o„lchovi, muomala vositasi, to„lov vositasi va jamg„arma vositasi funksiyalarini
bajaradi degan fikrga keldik.
Pulning qiymat o„lchovifunksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida
aks ettirish orqali namoyon bo‗ladi. Pulning qiymat o‗lchovi barcha tovarlar uchun
umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‗lchaydi. Barcha tovarlarning
28
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 13 – б.
29
Рашидов О.Ю. ва бош. Пул, кредит ва банклар. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2008. 22 – б.
30
Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК
Велби, изд – во Проспект, 2008. –С. 25.
qiymati pul o‗lchovi vositasi, ya‘ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat
tomonidan o‗rnatiladi. Masalan, metr o‗lchovi bilan uzunlikni, kilogramm
o‗lchovi bilan og‗irlikni o‗lchagan kabi, pulning qiymat o‗lchovi funksiyasi bilan
barcha tovarlarning qiymati o‗lchanadi.
O‗zbekistonda qiymat o‗lchovi bevosita milliy valyuta «so‗m», AQShda
dollar, Evropa ittifoqiga a‘zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling,
Yaponiyada iena qiymat o‗lchovi vositasi hisoblanadi.
Pulning inflyasiya darajasi yuqori bo‗lgan paytda uning qiymat o‗lchovi
funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939 yildan 1949
yilgacha Yaponiya ienasining inflyasiya darajasi yuqori bo‗lganligi uchun
ko‗pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini belgilashda, ayrim hollarda
savdo sotiqni ham AQSh dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSh dollarining
qiymat o‗lchovi ienaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror
bo‗lgan. Shuning uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi
ikkita narxda, dollar va ienada yuritilar edi. Ayni paytda, ienada belgilangan
tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki
holatidan o‗zgarmasdan qolgan.
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning qiymat
o‗lchovini o‗zgartirishi mumkin.Pul islohoti – muomaladagi pul massasini
kamaytirish orqali, uning joriy qiymat o‗lchovidan boshqasiga o‗tishdir. 1944 –
1952 yillarda Evropa mamlakatlarida 24 martadan ortiq pul islohotlari amalga
oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflyasiyaga uchramagan va iqtisodiyot
nisbatan barqaror darajaga ega bo‗lgan bo‗lsada, 1961 yilda mamlakatda pul
islohati amalga oshirilgan. Hukumat muomalada mavjud bo‗lgan rubllarni yangi
chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul islohatini amalga oshirgan. O‗sha davrda
o‗tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning
ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo‗lib, xufyona
iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to‗lig‗icha yangi banknotalarga almashtira
olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko‗rgan va baho masshtabi 10
martaga kamaygan.
Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o‗rtasida tovarlarni oldi –
sotdisi va xizmatlarni ko‗rsatish jarayonida namoyon bo‗ladi. Ushbu jarayonda pul
vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u
ham bo‗lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‗rsatish uchun to‗lov bir vaqtda
amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar
ishtirok etishi talab etiladi.
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini
tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta –
qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha
yuqori bo‗lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo‗lgan pul massasiga
talab shuncha pasayadi.
Pulning muomala vositasi funksiyasi o‗zaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok
etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan nazorat vositasi sifatida maydonga
chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha
chegaralangan edi. Natijada, odamlarning qo‗lida naqd pullar bo‗lishiga
qaramasdan o‗zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat
bo‗lmagan.
Bozor munosabatalarining takomillashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan –
texnika taraqqiyotining taboro jadallashib borishi pulning muomala vositasi
funksiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo‗lmoqda. Chunki,
mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob –
kitoblarning ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan
foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalarning ko‗plab turlari joriy etilishi,
hisob – kitoblarda naqd pulsiz to‗lovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar
pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda.
Masalan, 1994 – 1997 yillarda Angliya va Fransiyada 10%, Kanada va
Germaniyada 7%, AQShda 2% ishchi xodimlargina ish haqlarini naqd pulda
olishgan.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‗rsatilganda, ular uchun to‗lov kechiktirib
amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to„lov vositasifunksiyasinibajaradi.
Demak, sotilgan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar to‗lov jarayonida uzilish bo‗lmasa,
pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma‘lum davrga uzilishi, ya‘ni
to‗lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‗zining to‗lov
vositasi funksiyasini bajaradi.
Pulning to‗lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon
bo‗ladi;
– jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda;
– davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda;
– xo‗jalik sub‘ektlari o‗rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob –
kitoblarni amalga oshirishda;
– kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda
pul o‗tkazmalarini amalga oshirganda;
– korxona va tashkilotlar o‗z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan
mablag‗larni to‗lashda;
– va boshqa holatlarda.
Pulning to‗lov vositasi funksiyasi yuridik shaxslar o‗rtasida amalga
oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarda juda keng foydalaniladi. Bunda naqd
pullarning ishtirokiga zaruriyat bo‗lmaydi, barcha operatsiyalar bank
hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‗tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda chop
etilgan adabiyotlarda, pulning to‗lov vositasi funksiyasi, uning alohida funksiyasi
sifatida e‘tirof etilmaydi. Pulning ushbu funksiyasi uning muomala vositasi
funksiyasi bilan hamoxong tarzda o‗rganiladi.Pulning ikkita funksiyasi bir – biriga
qo‗shib o‗rganilganda «…pul tovarlar va xizmatlarning to‗lovi va qarzlarning
to‗lov vositasi»
31
tarzida ta‘kidlanadi.
31
Долан Э., Кэмпбелл., Кэмпбелл Р. Деньги банковское дело и денежно – кредитная политика. –
М.: Профико, 1991. –С. Шунингдек, Харриса Л. Денежная теория. –М.: Прогресс, 1990. –С.82.
Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan pulning
to‗lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir – biriga qo‗shib yuborilishi
natijasida, uning to‗lov vositasi funksiyasini e‘tirof etilmasliklari maqsadga
muvofiq emas.
Pul o‗zining muomala va to‗lov vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda
Do'stlaringiz bilan baham: |