15.2. Mulkiy sug‘urta turlari115
Ko'plab sug'urta kompaniyalari, qoidaga ko'ra, o'z faoliyatini yong'in
risklaridan sug'urta qilishdan boshlagan. Ishlab chiqarishdagi tanaffuslami sug'urta
qildirish mulkni sug‘urta qildirishning tabiiy davomi hisoblanadi va odatda
yong‘indan sug'urta qilish bo'limi tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoatning
rivojlanishi
oqibatida yangicha
sug'urta turlari
bo'yicha
shartnomalar tuzadigan ko'ngilsiz hodisalardan sug'urta qilish bo'limlari tashkil etish
zarurati vuzaga kelib, bunga misol qilib javobgarlikni sug'urta qildirish va ko'ngilsiz
hodisalami sug'urta qildirislini keltirib o'tish mumkin. Avtotransportni sug'urta qilish
bo'limlari
avtomobillar sonining o'sishiga javob tariqasida va ko'pchilik
mamlakatlarda avtomobillami sug'urta qildirish haqida qonunchilik talablariga
reaksiya sifatida paydo bo'ldi.
Shunday qilib, ixtisoslashmagan sug'urta kompanivalarining katta qismi
yong'indan sug'urta qilish, ko'ngilsiz hodisalami sug'urta qilish va avtosug'urta
bo'limlariga ega bo'lgan. Ayrim kompaniyalar shu bilan chegaralangan. Biroq.
sug'urta xizmatlari iste’molchilari tobora yangi talablar qo'yishi va shu boisdan bir
vaqtning o'zida bir nechta riskni qoplaydigan murakkab polislar paydo bo'lishi
sababli sug'urta qiluvchilar eng katta samaradorlikka erishish uchun klassik
strukturani qayta qurishga majbur bo'lmoqda.
Ayrim holatlarda bu tamomila yangi bo'limlar paydo bo'lishiga olib keladi.
Misol bo'lib xususiy shaxslami va korporativ mijozlami sug'urta qilishning airatilishi
xizmat qilishi mumkin.
“Umumiy sug'urta' guruhiga kiradigan asosiy sug'urta turlarini va ulaming
kichik tadbirkorlikka aralash sug'urta himoyasi taqdim etish maq
sadlarida qay tarzda
birgalikda foydalanish mumkin ekanligini ko'rib chiqamiz
♦ yong'indan sug'urtalashjumladan, o'ta xavfli risklardan sug'urta qilish;
♦ o'g'irlikdan sug'urta qildirish;
♦ pulni sug'urta qildirish;
♦ "barcha risklardan” sug'urta qildirish;
♦ tashuvlarni sug'urta qildirish;
♦ shisha (oyna) sinishini sug'urta qildirish;
♦ paketli polislar;
♦ uy egalarini sug'urta qildirish.
Yong'indan sug'urta qilishni olov bilan bog'liq bo'lmagan risklami qoplashni
ta’minlaydigan shartlar bilan to'ldirish amaliyoti mavjud. Bunday risklar, atigi
qo'shimcha risklar sanalishiga qaramay, «maxsus xavf-xatarlar risklari» deb ataladi.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
Insurance. Priiicipies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great
Britain, 1993. P. 245-261.
167
■S Portlash risklari.
Ulaming sabablari turlicha: markazlashgan isitish
tizimlaridan
fovdalanish,
changlanish
darajasi
yuqori
ekanligi
(masalan,
tegirmonchilik korxonasida). bug'lanishlar (lok-bo'yoq fabrikalarida). Portlash
natijasida shiskastlangan va ishdan chiqqan asbob-uskunaiar va mexanizmlar asbob-
uskunalami sug'urta qildirish polisi bo'yicha sug'urta qilinishini mumkin.
S 0 ‘z-o‘zidan portlash risklari.
Bu risklar juda kamdan-kam uchraydi.
qo'zg'olonlar va fuqarolar g'allayonlari. garchi «fuqarolar g ‘aIayonlari» ta’rifining
o'zi etarli darajada aniq bo'lmasada, yong'indan sug‘urta qildirish polisiga
qo'shimcha sifatida qoplanishi mumkin. Qo'zg'olonlar va fuqarolar g'allayonlari riski
sug‘urta qiluvchilar uchun jalb etuvchan sanalmagan geografik mintaqalar mavjud.
Uchinchi shaxs uchun qasddan vetkazilgan ziyonni qamrab olish uchun polisning
sug‘urta qoplami kengaytirilishi mumkin. Odatda bunday zivon qasddan yetkazilgan
ziyon deb ataladi
Do'stlaringiz bilan baham: |