Jamg„arish vositasi.
Pul shuningdek jamg‗arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan
vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‗lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab
turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib,
ko‗pchiligimiz saqlashni afzal ko‗rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat
qilishni hoxlamaymiz. Pul – yagona jamg‗arish vositasi emas; har qanday aktivlar
– pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san‘at asarlari yoki zargarlik mollari –
jamg‗arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‗pchiligi pulga nisbatan
o‗zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar
yaratadi (masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar jamg‗arish
vositasi sifatida pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‗lsa, unda insonlar nega
pullarni jamg‗arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha
hisoblangan likvidlilik bilan bog‗liq hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan
ayirboshlash vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim hisoblanadi. Pul
ayirboshlash vositasi hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa
sotib olish uchun pul boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar
pulga aylantirilganda tranzaksion xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni
sotsangiz, brokerlik komissiyasini to‗lashingiz shart (odatda sotish narxining 4-6%
ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib bo‗lmaydigan hisobraqamlarni tezda to‗lash
uchun naqd pullarga muhtoj bo‗lsangiz, pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha
past narxda sotishingizga to‗g‗ri keladi. Pul eng likvidli aktiv bo‗lmasin va yuqori
darajadagi jamg‗arish vositasi hisoblanmasada odamlar bajonidil pulni saqlaydi.
Jamg‗arish vositasi sifatida pulning ishonchliligi narxlar darajasiga bog‗liq
hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar oshishi, pulning qiymatini
ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda narxlarning ikki
barobarga kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini ko‗rsatadi.
Inflyasiya sharoitida narxlar darajasining tezlik bilan o‗sishi kuzatilsa, pul tezda
o‗zining qiymatini yo‗qotadi. Natijada odamlar istar-istamas o‗zlarining
boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan
oshishi natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‗lgan bo‗lgan yuqori
inflyasiya sharoitiga ko‗proq mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‗ng
Germaniyada xuddi shunday inflyasiya sodir bo‗lib, inflyasiya surati ba‘zan oyiga
1000% dan oshib ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar darajasi
ikki yil oldingiga nisbatan 30 milliard marotaba o‗sishi kuzatildi. Aytishlaricha,
giperinflyasiya tugash davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul
talab qilingan ekan. Pul o‗zining qiymatini shunchalik darajada tez yo‗qotgan
ediki, ish kuni davomida ishchilarga bir necha marotaba ish haqi to‗langan va
pullar o‗zining qiymatini yo‗qotib qo‗yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari
maqsadida tanaffuslar e‘lon qilingan. Hech kim pulni jamg‗arishni xohlamagan,
Do'stlaringiz bilan baham: |