taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy
munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan
turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotida foydalandilar. Shu bilan birga,
ushbu mehnat qurollari to‗lov vositasi vazifasini ham bajardi. Keyinchalik esa
metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‗lga qo‗yildi. Bularning barchasi
foydalanganligining xususiyati shunda ediki, kishilar metaldan tayyorlangan bolta
va shunga o‗xshash narsalardan to‗lov vositasi sifatida foydalangan bo‗lsada, ular
boshqa maqsadda, ya‘ni kundalik hayotda foydalanish uchun yaratilgan edi.
Masalan, kishilar metaldan yasalgan boltadan ayirboshlash vositasi sifatida keng
foydalangan, lekin u to‗lov vositasini bajaradigan tanga ko‗rinishiga ega
bo‗lmagan. Odamlar stixiyali ravishda metalldan yasalgan boltani to‗lov vositasi
Pulning natural ko‗rinishidan metall tanga shakliga o‗tishi, yuqorida
ta‘kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan.
1.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi.
Ta‘kidlaganimizdek, bolta va shunga o‗xshash temir qurollardan pul vositasi
sifatida foydalanilgan, lekin ularni puldan foydalnishning metall davri deb yurita
olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining funksiyalari boshqa bo‗lgan.
Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‗p davrlar o‗tishi bilan
unga ishlov berish yo‗llarini o‗rgandilar. Bu o‗z – o‗zidan metall tangalarni zarb
etishga turtki bo‗ldi.
2.Davlatchilikning paydo bo‗lishi. Metall kashf etilib, odamlarga unga ishlov
berish yo‗llari ma‘lum bo‗lgandan so‗ng, ma‘lum hudud va qabilalar alohida
kishilarning hukmronligi, xonligi va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‗z
o‗zidan o‗sha davrning hukmroni, xoni yoki qirolining maqieni oshirish, o‗zining
chegaralarini mustahkamlash va qonunlarini yuritish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Bularning barchasi turli tasvirlar va yozuvlar tushirilgan tangalarni zarb etishga
asos bo‗ldi.
3.Kishilar o‗rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi natijasida
ushbu jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir qop bug‗doyni bitta
boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning hoxishi dehqonning hoxishiga mos
kelishi lozim. Ya‘ni mazkur holatda, temirchining bir qop bug‗doyga ehtiyoji
bo‗lishi kerak. Biroq, temirchiga bir qop bug‗doy emas, balki bitta qo‗y kerak
bo‗lsa, u holda dehqon bug‗doyni qo‗yga almashtirishi, so‗ngra qo‗yni temirchiga
olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‗lar edi. Ko‗rinib turibdiki, kishilar
o‗rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash hajmining ortishi
natural pullarni to‗lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini
chegaralab qo‗ydi.
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. Alabatta,
o‗sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta yoki boshqa mehnat qurollarini
saqlash qiyin bo‗lmagan bo‗lsada, lekin ularni olib yurish va xavfsizligini
ta‘minlash odamlarga turli noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini
bajargan bug‗doy, jun, qo‗y yoki boshqa shunga o‗xshash narsalar esa vaqt o‗tishi
bilan buzilgan, o‗zining dastlabki xususiyatini yo‗qotgan. Shu bilan birga, ularni
olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‗shimcha tashvish keltira boshlagan.
Bularning barchasi natural pullar o‗rniga metall pullarni muomalaga to‗lov
vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.
Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka ko‗rinishida
tayyorlangan bo‗lsa, keyinchalik to‗rtburchak, uchburchak, yumaloq ko‗rinishdagi
tanga shaklini olgan.
Vaqt o‗tishi bilan temir tangalar o‗rnini bronza, kumush va oltin egalladi, 3–
rasmga qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‗lov vositasini bajarganda
ularning baho masshtabini tanganing og‗irligi bilan anqilangan. Keyinchalik
bronza, mis va oltin tangalar to‗lov vositasini bajarganda esa baho masshtabi
qimmatbaho metallarning nafaqat og‗irligi, balki ularning xossalari orqali ham
aniqlanadigan bo‗ldi.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning vazifasini
bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga ehtiyoj bo‗lmaydi.
Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega bo‗lgan asl pul hisoblanib,
uning hajmi tovar massasasiga nisbatan avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi.
Ya‘ni, agar iqtisodiyotda tovar massasi oltin massasi (qiymati)ga nisbatan kam
bo‗lsa muomaladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi.
Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam
bo‗lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‗lar muomalaga chiqarish
orqali o‗zaro muvozanat ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: