XULOSA
O‗quvchilar tomonidan turli fanlardan bilim olish ham ularning
axborotga bo‗lgan talabini qondirshning bir shakli hisoblanadi. Axbortolarning
kun sayin ortib borishi, ularni jamiyatimiz taraqqiyotida qo‗llanish sohasining
kenggayishi turli fanlarni paydo bo‗lishiga olib keldi. Jumladan, kibernetika,
informatika va axborot texnologiyalari fanlarini shular qatoriga kiritsa bo‗ladi.
Bugungi kunda o‗quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy
etish va zamonaviy dasturiy ta‘minotlar yaratish masalasi dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Umumta‘lim maktablari geometriya darslarini yangi pedagogik
texnologiyalar asosida o‗tishda elektron o‗quv qo‗llanmadan foydalanib,
multimedia asosida dars o‗tish noan‘anviy dars turlaridan biri hisoblanadi.
Chizmachilik
darslarida
axborot
texnologiyalaridan
foydalanish
o‗quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, geometrik
o‗lchash va yasashning amaliy usullarini o‗rganish imkoniyatlarini beradi.
Asosiysi, axborot texnologiyalari - chizma, diagramma, jadval ko‗rinishidagi
ma‘lumotlarni o‗qish qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqil o‗qish va o‗rganishga
imkoniyat yaratadi.
Demak, chizmachilik kursi bo‗yicha yaratilgan elektron o‗quv
qo‗llanma o‗zidagi matn, grafika, animatsiya, o‗quv materialini o‗z ichiga olgan
bo‗limlar, bilimlarni nazorat qilish tizimi (test va topshiriqlar) bilan boshqa
darsliklardan farq qiladi. Shu jihatdan, umumta‘lim maktablari geometriya kursi
mavzularini
o‗qitishda
axborot
texnologiyalaridan,
elektron
o‗quv
qo‗llanmalardan foydalanish o‗quvchilarning fanlarni o‗zlashtirishlari va ko‗proq
bilim olishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta‘lim tizimining o‘qitish tizimini qayta tashkil qilish,
ayniqsa, uning sifat va samaradorligini oshrishga erishish borasida ko‘plab
harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu chizmachilik fani va uning mazmunida ham
o‘z aksini topmoqada.
Ma‘lumki, barcha ta‘lim bosqichlarida chizmachilikni o‘rganishning
asosiy masalalaridan biri o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini, mantiqiy fikrlash
doirasini rivojlantirish, usiz fazoviy shakllarni fikran tasavvur qilish va oddiy
texnik chizmani ham chizish mumkin emas. ―Bu qobiliyat shunday bir fikrlash
operatsiyasidirki u turli kasb va ixtisos egalari uchun ham zarur‖ deb ko‘rsatadi
taniqli olim A. F. Chetveruxin. U ―Fazoviy tasavvurlarning roli haqida‖ degan
maqolasida bunday deb yozadi: ―…shuningdek fazoviy formalarning tasavvur
qilishning yetarli darajada rivojlangan qobiliyatning yo‘qligi texnika o‘quv
yurtlariga kirgan o‘quvchilarni o‘qitish yo‘lida katta to‘siq bo‘ladi‖.
Chizmachilik kursini o‘qitish va o‘rgatish bilan bog‘liq holda fazoviy
tasavvurlarni rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish va ularni sistemaga
keltirishi amalga oshadi.
Shunday ekan didaktik prinsiplar asosida osondan-qiyinga, oddiydan-
murakkabga, umumiydan-xususiyga intilib chizmachilik fani mazmunini yaxshi
o‘zlashtirish, chizmani to‘g‘ri bajarish, shu fanning metodikasini, talabini yaxshi
bilishga erishishni taqozo qiladi.
Bitiruv malakaviy ishimning asosiy maqsadi yuqorida aytganimdek ilg‗or
pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‗zlashtirish yuzasidan maqsadli
innovatsion loyihalarni shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-fanning
ta‘lim amaliyoti bilan aloqasini ta‘minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg‗or
axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba
maydonchalari barpo etish
orqali esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta‘lim tarbiya
jarayoniga o‗z vaqtida joriy etish mexanizmini ro‗yobga chiqarish, zamonaviy
axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida
ta‘lim jarayonini axborot bilan ta‘minlash rivojlanib borishi belgilab qo‗yilgan.
Hamda Kompyuter texnologiyalaridan dars jarayonida unumli o‘rinli foydalanib
dars samaradorligini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo‘lishdan iborat edi.
O‘quvchilarda olib borgan tajribalarim natijalari asosida bitiruv
malakaviy ishim yuzasidan anchayin samaraga erisha oldim deb ayta olaman.
Menga birktirilgan rahbarimning bilmlari va yordamlari bilan AutoCAD dasturida
metodika va didaktikani qo‘llashning ahamiyatini kengroq anglab yetdim. Bitiruv
malakaviy ishimni kelajakda amaliyot, chuqur o‘rganish bilan birgalik kengroq
ishlar olib borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |