchi  tomonidan  buzilishi  sabab 

bo'lsa.  faqat  sug'urta  mukofoti  muddati  tamom  bo'lmagan  davrga  mutanosib 

miqdorda qaytariladi.

Sug'urta 

tovoni 


to'lash 

haqida 


dalolatnoma 

tuzilgandan 

keyin 

sug'urtalanuvchining  zarar  yetkazilishi  uchun  javobgar  shaxslarga  nisbatan  bo'lgan 



huquqlari  to'langan  pul  miqdorida  sug'urtalovchiga  o'tadi.  Bunda  sug'urtalanuvchi 

aybdor  shaxslardan  talab  qilish  huquqini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo'lgan 

hujjatlami  sug'urtalovchiga berishi  shart.

Sug'urtalanuvchi  zarar  yetkazgan  shaxsga  bo'lgan  da'vosidan  yoki  unga 

nisbatan  bo'lgan  talablaming  amalga  oshirilishini  ta'minlovchi  huquqlaridan  voz 

kechganda,  shuningdek  regress  talabni  qo'yish  uchun  zarur  bo'ladigan  hujjatlami 

sug'urtalovchiga  berishdan  bosh  tortganda  sug'urtalovchi  sug'urta  tovoni  to'lashdan 

ozod  bo'ladi.

Shartnomaga  kiritiladigan  hamma  qo'shimcha  va  o'zgartirishlar,  shuningdek 

prolongatsiya,  bekor  qilish  yoki  to'xtatish  tomonlaming  roziligi  bilan  o'zaro  xabar 

berilgan  holda yozma ravishda amalga oshirilmog'i darkor.

Sug'urta  shartnomasidan  kelib  chiquvchi  bareha  nizo  va  kelishmovchiliklar 

tomonlaming  muzokara  olib  borishi  yo'li  bilan  hal  etiladi,  kelishuvga  erishib 

bo'lmagan  taqdirda  esa  tegishli  muddat  ichida  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

tartibda qarab chiqish uchun xo'jalik sudiga oshiriladi.


Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish