0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
Ayol Berdiyevdan ko‘z uzmay, allanimalami gapirdi. 
Uzoq gapirdi. Awal vazmin, keyin bezovtalanib... Berdiyev 
quloq qoqmay tinglab o‘tirar, ora-chora bosh irg‘ab, ma’qul- 
lab qo‘yardi. Go‘yo tergovchi emas, tug‘ishgan ukasidek.
- Nima deyapti? - Koryagin xotinning gapini bo‘lib, 
Berdiyevdan so‘radi.
- Qizi ikkinchi marta sariq bo‘pti. Kasalxonada joy 
yo‘qmish...
- Nima, siz vrachmisiz? - Koryagin garchand ko‘nglida 
qizga achinsa ham, xunobi oshdi. Sigaret tutatdi.
- Erim qachon chiqadi, deyapti, - Berdiyev ayolning 
shuncha gapini lo‘ndagina tarjima qildi. - Ko‘rgani borishsa 
kiritishmabdi.
- 0 ‘zingiz yuristsiz-ku, Berdiyev! Tushuntiring. Tergov 
tugamaguncha svidaniye berilmaydi.
Berdiyev so‘zini tugatar-tugatmas, ayolning yuz ifodasi- 
da hayrat paydo bo‘ldi. Bir nimalami tez-tez gapirdi.
- Erim ochidan o‘lmaydimi, deyapti. Jumanovning bod 
kasali bormish, erta-indin sovuq tushsa, holi nima kechadi, 
deyapti... Haligacha ko‘mir olishmabdi. Qish kelyapti, nima 
qilamiz, deyapti.
,,Ko‘mir olmaganmish, - deb o‘yladi Koryagin ijirg‘a- 
nib. Ishlatsin xumchaga bosib qo‘ygan oltinlarini!“
- Aytib qo‘ying, Berdiyev! - dedi qovog‘ini solib. -
Albatta, qamoq - sanatoriy emas. Ammo qo‘rqmasin, eri 
ochidan o‘lmaydi! - Sigaretni yerga tashlash uchun yon- 
boshiga o‘girilgan edi, besh-o‘n qadam narida to‘dalashib 
turgan odamlarga ko‘zi tushdi. Olacha matodan ko‘ylak 
kiygan kampirlar, qora-qura yosh bolalar... Yaqin kelishga 
hayiqib, g‘uj bo‘lib turishibdi. „Tomoshabin yetishmayo- 
tuvdi o‘zi!“
- Ayting, - dedi goh Berdiyevga, goh xotinga qarab. -
Erining tezroq chiqishi va umuman, chiqish-chiqmasligi 
ko‘p jihatdan unga bog‘liq!


Uzun kechalar
109
Tarjima tugar-tugamas, ayolning ko‘zlarida umid yarq 
etdi.
- Nima xizmat bo‘lsa, tayyorman, deyapti.
- Mana bu boshqa gap! - Koryagin xotinning ko‘ziga si- 
novchan tikilgan ko‘yi ta’kidladi. - Har bitta so‘zimni aniq- 
ravshan tarjima qiling, Berdiyev. Buning gapini ham so‘zma- 
so‘z tarjima qilasiz. Biz, Jumanova, sizni so‘roq qilmoqchi 
emasmiz. So‘roq qilsak, chaqirtirib olardik. Shunchaki, suh- 
batlashgani keldik. Qancha ochiq gaplashsak, shuncha yax­
shi. Siz eringizning sog‘-salomat chiqib kelishini istaysizmi?
- Erimdan boshqa suyanchig‘im yo‘q, - Berdiyev qoida- 
ga binoan so‘zma-so‘z tarjima qila boshladi - Tepamda Xu- 
do turibdi. Erim begunoh!
- Shoshilmang, Jumanova. Begunoh odam qamalmaydi.
- Erimda gunoh yo‘q, - dedi xotin qaysarlik bilan.
- Beshta bolangizni o‘ylang, - dedi Koryagin uning 
ko‘ziga qattiq tikilib. - Qancha rost gapirsangiz, shuncha 
yaxshi. 0 ‘zingizga ham, bolalaringizga ham.
Ayol uzoq jimib qoldi. Ko‘ziga mung cho‘kdi. Nihoyat, 
past ovozda allanima dedi. Berdiyev uning so‘zlarini tarjima 
qildi.
- Bolalami o‘ylasa, erimni nega qamaydi, deyapti.
- Qonun oldida hamma bir. Beshta bolasi bo‘ladimi, 
o‘ntami. Lekin biz yordam berishga tayyormiz. Azbaroyi 
bolalari tufayli... Faqat... Jumanova ham bizga ko‘mak- 
lashishi...
Berdiyev taijimani tugatmasidan ayol chuqur xo‘rsinib, 
anchayin qat’iy ohangda nimadir dedi.
- Shunaqa bo‘Isa qizimni kasalxonaga yotqizinglar, qi- 
zim paxtada ishlab shu dardni orttirgan, deyapti.
- Yaxshi... - biqinini changallab turgan qiz (Natashenka- 
ning tengdoshi) tag‘in Koryaginning ko‘z o‘ngiga keldi.
Qizaloq masalasida yordam berishi mumkin.
U fikrini yakunlab ulgurmay, xotin tag‘in gapga qo‘shildi.


110

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish