Kasb-hunar kollejlarida
o‘qituvchilarning ish tajribasini kuzatganimizda
guruhlarda mustaqil grafik ishlari sifatida asosan test topshiriqlar bilan
cheklanilganligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Chizmachilk fani uchun
o‘quvchining fazoviy tasavvurini kengaytirish muhim masal bo‘lganligi uchun
tajrib-sinov ishlarimda tarqatma materialdan foydalanishga qaror qildim. Umuman
olganda bitiruv malakaviy ishimning asosiy maqsadi shundan iboratki
o‘quvchilarda chizmalarni osonlik bilan tushunish, chizmalarni o‘qishlarini
tezlashtirish, dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanibdars uchun
ajratilgan vaqtdan unumli foydalanib vaqtdan yutishga muvaffaq bo‘lish
hisoblanadi.
Tajriba-sinov ishlarini dars mashg‘ulotlarida olib borishdan avval, bitiruv
malakaviy ishimning II Bobi ya‘ni detalning tayyor ikki ko‘rinishi asosida uning
uchinchi ko‘rinishini topish yuzasidan Ishlab chiqilgan metodika asosida
o‘quvchilarga tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng tajriba natijalarini
solishtirish analiz qilish talab etiladi
3.2. Kasb-hunar kolejlarida chizmachilik darslarining “Aksonometrik
proyeksiyalar” mavzusiga Auto CAD dasturining uch o‟lchamli modellash
interfeysidan foydalanib samarali dars tashkil etish
Birinchi navbatida ―Ko‘rinishlar‖ haqida umumiy ma‘lumotlarni nazariy
tarzda o‘quvchilarga eslatib o‘tamiz. Kuzatuvchiga nisbatan buyum sirtidagi
ko‘rinadigan qismlarni tekisliklarda tasvirlanishi ko‘rinishlar deyiladi.
Chizmalardagi proyeksiyalar ham ko‘rinishlar deb ataladi. Ko‘rinishlar chizmada
GOST 2.305-68 ga muvofiq joylashtiriladi.
Asosiy proyeksiyalar tekisligi sifatida kubning olti yog‘i qabulqilingan,
yoqlar tekisliklar bilan qo‘shiladi va ular qutidagicha nomlanadi.
1.
Asosiy yoki bosh ko’rinish
. Bunda buyumning frontal proyeksiyalar
tekisligidagi tasviri ifodalanadi. Buyumning qolgan ko‘rinishlari bosh ko‘rinishga
qarab joylashtiriladi. Bosh ko‘rinish shunday tanlanishi kerakki, buyum haqida
boshqa ko‘rinishlarga nisbatan ko‘proq ma‘lumot va mumkin qadar to‘laroq
tasavvur berishi lozim.
Ustdan ko’rinish
. Bunda buymning gorizontal proyeksiya tekislikdagi
tekislikdagi tasviri ko‘rsatiladi, u bosh ko‘rinishning ostida joylashtiriladi.
Chapdan ko’rinish
– bosh ko‘rinishning o‘ng tomonida,
o’ngdan
ko’rinish
– bosh ko‘rinishning chap tomonida,
pastdan ko’rinish
– asosiy
ko‘rinishning yuqorisida va
orqadan ko’rinish
– chapdan ko‘rinishning o‘ng
tomonidanjoylashtiriladi. Chizmada hamma ko‘rinishlar proyeksion bog‘lanishda
bo‘ladigan qilib joylashtirilishi zarur.
2.
Qo’shimcha ko’rinishlar
. Bizga ma‘lumki, har qanday chizma asosiy
proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalanadi. Agar detallning biror qismi asosiy
proyeksiyalar tekisligiga o‘zgarib proyeksiyalansa, uni asosiy proyeksiyalarda
ko‘rsatmaslik ham mumkin, u holda yangi qo‘shimcha tekislik tanlashga to‘g‘ri
keladi. Qo‘shimcha ko‘rinish asosiyproyeksiyalar tekisligidan birortasiga ham
parallel bo‘lmagan qo‘shimcha tekislikda ko‘rsatiladi.
Detalning
asosiy
proyeksiyalar
tekisliklariga
o‘zgarib
proyeksiyalanadigan qismini o‘zgartirmasdan, yangi tanlangan qo‘shimcha
tekislikka proyeksiyalanadigan qismi
qo’shimcha ko’rinish
deb ataladi.
O‘quvchilarga ―Ko‘rinishlar‖ haqida umuiy ma‘lumotni berib bo‘lgach
ularning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun ularga topshiriq beramiz.
Zamon talabidan kelib chiqqan holda darslarda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish boshqa oddiy darslardan ko‘ra o‘quvchining qiziqishini darsni
boshlamasdan oldin e‘tiborini tortadi. Shu sababli men AutoCAD dasturi
yordamida chizilgan variantlarni PowerPoint dasturiga joylashtirib darsga
tayyorlangan hiolda olib kelishga qaror qildim.
Mavzu yuzasidan olib beradigan tajriba-sinovimda darsda har bir
o‘quvchi uchun alohida variant, topshiriq darsga oldindan rejalashtirilgan bo‘lishi
lozim. Bunda albatta o‘quvchini bilimiga, o‘zlashtirish, ma‘lumotni qabul qilish
tezligi va shunga o‘xshash jihatlariga qaranb o‘quvchilarga variantlar kompyuter
orqali beriladi. (Buning uchun chizmachilik xonasi zamonaviy kompyuterlar bilan
jihozlangan bo‘lishi lozim).
Ko‘rib turganingizdek variantlar PowerPoint dasturiga slayd shaklida
joylashtirilgan. Har bir o‘quvchi uchun tayyorlangan slayd o‘quvchilarga qo‘yib
beriladi. Vazifa berilgandan so‘ng ma‘lum bir vaqt belgilanadi. O‘quvchilar
vazifani ishchi qog‘ozlariga chizishni boshlaydilar. Muammoga uchragan yoki
detalni tasavvur qolishga qiynalgan o‘quvchilar yordam sifatida keyingi slaydni
o‘tkazib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Mustaqil tarzda tushunchaga ega bo‘lgan
o‘quvchi ishini davom ettiradi. Berilga vaqt tugagach esa ular keyingi slaydni
o‘tkazib to‘g‘ri javobni ko‘rish imkoniyatiga egabo‘ladilar. Bu esa o‘quvchilar
o‘zlarini o‘zlari tekshirishlari hamda uyda ham bundan mustaqil foydalanib
Mavzu yuzasidan ko‘nikmalarini oshirishlari imkoniyatini yaratadi.
Vazifani bajarib bo‘lgan o‘quvchi osondan qiyinga qarab borish
maqsadida keyingi variant beriladi. Unda ham ish shu tartibda boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |