voqelik bo‗lib, ushbu jarayon o‗zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib
chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyasiya hisoblanadi. Qog‗oz pullarning
muomalaga chiqarilishi natijasida inflyasiya muammosining paydo bo‗lishini
asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‗lmagan, ya‘ni
haqiqiy pullarning o‗rinbosarlari hisoblanadi. Qog‗oz pullarda aks ettirilgan
nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‗oz
Yuqorida oltin tangalarning o‗rniga qog‗oz pullarning kirib kelishi bilan
bog‗liq tavsilotlar atroflicha bayon etilgan. Ularni qaytarilishiga yo‗l qo‗ymaslik
maqsadida, oltin tangalarni saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar o‗rtasida
o‗zaro munosabatlar natijasida qog‗oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog‗liq
mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog‗oz pullarning kirib kelish tajribasida ro‗y
chiqib ketishi natijasida ularning o‗rniga qog‗oz pullarni kirib kelishi stixiyali
tarzda ro‗y bergan. Manabalarga ko‗ra, dastlabki qog‗oz pullar Xitoy, Turkiston va
Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida,
kishilar o‗rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‗rilmagan darajada o‗sib bordi. Bu
jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta‘minlash borasida qator
muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni
saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo‗ldi
33
. Oltin saqlovchilar asta –
sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik
bo‗sh oltin tangalarini ma‘lum haq to‗lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin
saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga,
qachon va qancha oltin kerak bo‗lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini
tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.
―A‖ shaxs ―B‖ shaxsga sotib olgan tovari uchun to‗lagan oltin tangani ―B‖
shaxs ham o‗z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib
topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‗rtasida o‗zaro
ishonchning paydo bo‗lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar
orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‗ng odamlar ehtiyojlari uchun
zarur bo‗lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning
o‗zini to‗lov vositasi sifatida bera boshladi. O‗z navbatida sotuvchi ushbu
tilxatlarni to‗lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida
oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‗lov
vositasi sifatida o‗tkazib yubordi. Shu tariqa muomalada qog‗oz pullar paydo
bo‗ldi.
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va etarli darajada
ishonchga ega bo‗lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‗lov vositasini
bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‗oz pullar to‗lig‗icha oltin
bilan ta‘minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki
odamlarning ishonchini suiste‘mol qilishi natijasida muomalada ta‘minlanmagan
qog‗oz pullar paydo bo‗la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga
taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi.
Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‗jalik
yuritish va hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi.
Aynan shu jarayonda davlat qog‗oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya
qilishni o‗z qo‗liga oldi. Buning uchun alohida davlat banki, ya‘ni Markaziy
bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‗oz pullarni chiqarish, pul muomalasini
tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni
emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini
ko‗rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi.
Angliyada qog‗oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidan
muomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‗z banknotasini muomalaga
chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor
qilindi va R.Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy
etildi.
33
Бир неча асрдан кейин ушбу ―олтин сақловчилар‖ банкларга айландилар.
Qog‗oz pullar ta‘minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‗lmaganligi sababli
ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‗lov vositasi
sifatida hisob – kitoblarda keng qo‗llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning
oldini olish maqsadida og‗ir choralar qo‗llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‗oz
pulning o‗ziga uni to‗lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi
qayd etilgan, Fransiyada 25 yil qamoq jazosi, ba‘zi hollarda o‗lim jazosi ham
qo‗llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‗oz pullarni to‗lov vositasi sifatida qabul
qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‗oz pullar bevosita va bilvosita
ta‘minlangan edi. Bevosita ta‘minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni
va boshqa majburiy to‗lovlarni shu qog‗oz pullarda qabul qilishi bilvosita
ta‘minlanganligi sifatida belgilab qo‗yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ―emissiya qilish‖ va ―muomalaga pul chiqarish‖
tarzidagi ma‘nosi bir – biriga yaqin bo‗lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq
bu ikki iqtisodiy termin ma‘nosi va iqtisodiyotga ta‘siri jihatidan bir – biridan
tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining
hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga
naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‗zgartirmagan holda
tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‗y berganda
davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‗i
bilan muomalaga chiqariladigan qo‗shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu
o‗z navbatida qog‗oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan
chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‗oz pullar asl qiymatga ega bo‗lmagan, o‗rinbosar
pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni
amalga oshirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: