* O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti



Download 0,68 Mb.
bet77/93
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#829220
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Bog'liq
ИНТЕГРАЦИЯ ФАНИ МАЖМУАСИ

3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi: 3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi: O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning metodikasini talabalarga tushuntirish. Jamoa oldiga va ayrim o‘quvchilarga talablar qo‘yishning usullari, istiqbol rejalar qabul qilish va bajarish yo‘llari, an’analarga tayyorgarlik ko‘rish va nishonlash metodikasi haqida ma’lumot beriladi. Talabalar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamoalarda o‘z o‘rnini topishga, faollik ko‘rsatishga odatlantiriladi. Identiv o‘quv maqsadlari:
3.1. O‘quvchilar jamoasini mustahkamlashda talablar qo‘yishning samarali yo‘llarini qayd qiladi.
3.2. O‘quchilar jamoasini shakllantirishning turli yo‘llarini farqini ko‘rsatadi.
3.3. Talab qo‘yish, istiqbol rejalar tuzish va bajarish, an’analarni nishonlash usullarini taqqoslaydi.
3-asosiy savolning bayoni: Jamoani shakllantirishda o‘quvchilarga qo‘yiladigan yagona talabning ahamiyati kattadir. Maktabning «yagona talabi» – bu har xil sharoitlarda o‘quvchilarning xattiharakatini tartibga soluvchi bir necha o‘nlab bandlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatdir. Yagona talab o‘quvchilarning darslardagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi jamoat joylarida, uydagi madaniy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Pedagoglar jamoasi tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlardagina ijobiy natija beradi:
1. O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar o‘quvchini hurmat qilishni o‘z ichiga olish kerak.
2. Pedagoglar jamoasi yagona talablarni muayyan maktabning, sinfning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo‘yilishi kerak.
3. Talablar aniq bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar o‘zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim. O‘quvchilarga talablar qo‘yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirib ularning ahamiyatini tushuntirishi, tajriba orttirishi hamda ularni muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat.
Nazorat qilib borish shakllari xilma-xildir.: xulq-atvor jo‘rnalini yuritish, darsdagi nojo‘ya harakatlar haqida sinfning munosabati, sinfdagi navbatchilik uchun baho qo‘yib borish shular jumlasidandir. Nazorat obyektiv va muntazam bo‘lishi kerak. Hisob aniq va tushunarli bo‘lishi, ularning natijasi bolalarga ma’lum qilinishi lozim.
O‘quvchilar jamoasi shunday ishlarni tanlab olishi kerakki, bu ishlar barcha o‘quvchilar hamda har bir o‘quvchining qiziqishiga javob bersin. Bunday istiqbol rejalar qabul qilish va bajarish maqsadga muvofiqdir.
Istiqbol rejalar belgilashning ikki asosiy metodi borligini ko‘rsatish o‘rinlidir.
1) O‘qituvchining o‘zi o‘quvchilar oldiga vazifa kuyadi, bunda u ana shu vazifalarni xal etish yo‘llarini ko‘rsatadi va o‘quvchilarni qiziktirishga intiladi.
2) O‘quvchilarning o‘zlari qiziqarli tadbirdlarni ilgari suradilar, o‘qituvchi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi hamda amalga oshirish usullarini topishda yordam beradi. Birinchi metod o‘quvchilar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida, ikkinchisi esa ancha yuqoriroq bosqichda, o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan talabni sinf faollari qo‘llab kuvvatlaydigan davrda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, o‘quvchilar faoliyatini uyushtirishda faqat istiqbolni qo‘yish, uning mazmunini to‘g‘ri belgilashgina emas, balki bu tadbirlarni amalga oshirish va muddatini belgilash ham ahamiyatlidir.
Yosh jamoada yoki quyi sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoada ishni yaqin istiqbolni qo‘yishdan boshlagan ma’kul. Sinf xonasini tartibga keltirish, shahardan tashqariga sayr, birgalikda kino ko‘rish, yaqinrokdagi tarixiy yodgorliklarga borish kabi ishlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quvonch bilan qabul qiladilar.
O‘quvchilar jamoasi o‘sib va mustahkamlanib borishi bilan ularning oldiga o‘rtacha va uzoq istiqbollar qo‘yiladi. Ipak qurti boqiladigan bino qurilishi, otaliqqa olingan bog‘cha uchun o‘yinchoklar yasash, maktabni ilgari bitirgan o‘quvchilar, shahar yoki qishloq ishlab chiqarishining eng yaxshi xodimlari bilan uchrashuvlar, hosil bayramini o‘tkazish, jonajon o‘lka bo‘ylab yozgi turistik sayohatni uyushtirish ana shunday ishlar jumlasidandir.
