30
8-MAVZU: Qayta ishlangan sut maxsulotlarini qadoqlash va
qadoqlash materiallari.
Reja:
1.
Qayta ishlangan sut maxsulotlarini qadoqlash.
2.
Qayta ishlangan sut maxsulotlarini qadoqlash materiallari.
3.
Sut sanoati korxonalari texnologik uskunalari
Sut sanoati korxonalari
texnologik uskunalariga, hamma turdagi oziq-ovqat
uskunalariga tegishli umumiy talablar bilan birga mahsus, ya‟ni qayta ishlanadigan
xom ashyoning hususiyatlariga qarab hamda havfsizlikni ta‟minlovchi talablar
qo„yiladi.
Sut korxonalari texnologik uskunalariga qo„yiladigan umumiy talablarga,
kerak darajadagi quvvati, material va energiyaning
minimal sarflanishi, mehnat
hajmi va foydalanish havfsizligi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, remont
qilish imkoni, ishonchliligi, uzoq muddatliligi, ekologik havfsizligi kiradi.
Sut xom-ashyosini qayta ishlovchi texnologik uskunalarning o„ziga xosligi–
bu uning konstruksiyasiga qo„yiladigan yuqori darajadagi sanitariya talablari.
Texnologik uskunalarning ish organlari konstruksiyasi Shunday bajarilgan bo„lishi
kerakki, ekspluatatsiya sharoiti buzilgan noqulay sharoitda ham moylovchi yog„lar,
zang yoki metall changlari va boshqa yot materiallar
va predmetlar ish zonasiga
tushib qolish extimoli bo„lmasin.
Texnologik uskunalar konstruksion materiallari oziq-ovqat mahsulotlari
bilan
kontaktda
bo„lganda, mahsulotni ifloslantirmaydigan va sifatini
tushirmaydigan bo„lishi lozim. Ish zonasida qo„rg„oshindan, sinkdan, misdan,
ularning qotishmalaridan yasalgan detallardan foydalanish hamda kadmiy, nikel,
xrom, emal, penoplastlar, formaldegid asosida tayyorlangan plastmassalar, takibida
oyna tolasi (steklovolokno) bo„lgan materiallar, asbest keramikadan,
Shishadan
yasalgan qismlar qoplanishlar yordamida qo„llanilishi man etiladi.
Foydalaniladigan materiallar uskunalarni surunkali yuvish, tozalash va
dezinfeksiyalar jarayonlaridagi kimyoviy, issiqlik va mexanik ta‟sirlarga bardosh
bera oladigan bo„lishi lozim. Konstruksion materiallarning ish zonasidagi rangi
oziq–ovqat mahsuloti sifatini aniqlashga va tozaligini nazorat qilib turishga halal
bermasligi kerak.
Qutini qadoqlash va joylashtirish sutni qayta
ishlashning yakunlovchi
texnologik
jarayonlaridir.
Ularning
asosiy
vazifasi
iste‟molchiga, qulay
qadoqlangan tayyor sut maxsulotlarining zamon talabiga mos ko„rinishini
taminlagan xolda sifatini saqlab qolish, sanitariya xavfsizligini taminlash hamda
transportirovka qilish imkoniga ega bo„lishidir.
Barcha sut maxsulotlarini o„zining fizik-mexanik xossalariga ko„ra uch
asosiy guruxga bo„lish mumkin: suyuq (sut, qaymoq, nordon –sut ichimliklari) va
qovushqoq va plastik (vyazkoplastichnыe ) (nordon –sut maxsulotlari, tvorog va
tvorogli maxsulotlar, quyultirilgan maxsulotlar va boshqalar)
va sochiluvchan
(sыnuchie) (quruq sut maxsulotlari). Quyish qadoqlash va taxlab joylashtirish
31
jarayonlarining texnik xossalari, xamda foydalaniladigan tara turiga qarab
aniqlanadi.
Bu jarayonlarni amalga oshirishda maxsulot avval taraga o„lchab solinadi
so„ngra taxlab joylashtiriladi. Quyish qadoqlash va joylashtirishga texnologik
ishlov berilgan va istemol qilish darajasigacha sovitilgan sut maxsulotlari va
tayyorlab qo„yilgan tara (yuboriladi) uzatiladi.
Nordon- sut maxsulotlarini
termostat usulda chiqarishda quyish ularni termostat kamserasiga yuborishdan
avval amalga oshiriladi.
Sut maxsulotlari asosan xajmi o„lchanib dozirovka qilinadi. Bu usul
ko„pchilik quyish mashinalari va qadoqlash-joylashtirish avtomatlarining
dozirovkalash moslamalari konstruksiyalari asosida yotadi. Suyuq sut
maxsulotlarini oddiy va asentik sharoitlarda dozirovka qilinadi. Ikkinchi xol yopiq,
dastlab sterilizatsiyalangan sistemada kechadi: mahsulot mashina ichida shaklanib
sterillangan paketlarga steril sharoitda quyiladi. Mashinanig steril zonasi o„lchami
uncha katta bo„lmaydi, va u erda xarakatdagi qismlar xam kam. Bu o„z
navbatida
butun yopiq sistemaning sterilligini taminlaydi.
Sut maxsulotlarini qadoqlash tara va qadoqlash materiallariga dozirovkadan
oldin va keyin ishlov berish operatsiyalarini ketma ket amalga oshirishdan iborat.
Sut maxsulotlariikki turdagi taraga qadoqlanadi: traneportirovka qilish uchun
mo„ljalangan. Tara bevosita dozirovka qilish oldidan (qog„oz paketlarni
shakllantirish, polimer qutichalarni, stakanchiklarni shtampovka qilish va
boshqalar) tayyorlanishi yoki tayyor xolda bo„lishi (Shisha butыlka va
bankalar,
metal bankalar, polimer stakanchiklar va boshqalar) muikin.
Tara tayyorlashda polimer materiallar, Shisha, metall, folga, pergament,
qog„oz, karton va boshqalar qo„llaniladi. Polimer taralarga amalda barcha turdagi
sut mahsulotlari, Shisha idishlarga –suyuq sut mahsulotlari, metall taralarga –
qovushqoq, plastikli va aksariyat quyultirilgan sut konservalari qadoqlanadi.
Permagent, folga, qog„ozga tvorog, tvorogli maxsulotlar va sariyog„ qadoqlanadi.
Sut va sut maxsulotlarini qadoqlash uchun qo„llaniladigan materiallari va taralar
amaldagi me‟yoriy xujjatlardagi talablarga javob berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: