0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
49
- E, hali kelmaydilar. Bolalami endi uxlatuvdim. Yuring.
- So‘rida o‘tira qolaylik, - dedi Akmal olma tagidagi te- 
mir panjarali so‘riga imo qilib.
Yangasi uydan darrov ko‘rpacha olib chiqdi. Akmal chin- 
niday qilib supurilgan hovlidan yurib borarkan, dimog‘iga 
gup etib rayhon isi urildi. Bu hid unga allanechuk qadrdon, 
allalovchi tuyg‘ularni eslatdi. Onasi har yili rayhon ekar, 
„Rayhon fayzli bo‘ladi, bolam“, deb qayta-qayta takrorlar 
edi. Chindan ham mana shu hid butun hovliga qandaydir 
osoyishtalik baxsh etganday boiardi.
Akmal so‘ridagi ko‘rpachada yonboshlab atrofiii kuzatdi.
Deraza romlari qayta bo‘yalganini aytmasa, Hech nima 
o‘zgarmagan edi. 0 ‘sha ikki uy, bir ayvon, ustundagi uzun 
mixga bir tutam isiriq ilib qo‘yilibdi. 0 ‘sha kaftdekkina, 
ozoda hovli, bo‘yra bo‘yi joyga ekilgan rayhon. Olma shoxi- 
ga ilingan lampochka. 0 ‘sha so‘ri... So‘rining shundoq yoni- 
ga ikki dona olma tushibdi. Sap-sariq...
Oshxona tomondan yangasining o‘tin yorayotgani eshitildi.
Akmal o‘girilib qaradi. Yangasi hovli etagidagi oshxona 
eshigi oldida cho‘nqayib o‘tirgancha o‘tin yorardi.
- Qo‘ying, kelinoyi, men ketaman, - dedi Akmal.
Yangasi ,,hozir“ dedi-yu, ishini qilaverdi.
Qiziq, oshxona ham, uning yonboshida devorga tirab tik- 
langan tandir ham o‘sha-o‘sha o‘zgarmagan, tandir ostiga 
xuddi o‘sha kezlardagiday o‘tin taxlab qo‘yilgan edi.
Bir mahallar, Akmal bolalik chog‘ida, onasi shu tandirda 
zog‘ora non yopar edi. Tandirdan chiqqan birinchi zog‘ora- 
ning yarmisini ushatib, sopol piyoldagi sutga to‘g‘rab berar- 
di. Akmalga dunyoda ivitilgan zog‘oradan lazzatliroq taom 
yo‘qdek tuyulardi.
U hozir ham o‘sha lazzatli non ta’mini sezganday yuti- 
nib qo‘ydi-da, sekin entikdi.
Erta kuz kechasiga xos chuqur sukunat cho‘kdi. Faqat 
onda-sonda bir shamol kelib, olma yaproqlarini duv to‘kib


50

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish