Mavzu: Konus,silindr,sfera
202-guruh Nazirova Mohidil Konus— yopiq konus sirt va uni hosil qiluvchilarni kesuvchi S uchidan oʻtmaydigan tekislik bilan chegaralangan geometrik jism. Tekislikning Konus sirt ichida joylashgan qismi Konusning asosi deyiladi. Konus sirtning uchi va Konus asosi bilan chegaralangan qismiga Konusning yon sirti deyiladi. Agar Konusning asosi doiraviy boʻlsa, Konus doiraviy Konus deyiladi. S uchi shu doiraning markaziga proyeksiyalansa, Konus toʻgʻri doiraviy Konus deyiladi, SO kesma esa Konusning balandligi deyiladi. Toʻgʻri burchakli uchburchak oʻzining biror kateti atrofida aylantirilsa, toʻgʻri doiraviy Konus hosil boʻladi.
Konus (aniqrog`i, doiraviy konus) deb shunday jismga aytiladiki, u doira - konus asosidan, shu doira tekisligida yetmagan nuqta - konusning uchidan va konusning uchini asosining hamma nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalardan iborat bo`ladi .Konus uchini asos aylanasi nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalar konusning yasovchilari deyiladi. Konusning sirti asosidan va yon sirtidan iborat.
Konus deb, to‘g’ri burchakli katetini o‘q sifatida tanlab olib, bu o‘q atrofida berilgan uchburchakni aylantirishdan hosil qilingan shaklga aytiladi.
Bunda to‘g’ri burchakli atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan sirt konusning yon sirti,ikkinchi katet hosil qilgan doira konusning asosi, birinchi
katet konusning o‘qi, gipotenuza konusning yasovchisi deyiladi.
Kesik konus
Kesik konus deb konusning asosi va unga parallel tekislik bilan hosil qilingan kesimi orasidagi qismiga aytiladi.Kesik konusni to‘g’ri burchakli trapetsiyani to‘g’ri burchaklari yopishgan yon tomoni atrofida aylantirishdan hosil qilingan shakl sifatida ham qarash mumkin. Trapetsiyani yon tomoni kesik konusning yasovchisi, yon tomonining berilgan o‘q atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan shakliga kesik konusning yon sirti, trapetsiyaning asoslari o‘q atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan sirtlar kesik konusning asoslari deyiladi
Silindr
Silindr deb to‘g’ri to‘rtburchakning ixtiyoriy tomonini o‘q sifatida olib, to‘g’ri to‘rtburchakni shu o‘q atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan shaklga aytiladi. Aylanish o‘qiga qo‘shni tomonlar hosil qilgan doiralarsilindrning asoslari deyiladi. Aylanish o‘qiga qo‘shni bo‘lmagan tomon hosil qilgan sirt silindrning yon sirti deyiladi. Asoslarining umumiy perpendikulyariga silindrning balandligi deyiladi.
Sfera
Sfera deb fazoning berilgan 𝑂 nuqtasidan 𝑅 masofadagi
joylashgan barcha nuqtalari to‘plamiga aytiladi. Berilgan 𝑂 nuqta
sferaning markazi deyiladi. Sferani yarim aylanani aylana diametri atrofida aylantirishdan hosil qilingan shakl deb qarash mumkin.
aylantirishdan hosil qilingan shaklga aytiladi. Bu qanday shakl? a)Piramida b)Konus c)Silindr d)Sfera 2. Silindr deb qanday shaklga aytiladi? a) fazoning berilgan 𝑂 nuqtasidan 𝑅 masofadagi joylashgan barcha nuqtalari to‘plamiga aytiladi. b) to‘g’ri to‘rtburchakning ixtiyoriy tomonini o‘q sifatida olib, to‘g’ri to‘rtburchakni shu o‘q atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan shaklga aytiladi. c) to‘g’ri burchakli katetini o‘q sifatida tanlab olib, bu o‘q atrofida berilgan uchburchakni aylantirishdan hosil qilingan shaklga aytiladi. d) A va b javoblar to`g`ri 3. Quyidagi rasmlardan konusni toping. a) 1,2,3 b) 2,3,4 c) 3,5 d) 2,3