Jamoa doim faoliyatda bo‘lishi uchun uning oldiga yangi qiziqarli istiqbollar qo‘yilishi kerak. O‘quvchilar belgilangan ishlarni bajarib bo‘lishlari bilan ular oldiga oldingisiga qaraganda ko‘proq kuch g‘ayrat sarflashni, ko‘proq tashabbus ko‘rsatishni talab etuvchi boshqa vazifalar qo‘yish zarur.
O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar jamoasi faoliyatini o‘zlashatirishni yuqori ko‘tarish uchun kurashga yunaltirishdan iborat.
Belgilangan ishlar quyidagi sharoitlarga rioya qilingandagina yaxshi natija berishi mumkin:
A) Ishlarni bajarishga puxta tayyorgarlik ko‘rish;
B) Tayyorgarlik ishlarida iloji boricha ko‘proq o‘quvchi qatnashish. Tayyorgarlik davomida o‘quvchilar o‘zaro xilma-xil munosabatda bo‘ladilar, buning natijasida maktab jamoasi o‘sib, mustahkamlanib boradi. Har bir o‘quvchi ma’lum vaqt davomida maktabda bo‘ladi. maktabning kelajagi, uning boyligi, madaniy hayoti hamma vaqt katta va jiddiy maqsad sifatida jamoa oldida turishi shart.
O‘quvchilar maktabni sevsalar uning kelajagiga qizikib qaraydilar. Pedagogning maxorati o‘quvchilar jamoasi oldiga muhim istiqbollar qo‘ya bilishdan, vazifalarni amalga oshirishga chaqiribgina qolmasdan bolalar g‘ayrat shijoatini, topshiriqlarini bajarishga qaratishdan ham iborat.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. An’ana o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatining shunday shakliki unda munosabatlar harakteri hamda ijtimoiy fikr yorqin ifodalanadi.
Mavjud an’analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. A. Kundalik turmush an’analari. B. Bayram an’analari. Kundalik turmush an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini, mehnat faoliyatini va boshqa faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Bayram an’analariga davlat tomonidan belgilangan kunlarni nishonlash, bitiruvchilar kechasi, paxta bayrami o‘tkazish, «alifbe kuni» va boshqalar kiradi. Nazorat topshiriqlari:
1. O‘quvchilar jamoasini mustahkamlashning foydali yo‘llaridan birin aniqlang. a) Talabning aniq bo‘lishi. v) Muntazam nazorat qilish. s) Jamoa a’zolariga keng erk berish. d) Kattikkullik qilish. ye) Faollarni rag‘batlantirib turish.
2. Maktabning «Yagona talabi» deganda nimani tushunasiz? a) Direktorning buyruqlarini. v) O‘qituvchilar kengashi qarorini. s) O‘qituvchilarning xulqini tartibga soluvchi qoidalar yigi-ndisi. d) Sinf majlisining qarorlari. ye) Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari rejasi.
3. O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar______________________ kushib olib borilganda ijobiy natijalar beriladi.
4. «O‘quvchilardan talab qilishdan oldin, o‘qituvchi o‘zidan talab qilishni o‘rganishi zarur» - degan fikrni kim bildirgan. a) X.X.Niyoziy. v) A.Avloniy. s) A.Navoiy. d) K.D.Ushinskiy. ye) A.S.Makarenko.
5. Faollar bilan ishlashda quyi sinf o‘quvchilari, o‘rta yoshdagi o‘quvchilar hamda yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan ish usullarini tahlil qiling.
6. Istiqbol rejalar qabul qilish va bajarishning tarbiyaviy ahamiyatini so‘zlab bering. Ularning yutuqlarini izohlang.
7. Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbol rejalarga misollar keltiring. Ularning qabul qilinishi, bajarilishi va yakunlanishini taqqoslab ko‘ring.
8. Maktabda nishonlanadigan an’analar necha guruhga bo‘linadi. a) Ikki guruhga. v) Uch guruhga. s) To‘rt guruhga. d) Besh guruhga. ye) Olti guruhga.
9. Parallel ta’sir etish prinsipining mohiyatini tushuntirib bering va uning ahamiyatini izohlang.
10. O‘zingiz a’zo bo‘lgan jamoaning shakllanganlik darajasini aniqlang. Faollar munosib tanlanganmi. qanday o‘zgarish kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. jamoangizning yutuq va kamchiliklarini yozma tahlil qiling.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish