Asosiy va qo‘shimha o ‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
1. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev. Pedagogika.Darslik.T :.O ‘qituvchi 2008-yil
2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil
3. K.Xoshimov, S.Ochilov. 0 ‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
4. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika. O ‘quv qoilanma. Т.:Noshir 2009-yil
11-MAVZU: BOLALAR TARBIYA JAMOASI VA YAGONA PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI
Reja:
1. O‘quvchilar jamoasining tarbiya jarayonidagi o‘rni.
2. O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari.
3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Jamoa, o‘quvchilar jamoasi, farmal jamoa, nofarmal jamoa, umummaktab jamoasi, jamoada shaxs tarbiyasi, jamoa faollari, topshiriqlar, jamoaning rivojlanish bosqichlari, o‘z-o‘zini boshqarish, istiqbol rejalar, parallel tarbiyaviy ta’sir, an’analar, yagona talab.
1. O‘quvchilar jamoasining tarbiya jarayonidagi o‘rni:
1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi: O‘quvchilar jamoasining mohiyatini bayon etadi. Jamoaning paydo bo‘lishi va tarkib topishida topshiriqlarning ahamiyatini ochib beradi. Jamoaning o‘quvchi shaxsiga ta’siri va tarbiyaviy imkoniyatlarini tushuntiradi.
Talabalarning o‘z jamoalarida tutgan o‘rni va mavqeini anglashga yo‘naltiradi. Identiv o‘quv maqsadlari:
1.1. Jamoa va o‘quvchilar jamoasining mohiyatini aytib beradi.
1.2. Jamoaning o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashdagi imkoniyatlarini izohlaydi.
1.3. Jamoaning jipslashuvida topshiriqlarning ahamiyatini sharhlaydi.
1-asosiy savolning bayoni:
Pedagogika fani o‘quvchilar jamoasini tashkil etish va shakllantirishga tarbiya nazariyasi va amaliyotining markaziy masalalaridan biri deb qaraydi. Jamoada, jamoa orqali va jamoa uchun tarbiyalash tarbiya nazariyasining muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi. Inson bolasi dunyoga kelganidan umrining oxirigacha turli jamoalarning a’zosi bo‘lib yashaydi.
Oila jamoasi, maktabgacha tarbiya, maktab jamoasi, ishlab chiqarish jamoalari o‘zoq davom etadigan formal jamoalar hisoblanadi. Formal jamoa aniq tartib-qoidalar asosida ma’lum muddat davomida birlashgan kishilar uyushmasidir. Noformal jamoa- qisqa, tasodifiy yoki vaqtinchalik birlashgan kishilar yig‘indisidir. Bunda har bir kishining o‘ziga yarasha maqsadi asosiy rol o‘ynaydi.
Noformal jamoaning o‘zoq vaqt davom etadigan va shaxsga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shakli o‘rtoqlar guruhi (ulfatchilik) hisoblanadi. Bola shaxsiga tarbiyaviy ta’sir etuvchi jamoa – o‘quvchilar jamoasidir, jamoa deyilganda umumiy maqsad (ijtimoiy foydali ahamiyat kasb etgan) va birgalikdagi faoliyat uchun jipslashgan o‘quvchilarninng birlashmalari tushuniladi. Bolalarning jamoadagi o‘zaro munosabati, shaxsiy javobgarlikni his etishi, huquqdan foydalanish va vazifalarni bajarishda barcha a’zolarning tengligi bilan belgilanadi. Jamoaning asosini boshlang‘ich jamoa tashkil etadi.
Boshlang‘ich jamoa A.S.Makarenko ta’biri bilan aytganda «shaxs bilan aloqada bo‘lishi asbobi»dir, chunki, unda o‘quvchilar o‘zaro yaqin muomalada bo‘ladilar, hamma vaqt birgalikda harakat qiladilar, butun jamoaga qo‘yilgan maqsadni hal etishda qatnashadilar. Har bir boshlang‘ich jamoa(sinf) o‘z tarkibiy qismlariga ega bo‘lsada, umumiy jamoaning bir qismi hisoblanadi.
Bu jamoa maqsadlarining birligi va umumiy ishlarni tashkil etishi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar jamoasi kattalar jamoasidan faoliyatining romantikligi, rangbarangligi bilan farqlanadi. Jamoa ta’sirida o‘quvchilar ma’naviy, iqtisodiy Ekologik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadilar.
Jamoada bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro yordam, faqat o‘z haqida emas, balki boshqalar haqida ham uylashga intilish, jamoa manfaatini o‘z qiziqishidan ustun qo‘yish ko‘nikmalari xosil bo‘ladi. Jamoada o‘rtoqlik va do‘stlik hissi mustahkamlanadi. O‘quvchilar jamoasini tuzayotib, tarbiyalayotib maktab o‘qituvchilari uning har bir a’zosini shakllantiradi.
Xalqimizning buyuk allomalari, olimlari hamda atoqli pedagoglari tarbiyada jamoaningn ahamiyatini yuksak baholaganlar. Jamoa bo‘lib yashash, ishlash va umuman faoliyat yuritish bizning odat hamda axloq normalarimizning ajralmas qismini tashkil etishi zarurligini ko‘rsatganlar.
Bunday his yaxshi tashkil etilgan jamoadagini xosil bo‘ladi va mustahkamlanadi. Boshlang‘ich jamoada bolalar bir-birlari bilan yaqin munosabatda bo‘ladilar. Ham ijobiy, ham salbiy ishlarni ko‘radilar. O‘rtog‘ining xatti-harakatlarini baholashga, boshqalar ishi uchun javob berishga o‘rganadilar. Maktab jamoasining doimiy harakatdagi organlari bilan bir qatorda jamoaga (ayrim sinflarda) va ayrim o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar ham alohida o‘rin tutadi. Jamoaga vaqtincha beriladigan topshiriqlar ko‘pchilik o‘quvchilarni doimiy faoliyatga jalb etishni ko‘zda tutadi.
Jamoaga vaqtincha beriladigan topshiriqning keng tarqalgan turi sinfning maktab bo‘yicha navbatchilik qilishidir. Navbatchi sinf o‘z vazifalarini yaxshi bajara olsa, navbatchilik qilishda ishonch bilidirilganini sezsa va bundan faxrlansa, navbatchilik huquqidan mahrum etilganda buni jiddiy jazo deb bilsa bu tadbirdan ko‘zlagan maqsadga erishilgan bo‘ladi.
Shunga o‘xshash navbatchiliklar o‘quvchilarda tashkilotchilik malakalarini, topshirilgan ish uchun javobgarlik hissini tarbiyalaydi, o‘z ishlarining natijasini ko‘rish imkonini beradi. Navbatchilik ishlari uchun sinf faollari javob beradi. Navbatchilik ishlari mohirlik bilan tashkil etilgan o‘quvchilar jamoasiga ma’lum huquqlar berilgan joyda o‘qituvchilar uchun navbatchilik ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday qiyinchilik sezilmaydi, ayni vaqtda, bu o‘qituvchilar o‘quvchilarga maslahatchi va yo‘l ko‘rsatuvchilar sifatida ish olib boradilar.
Ba’zi maktablarda yuqori sinf o‘quvchilarini maktab xovlisini va unga yaqin joylarni tozalashga javobgar qilib tayinlaydilar. Bulardan tashqari, ular turli tadbirlar o‘tkazish, umummaktab devoriy gazetasini chiqarish, muntazam radio eshittirishlarini uyushtirish uchun ham mas’ul bo‘ladilar. Ayrim o‘quvchilarga beriladigan alohida topshiriqlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Topshiriq berishda har bir o‘quvchining qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish zarur. Topshiriq sust o‘quvchilarni faollashtirishda, jamoa uchun foydali ishga jalb etishda juda yaxshi vositadir.
Alohida topshiriqlar o‘quvchilarga quyi sinfda boshlab beriladi. Kuyi sinflarda (1-2 sinf) o‘quvchilar navbatchi sanitarlar, gulchilar, daftar tarqatuvchilar bo‘lib xizmat qiladilar. Yuqori sinf o‘quvchilari faqat sinf doirasidagi ishlarni emas, balki maktab undan tashqarida qilinadigan topshiriqlarni ham bajaradilar. Otaliqqa olingan sinf bilan ishlash, ko‘rsatma materiallar tayyorlash, qarovchilari bo‘lmagan keksa oilaga qarashish kabi ishlar shular jumlasidandir. Topshiriq beriladigan sharoit hamda topshiriq berish ohangi ishning bajarilishida juda muhim ahamiyatga ega. Topshiriq aniq bo‘lishi, jiddiy tabiiy ohangda o‘quvchiga ishonch bildirib, ba’zida tabassum hamda hazil aralash va hamma vaqt har bir o‘quvchiga alohida diqqat e’tibor bilan gapirish kerak. Topshiriqlarninng o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, uning bajarilganligi haqida hisobot berishni talab qilish nihoyatda muhimdir.
Agar bola bajarish vaqtida birorta yangilik kiritsa, topshqirlik namoyon etsa buni albatta ta’kidlab o‘tish kerak.
Nazorat topshiriqlari: 1. Jamoa bo‘lishning asosiy belgisi. a) Maqsad birligi. v) Ruhiy yaqinlik. s) Yashash uchun qulay sharoitga ega bo‘lish. d) Zerikib qolmaslik. ye) O‘zaro yordam.
2. Formal jamoani ko‘rsating. a) Kino zalida o‘tirib tomosha qiluvchilar. v) Futbol ko‘rish uchun stadionga yigilganlar. s) Futbol o‘ynayotgan komanda a’zolari. d) Avtobusdagi yo‘lovchilar. ye) Bozordagi haridorlar.
3. Noformal jamoani aniqlang. a) Oila jamoasi. v) Sinf jamoasi. s) Maktab jamoasi. d) O‘rtoqlar yig‘ini. ye) To‘garak a’zolari.
4. O‘quvchilar jamoasining asosiy xususiyatlarini so‘zlab bering.
5. O‘qituvchilarning boshlang‘ich jamoasi a) O‘quvchilar. v) Tarbiyasi qiyin o‘quvchilar. s) Maktabning barcha o‘quvchilari. d) Bir ko‘chada (mahallada) yashovchi o‘quvchilar. ye) Sinf o‘quvchilari jamoasi.
6. O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini yozma bayon eting.
7. O‘quvchilar jamoasiga topshiriqlar berishda nimalar e’tiborga olinadi. a) O‘quvchilarning yosh xususiyatlari. v) O‘quvchilarning bo‘sh vaqti. s) Moddiy manfaatdorlik. d) O‘qituvchilarning nazorat qilishiga qulaylik. ye) Maktab direktorining buyrug‘i.
8. Topshiriqning muhim xususiyati. a) Yengil bajarilishi. v) Murakkabligi. s) O‘z vaqtida bajarilishi. d) Bajaruvchi uchun foydaliligi. ye) Kasb egallashga qaratilganligi.
9. Jamoaga va alohida o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning jamoaning mustahkamlashdagi o‘rnini aniq misollar bilan izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |