Ayirboshlash funksiyasi.
Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti
tamoyillarida yuzaga keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar
ko‗rinishida tovarlar va xizmatlar to‗lovi uchun foydalanilib ayirboshlash
funksiyasini namoyon qiladi. Pulning ayirboshlash vositasi sifatida foydalanilishi
ayirboshlash operatsiyalarida vaqt xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning
samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun
tovarlar va xizmatlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri boshqa tovar va xizmatlarga
ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‗rib chiqamiz.
Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya‘ni
iqtisodiyot bo‗yicha ma‘ruza o‗qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter
iqtisodiyotda nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki
uning iqtisodiyot bo‗yicha ma‘ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‗g‗ri
keladi. Ko‗rinib turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‗lgan
odamlarga ma‘ruza o‗qiy olishi ko‗p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat
ochlikdan o‗lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma‘ruza o‗qishni to‗xtatib,
fermerlik bilan shug‗ullanishiga to‗g‗ri keladi.
Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt – operatsion xarajatlar
hisoblanadi. Barter iqtisodiyotda operatsion xarajatlar juda yuqori hisoblanib,
odamlar ―xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ ni qondirishlariga to‗g‗ri
kelib, ular zaruriy tovar va xizmatlarga ega va bir vaqtning o‗zida ushbu tovarlar
va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi zarurdir.
Elenning iqtisodiyotida pullar paydo bo‗lsa, nimalar sodir bo‗lishini ko‗rib
chiqamiz. Bunday holatda uning ma‘ruzalari uchun pul to‗laydigan har bir
odamning hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Keyinchalik u har qanday
fermer (supermarket) ga borishi yoki ma‘ruza o‗qishi natijasida ishlab topilgan
pullarga zaruriy ist‘emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin bo‗ladi. ―Xohish va
istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni tejashi
orqali, o‗zining eng sevimli ishi hisoblangan dars berish bilan shug‗ullanadi.
Ko‗rib chiqilgan misoldan ko‗rishimiz mummkinki, pullar iqtisodiyotning
samaradorligini oshirib, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashga ketadigan vaqtni
tejash imkonini beradi. Odamlarning yuqori malaka to‗plash orqali ma‘lum
ishlarga ixtisoslashuvi iqtisodiyotning samaradorligini oshishiga olib keladi. O‗z
navbatida, pul – iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, o‗zining
xususiyatiga ko‗ra moylovchi material sifatida operatsion xarajatlarni
kamaytirish, ishchi kuchini ixtisoslashuvi va taqsimlanishini chuqurlashtirish
xisobiga iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi.
Pulga bo‗lgan talab shu darajada yuqoriki, eng primitiv ko‗rinishidagi
jamiyatdan tashqari xar qanday jamiyat pulni o‗ylab topadi. Xar qanday tovar pul
sifatida samarali ishlashi uchun bir nechta talablarga javob berishi zarurdir:
birinchidan, osonlik bilan uning qiymatini aniqlash uchun standartlashgan
bo‗lishi; ikkinchidan, umumqabul qilingan bo‗lishi; uchinchidan, qismlarga
bo‗linishi; to‗rtinchidan, bir joydan ikkinchi joyga osonlik bilan ko‗chirilishi;
beshinchidan, tezda parchalanib ketmasligi lozim. Insoniyat tarixida ushbu
talablarga javob beruvchi pullar sifatida ko‗plab noodatiy shakllar, ya‘ni
amerikalik xindular tomonidan foydalanilgan marjonlardan tortib birinchi
amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi
jahon urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan.
17
Pulning turli shakllaridan foydalanish – ishlab chiqarish vositalarining va
tilning rivojlanishi kabi insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |