0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

S  B o ‘ron,  dovul,  suv  bosishi,  suv  baklari,  apparatlari  yo ki  truboprovodlar

 

to'lib yokiyorilib  ketishi  risklari  (bu  risklar oclatda  «suvdan  ziyon  k o ‘rish»  risklari

 

deb  ataladi).

  «Bo‘ron»  va  «dovul»  texnik  atamalar  emas.  ikki  so'zdan  bitta  marnoda 

foydalanish  bu  ma’noni  aniqlashtirish  maqsadini  ko'zlaydi,  xolos.  Suv  bosishi  kuchli 

bo'ron.  daryo  va  ko‘llar  suvining  ko‘tarilishi.  suv  omborlaridan  suvning  chiqarib 

tashlanishi  bilan  izohlanishi  mumkin.  tijorat  risklari  bo‘yicha  odatiy  sug'urta 

shartnomalari  tuzishda  suvdan  ziyon  ko‘rish  risklari  sug'urta  qoplami  hajmiga 

kirmasligi  sababli  ular  doimo  biroz  oshirib  ko'rsatiladi.  Xususiy  uy-joylar  uchun  esa 

qo'shimcha badal  to'lash  yo‘li  bilan  buni  bartaraf qilish  mumkin  (garchi  bunday  risk 

kamdan-kam  sug'urta  qilinsada).  Do'l  aralash  bo'ron  risklari  odatda  oranjereya 

egalari  tomonidan  va  bunday  risk  yuqori  bo‘lgan  geografik  hududlarda  sug'urta 

qildiriladi.

S  Zilzila,  vulqon  va yer  osti y o n g ‘inlari  risklari.

  Garchi  sug'urta  qildiruvchilar 

bu risklami  sug'urta qoplamiga kiritishni  kamdan-kam hollarda  istasada.  lekin  shunga 

qaramay.  bu  qo'shimchalarga  xizmat  ko'rsatish  ishlab  chiqilgan  va 

muvaffaqiyatli 

foydalanilmoqda.



^   Tuproq  cho'kishi  va  k o'c his hi  risklari

  xuddi  suvdan  ko'riladigan  ziyon 

risklari  kabi,  sug'urta  summasining  sezilarli  darajada  ortishiga  olib  keladi  va 

mijozning  istagiga  ko'ra,  yong'indan  sug'urta  qildirish  polisi  tarkibiga  kiritilishi 

mumkin bo'ladi.

S   Uchish  apparatlari  yo ki  ulam ing  qismlari  qulash  risklari.

  Bu  risklar 

tarkibiga  uchish  apparatining  ovoz  to'sig'ini  bartaraf  etishi  natijasida  vujudga 

keladigan  zarba  to'lqinlari  tufayli  yuzaga  kelgan  shikastlanishlar  kirmaydi.  Bu 

qo'shimcha shart odatda «ovoz zarbasi haqida qo'shimcha shart» deb ataladi. S

S   Yer  usti  transport  yo ki  temir  y o ‘l  transportining  yirik  hayvonlar  bilan

 

to ‘qnashib  ketishi.

  Dastlab  bu  qo'shimcha  shart  sug'urta  qildiruvchining  transport

168



vositalari  bilan  bog‘liq  bo'lgan,  lekin  hozirgi  kunda  boshqa  variantlar  ham  mavjud. 

Polis  «o‘zining  transport  vositasi»  ni  shikastlanishdan  himoya  qilgan  holda  sug'urta 

summasini  oshirish usulidan  foydalaniladi.

Sug'urta  amaliyotida  shunday  holatlar  mavjudki,  bunda  yong'indan  sug'urta 

qildirish  polisining  qoplami  tarkibiga yong‘in  o'chirish  tizimlarining  tasodifan  ishlab 

ketishi  riski  ham  kiritiladi.  Yong'inga  qarshi  tizimlaming  ko'plab  turlari  mavjud 

(masalan,  xonadagi  harorat  ma'ium  bir  chegaraga  yetganda  ishlab  ketadigan 

avtomatik qurilma).

Bunday  tizim  ishlab  ketgan  hollarda  yong'inning  oldini  olish  uchun  bu  yerga 

katta  miqdorda  suv  kelib  tushadi.  Yong'inga  qarshi  tizim  tasodifan  ishlab  ketgan 

hollarda  bino  ichidagi  asbob-uskunalar va  mulkka.  ba'zida  esa  binoning  o'ziga  ham 

zarar  yetkaziladi.  Bunday  holatlarda  ham  yetkazilgan  ziyonning  o'm i  qoplanadi. 

O'g'irlikdan  sug'urta  qildirish  hozirda  keng  tarqalgan  o'g'irlikdan  sug'urta  qildirish 

polislari  odatda shaxsiy  mulkni  sug'urta qildirish shannomalariga taalluqli  bo'ladi.

O'g'irlikdan  tijorat  sug'urta polislari  shartlarini  ifodalashda sug'uita  holatining 

ro'v  berishi odatda «zo'ravonlik bilan bostirib kirish» asosiv iborasi  bilan ta’riflanadi. 

Odatda shartnoma shartlarini  ifodalashda quyidagi matn kiritiladi:

O 'g'irlik  binoga  zo'ravonlik  bilan  yoki  kuch  ishlatib  kirish  va/yoki  chiqishni 

o 'z ichiga oladi.

O 'g'irlik obyektga zo'ravonlik bilan kirish ortidan keladi.

Bu  ifodalanting  har  biri  binoga  kalit yordamida  (uning  qay  tarzda olinganidan 

qat’iyy  nazai').  aldov  vo'li  bilan  kirib  borish yoki  binoda  ish vaqtida vashirinib  qolib 

ketish  holatlarini  istisno  qilish  ntaqsadini  ko'zlaydi.  binodan  chiqib  ketish  kuch 

ishlatish  yo'li  bilan  amalga  oshirilgan  hollar  bundan  mustasno.  Sanab  o'tilganlarga 

yana  qurolli  bosqinchilikni  ham  qo'shish  mumkin.  Avrim  sug'urta  qildiruvchilar  uni 

standart ravishda sug'urta qoplami  tarkibiga kiritadi.

Zarar o'mini  to'ldirish odatda o'g'irlik yoki o'g'irlikka urinib ko'rish oqibatida 

yetkazilgan  zarami,  jumladan,  binolarga  shikast  yetkazilishini  qamrab  oladi.  Biroq 

istisno  holatlar  ham  mavjud  bo'lib,  bunda  zarar  o'mini  to'ldirish  to'liqsiz  hajmda 

amalga oshiriladi yoki  urnuman amalga oshirilmaydi.

Bu quyidagi  holatlarda kuzatiladi:

>  til  biriktirish  fosh  qilinganda:  obyektda  ishlaydigan  personal,  yoki  sug urta 

qildiruvchi, yoki uning oila a’zolari o'g'rilar bilan til biriktirgan bo'lsa;

>  yetkazilgan ziyon mamlakat hududidan tashqarida yetkazilgan bo  Isa,

>  sug'urta  maxsus  shartlarda  amalga  oshirilgan  bo'lsa.  masalan,  «barcha 

risklardan» shartida sug'urta amalga oshirilgan;



>

  naqd  pul  va  banknotalar  o'g'irlangan  bo'lsa  (chunk! 




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish