О ‘tkir Hoshimov
rib yotibdi-yu, siz uni himoya qilmoqchi bo‘lasiz. Bir gap-
ni aytaymi?.. 0 ‘zaro gap. Uyingizga boruvdim. Qizingiz
betob ekan.
Jumanov boshini ko‘tardi. Qizargan ko‘zlarida xavotir,
armon bor edi.
- Hayajonlanmang, - dedi Koryagin yupatib. - Qizaloqqa
yordam beramiz. Aqlli qiz ko‘rinadi... Gap bundamas... Bilas-
izmi, porani o‘z ixtiyori bilan topshirish boshqa, majbur bo‘lib
berish boshqa... Obkom sizni direktorlikni sotib olgan deyapti.
Siz bo‘lsa, qo‘rqqaningizdan, majbur bo‘lib pora bergansiz...
Farqni anglayapsizmi?.. Darvoqe, egizaklaringiz sho‘x ekan.
Sizni sog‘ingan ko‘rinadi. Tabiiy hoi... Aytyapman-ku, bizga
sizning keragingiz yo‘q. Siz oddiy kilkasiz. Akulalar boshqa.
Shaxsan menga qolsa, sizni ertagayoq chiqarib yuborishga
tayyorman. Albatta, ishni sud hal qiladi. Lekin...
- Yuzlashtiring! - dedi Jumanov sovuq qatiyat bilan.
Endi ovozi g‘o‘ldirab chiqmas, har qalay, gapini anglasa
bo‘lardi. - Men bermagan porani berdim deyolmayman.
„Yana boshladi eski ashulasini!“ Koryagin g‘ijindi.
- Demak, siz obkom sekretariga hech qanday pora ber-
magansiz? - dedi tamomila loqayd ohangda.
Jumanov indamay bosh irg‘adi.
- Yaxshi! Unday bo‘lsa, ,,Moskvich“ni kim hadya qildi?
Nima evaziga?
- Unga to‘rt yil bo‘lgan, - dedi Jumanov yuzini o‘gi-
rib. - Bo‘lim boshqaruvchisi edim.
Koryagin kuldi:
- To‘g‘ri, bo‘lim boshqaruvchisi edingiz. Majburiyatni
oblastda birinchilar qatori bajargansiz. Sizga ,,Moskvich“
sovg‘a qilganlar...
- Pulimga sotib olganman.
- Ahamiyati yo‘q! - dedi Koryagin battar ijirg‘anib. -
Hamma bo‘lim boshqaruvchilariyam shaxsiy mashinada
kataysa qilmaydi. - Yana ma’noli sukut sakdab, Jumanov-
Uzun kechalar
123
ga tikilib o‘tiraverdi. Darvoqe, ,,Moskvich“ni gapirishi bi
lan to‘rt yilmi, besh yil avval bo‘lgan suhbat esiga tushdi.
Olganing tug‘ilgan kuni edi. Ximkidan ukasi Sasha keldi.
Jindek ,,otishgani“dan keyin hasrat qildi. „Bu - o‘zbeklar-
ni tergaydigan qonun bormi-yo‘g‘mi, sen yuristsan-ku! Ular
bizning mashinada kataysa qilishni biladi, evaziga paxta deb
tuproq aralash xas-xashak jo ‘natadi“. Koryagin o‘shanda bu
gapga unchalik e’tibor bermagan edi...
- Bilasizmi, Jumanov? - dedi dilkashlik bilan. - Bir
narsaga hech aqlim yetmayapti. Marhamat qilib tushuntirib
bersangiz. Demak, „XX partsyezd“ sovxozi qoloq bo‘lgan.
Sizning bo‘limingiz esa oblayetda birinchilar qatori majburi-
yatni bajargan. Qanday qilib?
Jumanov eshik qoqqandek, boshini g‘alati sarak-sarak
qildi.
- Avval ham aytgan edim-ku...
- Nima qipti, yana qaytaravering! - Koryagin kinoyali
kuldi. - Siz gapiravering, men eshitaveraman... U yog‘ini
o‘zim davom ettiraymi? - dedi gap ohangi keskin o‘zga-
rib. - Ta-ak... Demak, „oq oltin“ni yaratuvchi „oltin qo‘lli“
Jumanov o‘ta jonbozlik ko‘rsatgan...
- Ishonmasangiz, o‘sha paytda bo‘limda ishlaganlardan
so‘rang.
- ,,Qahramonona“ mehkat qilgan, - dedi Koryagin iste-
hzo bilan. - „Oq oltin“dan misli ko‘rilmagan hosil olgan.
Shuning uchun unga mashina sovg‘a qilganlar. Keyin direk-
torlikka ko‘targanlar. Evaziga qirq ming so‘raganlar.
- Aytdim-ku, majbur qilishdi. - Jumanovning ovozi ta-
g‘in xirillay boshladi. - Sovxoz o‘tirib qolgan edi....
- Juda to‘g‘ri! Qaysi ahmoq ilg‘or sovxozni qirq mingga
sotadi! Yaxshi sovxozlaming ,,taksa“si ellik mingdan yet-
mish minggacha bo‘lgan. Bundayroqlari qirq ming...
- Tuhmat! - Jumanov porsillagan labyni yalab qo‘ydi. -
Hech kimga pora bergan emasman!
124
Do'stlaringiz bilan baham: |