― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Qiymat o„lchovi. 

Pulning ikkinchi funksiyasi – iqtisodiyotda pul o‗lchov vositasi sifatida xizmat 

qilganda  xisob  birligini  ta‘minlashi lozim.  Og‗irlikni funtda  yoki  masofani  milda 

ulchaganimiz  kabi  biz  tovarlar  va  xizmatlarning  qiymatini    pul  birliklarida 

ifodalaymiz.  Ushbu  funksiyaning  muhimligini  anglashimiz  uchun  pul  qiymat 

o‗lchovi funksiyasini bajarmaydigan barter iqtisodiyotni yana bir ko‗rib chiqamiz. 

Agarda  iqtisodiyotda  faqatgina  uchta  tovarlar,  aytaylik,  shaftolilar,  iqtisodiyot 

bo‗yicha  leksiyalar  va  filmlar  mavjud  deb  qarasak,  unda  tovarlar  almashinuvini 

ta‘minlash  uchun  faqatgina  uchta  narxlarni  bilishimiz  zarurdir:  iqtisodiyotdagi 

ma‘ruza  nuqtai-nazardan  shaftolining  narxi  (shaftoliga  pul  to‗lashingiz  uchun 

iqtisodiyotdan  nechta  ma‘ruza  o‗qishingiz  lozim),  film  nuqtai-nazaridan 

shaftolining  narxi,  film  nuqtai-nazaridan  iqtisodiy  ma‘ruzaning  narxi.  Agarda 

iqtisodiyotda 10 ta tovarlar bo‗lganida edi - 45 ta tovarning narxini, 100 ta tovar 

mavjud bo‗lsa – 4950 ta tovarning narxini, 1000 ta tovar mavjud bo‗lsa – 499 500 

ta tovarlarning narxini  bir tovarni boshqasiga ayirboshlashimiz uchun bilishimiz 

zarurdir.

18

 Tasavvur qilib ko‗ringki, barter iqtisodiyot sharoitida  polkada minglab 

turli xil tovarlar joylashgan supermarketda bir funt tovuq go‗shtining narxi to‗rt 

funt  yog‗ narxiga, bir  funt baliqning narxi  sakkiz  funt pomidorning  narxiga  teng 

bo‗lgan  sharoitda  tovuq  yoki  baliqdan  qay  birining  narxi  arzon  ekanligini 

aniqlashga  to‗g‗ri  kelar  edi.  Barcha  tovarlarning  narxlarini  solishtirishingiz 

uchun xar bir narsaning ustidagi yorliqda 999 ta narxlar ro‗yxati mavjud bo‗lish 

lozim  edi.  Natijada  ularni  o‗qishga  sarflangan  vaqt  juda  katta  tranzaksion 

xarajatlarni keltirib chiqarar edi.  

Ushbu muammoni xal etish uchun iqtisodiyotga pulni tatbiq  etish va barcha 

tovarlarning  (shaftolilar,  iqtisodiyot  bo‗yicha  ma‘ruza,  filmlar)  narxlarini  pul 

birliklarida, masalan, dollarlarda aks ettirish kerak. Iqtisodiyotda faqatgina uchta 

tovarlar  mavjud  bo‗lgan  holatda  tranzaksiyalarni  o‗tkazish  uchun  uchta  narxga 

nisbatan ehtiyojimiz mavjudligi bois  barter tizimiga nisbatan unchalik katta foyda 

bo‗lmaydi.  Ko‗rishimiz  mumkinki,  puldan  qiymat  o‗lchovi  vositasi  sifatida 

foydalanish  ko‗rib  o‗tilgan  xolatda  narxlar  sonini  kamaytirib,    operatsion 

                                                 

17

An extremely entertaining article on the development of money in a prisoner-of-war camp during World WII is R. 



A. Radford, ―The Economic Organization of a RO.W Camp,‖ Economica 12 (November 1945): 189-201 

18

 N та товарлар мавжуд бўлган шароитда нархнинг миқдорини хисоблаш, N бирликдан жуфтлик миқдорини 



аниқлаш  формуласи билан айнан бир хилдир.  

Масалан, 10 та товарлар мавжуд бўлган ҳолатда. 



 


xarajatlarni  pasaytiradi.  Iqtisodiyot  yanada  murakkablashib  borishi  barobarida 

pulning ushbu funksiyasidan olinadigan foyda yanada oshib boradi. 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish