15-MAVZU.
MOL-MULK SUG‘URTASI
15.1. Mol mulk sug‘urtasi tushunchasining iqtisodiy moxiyati va niazmuni
Bozor iqtisodiyoti tizimi rivojlanib borar ekan jamiyat faoliyatining barcha
sohalari ko‘rsatkichlariga. ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiyotning muhim
elementlardan biri boTmish sug'urtaga ehtiyoj oshib boradi.
Sug‘urta fuqarolar, tashkilotlar va davlatning mulkiv manfaatlarini har xil
tabiiy, texnik hamda turli xildagi tavakkalchiliklardan himoya qilishini bvudjetdan
mablag' talab qilmay ta’minlaydigan mexanizmdir.
Tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqa favqulotda ro‘y beradigan hodisalar inson
ongiga bogTiq boTmagan holda yuz beradi. Ilmiv nuqtai-nazardan qaraganda. har bir
mulk egasi o'z mol-mulkini qisman zararlanishi yoki butunlav yo‘qotilishi oqibatida
ko'riladigan zararlami qoplanishidan manfaatdor ekanligini ko‘rish mumkin.
Qadim zamonlardan fuqarolar o'rtasida ko'rilgan zarami qoplash maqsadida
mulk egalariga tegishli mol-mulklami birlashtirish va zarami birlashma a'zolari
o'rtasida boTish fikri tug'ilgan. Ushbu birlashma qatnashchilari qanchalik ko'p
bo'lsa, zarar ko'rgan tomonga to'lanishi kerak boTgan qoplama uchun ajratiladigan
mablag1 ulushi shunchakam boTgan.
Tarixdan maTumki, agarda har bir mulk egasi ehtimoli mavjud bo'lgan zarami
qoplash maqsadida z&xirada uning aylanma mablagTariga teng miqdorda moddiy
boyliklami ushlab turishga majbur boTganlar. Shu sababli xayrihoh shaxslami zarami
birgalikda qoplash maqsadida birlashmaga birlashtirish g‘ovasi yuzaga kelgan.
Mulkiv sug‘urta har qanday turdagi mulkdorlaming (fuqarolar, korxonalar,
davlat) mulkning yo'qotilishi yoki unga ziyon yetkazilishi xatarlariga doir manfaatlari
himoyasini ta’minlaydi. O'ZRning FKga muvofiq mulkiy sug'urtaga boshqa
shaxslaming hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga
keladigan majburiyatlar bo'yicha javobgarlik, shuningdek tadbirkorlik faoliyatidan
kutilgan daromadlami ololmaslik xavfi kiradi.
Mol-mulk - mulkdor yoki uning ishonchli vakili egalik qilayotgan,
foydalanayotgan, tasairuf etayotgan moddiy obyektlar yoki ashyolardir. SHaxsning
yoki tashkilotning mol-mulki o‘z ichiga yemi, binolami, jihozlami, bank
hisobvaraqlarini, kiyim-kechaklami, sanoat aksiyalarini, muzlatgich ichidagi
narsalami, yozilgan asarga nisbatan mualliflik huquqlarini, avtomobillami, ixtiro
patentlarini va boshqa minglab boshqa narsalami olishi mumkin.
Mulkdor o‘z egaligidagi ana shu mol-mulklar olishi mumkin boTgan
daromadni yo‘qotish xavfmi sug'urta qildirishi mumkin. O'ZR FKning 128-
moddasida sanab o'tilgan mulkiy huquqlar va fuqarolik huquqlarining boshqa
obyektlari ham sug‘urta himoyasi bilan ta’minlanishi mumkin.
165
Mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan
manfaatga ega bo'lgan shaxs (sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga
sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalangan mol-mulkning asralishidan manfaatdorlik
bo'lmagan holda tuzilgan mol-mulkni sug'urta qilish shartnomasi haqiqiy cmas.
15.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |