0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

112
О ‘tkir Hoshimov
-
Berdiyev! - dedi Koryagin siltanib. - Aytib qo‘y bu 
shallaqiga. Bugunoq erining oldiga oborib tiqib qo‘yaman!
Berdiyev taijimani tugatar-tugatmas xotin battar jazava- 
ga tushdi. Ikkalasini baravar silkitib, dod soldi.
- Qamoqqa olib bor, deyapti... - Berdiyev rangi o‘chib, 
ayolga allanima dedi. Insofga chaqirdi chog‘i. Ammo xotin 
esdan og‘ib qolganga o‘xshar, nuqul ikkala raqibini ayvon- 
dan yerga olib tushishga urinib, tortqilar edi. Umrida bunday 
xo‘rlik ko‘rmagan Koryagin g‘azablanib ketdi.
- Qo‘yvor, qanjiq! - dedi hayiqib.
Bola yig‘isi eshitildi. Uy ostonasida boyagi rangsiz qiz 
yalang‘och ukasini ko‘tarib turar, bola shovqin-surondan 
qo‘rqib uyg‘ongan shekilli, chirillab yig‘lar, rangsiz qizning 
ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan, ammo indamasdi. Ayolning 
changak qo‘llari darhol bo‘shashdi. Gandiraklagudek chay- 
qalib borib, bolani qo‘liga oldi. Ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
Berdiyev sholchada to‘nkarilib yotgan shlapasini olib 
kiydi. Koryagin galstugini to‘g‘riladi. ,,Isterichka!“ deb o‘y- 
ladi nafrat bilan.
Shu payt yonbosh tomondan g‘o‘ldiragan ovoz keldi.
- Nega ayol kishini haqorat qilasan, yigitcha?
Koryagin jahl bilan burilib qaradi. Tomoshaxo‘rlar ko‘-
payib ketgan, boyagi kampirlar-u bolalar orasida endi sal- 
la o‘ragan chollar, yosh ayollar, erkaklar ham ko‘rinar, qirq 
chog‘li olomon yarim doira yasab o‘shshayib turardi.
- Kim? Kim u gapirgan? - dedi Koryagin xezlanib.
Og‘ir sukunat cho‘kdi. Ruscha gapirgan odam qo‘rqdi
shekilli, miq etmadi. Olomon ham jim edi.
- Kim? - Koryagin dag‘dag‘a bilan ta’kidladi. - Qani, 
chiqsin buyoqqa!
Javob bo‘lmadi. Sallali chollar, uzun ko‘ylakli kampirlar 
ming‘ir-ming‘ir qildi.
- Xo‘p... men... - Nihoyat, orqaroqda turgan ayiqsifat 
erkak ikkilanib davradan chiqdi. - Men gapirdim, - dedi



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish