0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
53
Qarasam, yetti yashar o‘g‘lim hovli o‘rtasida turibdi. Oyo- 
g‘i ostida yirtilib, qamishlari qovurg‘adek turtib chiqqan var- 
rak loyga qorishib yotibdi. 0 ‘zi ko‘ylakchan. Boshyalang. 
Yomg‘ir ostida diydirab turibdi.
- Uyga kir, Farruh! - dedim baqirib. - Uyga kir, shamol- 
lab qolasan!
Quloq solsa qani! Goh varragiga, goh menga qaraydi.
Kapalagim uchib ketdi. Tomda sirg‘alib-sirg‘alib, narvon 
tomon yugurdim.
Uch-to‘rt pillapoya tushib qarasam, onam hamon nar­
von oyog‘ini changallab turibdi. Ro‘moli jiqqa ho‘l bo‘lib, 
sochlariga yopishib qolgan... Bir qo‘li narvon oyog‘ida. Bir 
qo‘lida to‘n...
LAYLAK
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g‘o‘r edi, bola 
go‘dak edi... Kunlaming birida ona-bola qishloqqa - uzoq 
qarindoshlarinikiga boradigan bo‘lishdi. Ona qaddini g‘oz 
tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang bo‘lib, atrof- 
dan manzaralami tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmi- 
ni yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola da- 
raxtni ko‘rib angrayib qoldi. Chinoming tarvaqaylab o‘sgan 
shoxida supradek kattakon uya qorayib ko‘rinar, uyada esa 
oyog‘i, tumshug‘i uzun bir qush turar edi.
Bola mo‘jiza ko‘rgandek taqqa to‘xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi? - dedi o‘sha tomondan ko‘z uzmay.
- Laylak, o‘g‘lim, laylak! - Ona o‘glining boshini silab 
qo‘ydi. - Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko‘rmagan edi. Qush 
negadir bir oyoqlab turardi. U yana to‘xgab qoldi.
- Nima u, oyi? - dedi tag‘in chinor uchiga ko‘z tikib.
- Laylak, o‘g‘lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi:


54
О ‘tkir Hoshimov
-
Bir oyog‘i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko‘rmagan edi. Qush 
negadir bo‘ynini cho‘zib tumshug‘ini osmonga qaratib silki- 
tar, shunda ,,tarak-tarak“ degan ovoz eshitilardi.
Bola tag‘in to‘xtab qoldi.
- Nima o‘zi u, oyi?
Uning ko‘zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona 
shoshib turardi. Mingta yumushi bor. Hali shaharga qaytishi 
kerak.
- Laylak dedim-ku, jinnivoy, - deya ohista egilib, o‘g‘- 
lining yuzidan o‘pdi. - Senga salom beryapti-da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.
...Oradan o‘ttiz besh yil o‘tdi. Bola yigit bo‘ldi. Ona kek- 
sayib qoldi. Oyog‘idan mador, ko‘zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o‘sha qishloqqa 
borib qoldilar. Yigit qaddini g‘oz tutib tez-tez yurib borar, 
ona esa toliqqan oyoqlarini og‘ir-og‘ir ko‘tarib bosgancha 
harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan 
chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinoming tarva- 
qaylab o‘sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qora- 
yib ko‘rinar, uyada esa oyog‘i, tumshug‘i uzun laylak turar­
di. Yigit laylakka bir qarab qo‘ydi-yu, qadamini tezlatdi.
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko‘zlarini 
chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda 
osilib turgan narsa ko‘ziga g‘alati ko‘rindi.
- Anavi nima, o‘g‘lim? - dedi to‘xtab.
- Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to‘rt qadam yurib yana to‘x- 
tab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko‘rinyapti. 
Qiziq...
- Nima, o‘g‘lim? - dedi ko‘zlarini pirpiratib.
0 ‘g‘il taqqa to‘xtadi. G‘ashi keldi. 0 ‘zi shoshib turibdi: 
mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo‘lib qolar- 
kan-da!



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish