* O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti



Download 0,68 Mb.
bet93/93
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#829220
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
ИНТЕГРАЦИЯ ФАНИ МАЖМУАСИ

TEST SAVOLLARI
1.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish bosqichlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.
A.1996-2000, 2001-2004, 2005 yildan keyingi yillar
B.1995-1998, 1999-2001, 2002-2005 yillar
V.1997-2001, 2001-2005, 2005 va undan keyingi yillar
G.A va B javob to‘g‘ri
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

2.Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari to‘g‘ri berilgan katorni belgilang.


A.Davlat va jamiyat, ishlab chiqarish uzluksiz ta‘lim
B.Shaxs, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish
V.Ta‘lim tizimi, shaxs, davlat va jamiyat
G.Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

3.Uzluksiz ta‘limni faoliyat ko‘rsatish printsiplarini aniqlang.
A.Ta‘limni ustuvorligi, ta‘limning demokratlashuvi
B.Ta‘limning insonparvarlashuvi
V.Ta‘limning ijtimoiylashuvi, milliy yo‘naltirilganligi
G.Ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

4.Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.


A.Oliy pedagogik ma‘lumotli, tegishli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lgan shaxslar
B.Tegishli ma‘lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar
V.Oliy va o‘rta maxsus pedagogik ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxslar
G.A va V javoblar to‘g‘ri
D.B va V javoblar to‘g‘ri

5.Kimlarga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi


A.Tegishli ma‘lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga
B.Oliy ma‘lumotli bo‘lmagan shaxslarga
V.Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud xukmiga asosan man etilgan shaxslarga
G.O‘rta maxsus ma‘lumotli shaxslarga
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

6.Ta‘lim tizimi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.


A.Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim dasturini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari
B.Ta‘lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar
V.Ta‘lim sohasida davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
G.Yuqoridagi javoblar to‘g‘ri
D.Hamma javoblar noto‘g‘ri

7.Tarbiya qachon vujudga kelgan?


A.Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan
B.Asrimiz boshlarida
V.Uyg‘onish davrida
G.Quldorlik tuzumi davrida
D.Kapitalistik tuzumda

8.Quyidagilardan asosiy pedagogik tushunchalarni belgilang.


A.Shaxs kamoloti, irsiyat, muhit va tarbiya
B.Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot, pedagogik jarayon, pedagogik hodisa
V.Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi, bilim, ko‘nikma va malakalar
G.Ijtimoiy muhit, jamiyat, irsiyat, pedagogik jarayon
D.Tarbiya, ta‘lim, o‘qitish, o‘qish

9.Pedagogika ijtimoiy fanlarning biri sifatida qaysi fanlar bilan bevosita yaqin aloqada rivojlanadi?


A.Geografiya, biologiya, ximiya, fizika
B.Ona tili, adabiyot, lingvistika, grammatika
V. Psixologiya, anatomiya va fiziologiya, maktab gigiyenasi.
G.Falsafa, etika, estetika, axloqshunoslik
D.Pedagogika tarixi, falsafa, ona tili

10.Hozirgi davrda pedagogika fani rivojiga xizmat qiladigan man‘balarni aniqlang.


A.O‘zbek xalq og‘zaki ijodi, dostonlar va ertaqlar
B.Texnikaga doir yirik ilmiy kashfiyotlar, koinotni o‘rganishga doir bilimlar
V.Ajdodlarimizning ma‘rifiy-pedagogik merosi, ta‘lim-tarbiya haqidagi ilg‘or nazariyalar
G.Falsafa va unga doir nazariyalar
D.Pedagogika tarixiga doir materiallar

11.Quyidagilardan pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlarini aniqlang.


A.Kuzatish, suhbat, eksperiment, adabiy manbalar, hujjat va arxiv materiallari
B.Tushuntirish, o‘qitish, maslahat berish, bilish faolligini oshirish
V.Munozara, anjuman, ma‘ruza, suhbat
G.Hikoya, namoyish qilish, darslik va kitoblar bilan ishlash
D.Taqqoslash, ko‘rsatish, kuzatish, reyting

12.Pedagogika fanlar tizimini belgilang.


A.Falsafa, iqtisod, etika, estetika, pedagogika
B.Umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya, pedagogika
V.Umumiy pedagogika, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maxsus pedagogika, metodika, pedagogika tarixi
G.Psixologiya, maktab gigiyenasi, etika, pedagogika
D.Psixologiya, pedagogika, anatomiya, fiziologiya

13. Shaxs shakllanishining asosiy omillari nimalardan iborat?


A. Biologik omil, ijtimoiy muhit, tarbiya
B. Psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilish
V. Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot
G. O‘qish, o‘rganish, tarbiya
D. Irsiyat, tarbiya va ta‘lim

14. III sinf o‘quvchisi Anvar «Men qanday o‘qiyman?» mavzusidagi inshosida quyidagilarni yozadi: «Men yaxshi o‘qiyman, chunki otamga o‘xshab muhandis bo‘lmoqchiman. Ona tili va matematikadan «to‘rt» oldim, lekin albatta tuzataman. Chunki yaxshi muhandis bo‘lish uchun a‘lochi bo‘lish kerak. Agar men a‘lochi bo‘lsam otam velosiped olib bermoqchilar. Men shunga harakat qilaman.». O‘qish motivini aniqlang:


A. A‘lo o‘qish.
B. Velosipedli bo‘lish
V. Muhandis bo‘lish
G. O‘zini ko‘rsatish
D. Otasiga o‘xshash
15. Quyidagi berilganlardan aqliy tarbiyaning vazifasini aniqlang.
A. Jasur va botir Vatan himoyachilarini tarbiyalash
B. Tabiatdagi, jamiyatdagi insonlar munosabatidagi go‘zallikni anglash va baho berish.
V.Nutq va tafakkurni rivojlantirish,fan asoslaridan bilimlarini har tomonlama o‘rganish.
G. Insonlarga to‘g‘ri, oqilona munosabatda bo‘lish
D. Intellektual imkoniyatlarni tarbiyalash

16. Didaktikaning asoschisi kim?


A. I.G.Pestalotstsi
B. Abu Ali ibn Sino
V. Marg‘iloniy
G. Ya.A.Komenskiy
D. Forobiy

17. Quyidagi javoblardan qaysi biri ta‘lim jarayonini ifodalaydi:


A.Shaxs shakllanadigan jarayon
B.Muayyan dunyoqarash qaror topa boradi
V.Bilmaslikdan bilishga tomon harakatning o‘z ichiga oladigan jarayon
G.Tarbiyalash jarayoni
D.O‘qishni tashkil etish jarayoni

18.Ta‘limning ikki yoqlama xarakteri nimani anglatadi?


A.Ta‘lim va tarbiya birligi
B.O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining birligi
V.O‘qishni tashkil qilish, o‘quvchilarni individual psixik rivojlantirish sur‘atini tezlashtirish
G.O‘quvchilarda muayyan dunyoqarashni tarkib toptirish
D.Ta‘lim va ma‘lumot

19.Ta‘lim jarayonining muhim belgilarini aniqlang.


A.Tarbiyaviy vazifalari amalga oshirish
B.O‘quvchilarning mustaqil ishlarga o‘rgatish
V.O‘qishni tashkil qilish, o‘quvchilarning individual psixik rivojlantirish sur‘atini tezlashtirish
G.O‘qish va o‘qitish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

21.Didaktika nimani o‘rgatadi?


A.Tarbiya jarayonining umumiy qonuniyatlarini
B.Ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini
V.Tarbiya metodlarini
G.Xalq ta‘lim tizimini
D.Barcha jarayonlarni

22.Didaktika so‘zining lug‘aviy ma‘nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?


A. O‘rgatuvchi
B. Bola yetaklovchi
V. Zehn va qobiliyat
G. Aqlga qayta ishlov berish
D. Tabiatni o‘rganaman
20.Pedagogik texnologiya nima?
A.Pedagogik fan
B.Ta‘lim metodi
V.Pedagogik maxorat
G.A va B javoblar to‘g‘ri

23.O‘quv materialini idrok qilish, tushunish, mustahkamlash, hamda amalda qo‘llash qaysi jarayonning bosqichlari?


A. Ta‘lim jarayonining
B. Takrorlashning
V. Bilish jarayonining
G. Tarbiya jarayonining
D. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining

24.Ta‘lim mazmuniga qaysi javobda to‘g‘ri ta‘rif berilgan?


A. Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari doirasida o‘z aksini topadi
B. Davlatning xalq ta‘limi va muayyan turdagi o‘quv yurti oldiga quyidagi vazifalarida namoyon bo‘ladi
V. Maktabda belgilab beriladigan ta‘lim-tarbiya jarayoni
G. O‘quvchilarni egallab olishi lozim bo‘lgan, bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi
D. Hamma javoblar to‘g‘ri ta‘riflangan

25.O‘quv rejasining mohiyati qaysi javobda berilgan.


A.Har bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim, hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjati
B.O‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjati
V.Tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi hujjat
G.Ta‘lim mazmunini belgilovchi hujjat
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

26.Ta‘lim qoidalari qaysilar?


A.Ilmiylik va onglilik
B.Izchillik va muntazamlilik
V.Tarbiyalovchilik va ko‘rsatmalilik
G.Amaliyot bilan bog‘liqlik
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

27.O‘qitish usullari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


A.Og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, muammoli izlanish, reproduktiv
B.Ko‘rgazmali, uqtirish, nasixat, namuna, o‘rgatish, odatlantirish
V.Amaliy mehnat, jismoniy, aqliy, ekologik, iqtisodiy, amaliy
G.Estetik, grafik tushuncha, ta‘riflar, qoidalar chiqarish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

28.Ta‘limning og‘zaki usulining turlari qaysi javobda berilgan?


A.O‘qituvchining hikoyasi, suhbat va maktab ma‘ruzasi
B.Ko‘rgazmali, texnika vositalari, kuzatish
V.Muammoli vaziyat yaratish, testlar, amaliy mashg‘ulot
G.Mashqlar, grafik ishlar, ko‘rgazmali, ekskursiya
D.Hech qaysi javoblar to‘g‘ri berilmagan

29.Namoyish etish, kuzatish va ekskursiya o‘qitishning qaysi usuliga mansub?


A.Amaliy
B.Mustaqil ish
V.Ko‘rgazmali
G.Og‘zaki
D.Kitob bilan ishlash

30.O‘qitishning amaliy usuli qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


A.Og‘zaki, yozma mashqlar, frontal tajribalar, grafik ishlar
B.Laboratoriya ishlari, namoyish qilish, ko‘rsatish, kuzatish
V.Kuzatish, ko‘rsatish, suhbat, ma‘ruza, hikoya
G.Namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya, muammoli o‘qitish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

31.Qaysi javobda sinfga to‘g‘ri ta‘rif berilgan?


A.O‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakl, o‘quvchilar bilan ishlash
B.O‘quv ishlarining markaziy qismi, bolalar guruhi
V.Yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan ma‘lum miqdordagi o‘quvchilar guruhi
G.Bilim darajasi bir xil bo‘lgan o‘quvchilar guruhi
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

32.Darsning qanday turlari mavjud?


A.Aralash dars
B.Yangi bilimlarni bayon qilish
V.O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi
G.Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

33.Uy vazifasini so‘rash, yangi materiallarni bayon qilish, yangi materiallarni mustaxkamlash, uy vazifalarini tekshirish qaysi dars turiga mansub?


A.Takrorlash-umumlashtirish
B.Yangi bilimlarni bayon qilish
V.Aralash dars
G.Bilimlarni mustahkamlash
D.Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish

34.Yangi bilimlarni bayon qilish, yangi bilimlarni mustahkamlash, yangi bilimlar ustida mashq qilish qaysi turiga mansub?


A.Aralash
B.O‘tilgan materialni mustahkamlash
V.Takrorlash-umumlashtirish
G.Bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish va yangi bilimlar berish
D.Yangi bilimlar berish darsi

35.Pedagogika qanday fan?


A.Ta‘lim haqidagi fan
B.Inson tarbiyasi haqidagi fan
V.Ma‘lumot haqidagi fan
G.Bilim haqidagi fan
D.Jamiyat haqidagi fan
36.Birinchi bo‘lib kim sinf-dars tizimini kashf etgan?
A.Forobiy
B.Ya.A.Komenskiy
V.Marg‘iloniy
G.Ruvinskiy
D.Babanskiy

37.Differentsiyalash tushunchasini qaysi tushuncha bilan teng deb qo‘llaymiz?


A.Ta‘limni optimallashtirish
B.Ta‘limni qulaylashtirish
V.Ta‘limni tabaqalashtirish
G.Hamma javoblar to‘g‘ri
D.Hamma javoblar noto‘g‘ri

38.Ma‘lum o‘qitish usulini muvaffaqqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari-asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilar qaysi terminga mansub?


A.Usul
B.Vosita
V.Uslub
G.Ta‘lim
D.Tarbiya

39.O‘rganilgan bilim kecha o‘rganilgan bilimni mustahkamlaydi va ertaga o‘rganiladigan bilimga zamin hozirlaydi. Bu ta‘limning qaysi qoidasiga mos keladi?


A.Ta‘limning ilmiy bo‘lish qoidasi
B.Ta‘limning o‘quvchi yoshiga mos bo‘lishi
V.Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi
G.Ta‘limning tizimli va izchil bo‘lishi
D.Hamma javoblar noto‘g‘ri

40.O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘qitish metodlarini aniqlang.


A.Muammoli tizim
B.Hikoya
V.Namoyish qilish va suhbat
G.Tushuntirish va suhbat
D.Ko‘rgazmali metodlar

41.Ta‘lim mazmuni nimalarda ifodalanadi?


A.DTS, o‘quv rejasida, dasturi va darsliklarida
B.Ta‘lim metodlari, vosita va qo‘llanmalarda
V.Ta‘lim printsiplarida, o‘qituvchining amaliy ishida
G.Ta‘lim shaklida, dars tuzilishi, tipi va qo‘llanishida
D.Barcha javoblar to‘g‘ri

42.Ya.A.Komenskiyning qaysi asari ta‘lim rivojlantirishga g‘oyat katta hissa qo‘shdi?


A.Ustozi avval
B.Yengil adabiyot
V.Bolalarga jonim fido
G.Pedagogika
D.Buyuk didaktika

43.O‘zbekistonda ta‘lim nazariyasining rivojiga hissa qo‘shgan pedagoglar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?


A.A.Avloniy
B.X.X.Niyoziy
V.S.Rasuliy
G.Qori Niyoziy
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

44.Bilish nimadan boshlanadi?


A.Sezishdan
B.Idrokdan
V.Ko‘rishdan
G.Tushunishdan
D.Barcha jarayonda bir vaqtda boshlanadi

45.Quyida keltirilgan mutafakkirlardan kimlar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bilganlar?


A.Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Navoiy
B.Navoiy, Xamza, Avloniy, Furqat
V.Komenskiy, ibn Sino, Farg‘oniy, Zavqiy
G.Ushinskiy, Forobiy, Beruniy, Pestalotstsi
D.Komenskiy, Ushinskiy, Russo, Disterveg

46.Tarbiya jarayoni qanday jarayon?


A.Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon
B.Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi qatnashadigan jarayon
V.Tarbiyachi bevosita tashkil etadigan, ko‘p qirrali qatnashadigan jarayon
G.Ta‘lim-tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradigan jarayon
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

47.«Metod» so‘zining lug‘aviy ma‘nosini ko‘rsating?


A. «Metod» yunoncha so‘z bo‘lib, «uslubiyat» ma‘nosini bildiradi
B. «Metod» lotincha so‘z bo‘lib, «vositachi» ma‘nosini bildiradi
V. «Metod» inglizcha so‘z bo‘lib, «yo‘l ko‘rsatuvchi» degan ma‘noni bildiradi
G. «Metod» grekcha so‘z bo‘lib, yo‘l, usul demakdir
D. To‘g‘ri javob berilmagan

48.Tarbiyaning maqsadi nima?


A.Insonni tarbiyalash
B.Insonni bilimli qilish
V.Insonga rejali va muntazam ta‘sir ko‘rsatish
G.Barkamol, xar tomonlama yetuk insonni tarbiyalash
D.Shaxsni ma‘lum bir faoliyatga tayyorlash

49.Huquqiy tarbiyaning mazmunini ayting.


A.Fuqarolarda yuqori huquq madaniyatini shakllantirish, ularni o‘z huquqlarini tanishga, o‘zgalar huquqini himoya qilish, hurmatlash, jamiyat miqyosidagi qoida va normalarni bilishga o‘rgatadi
B.Jamiyatdagi insonlararo munosabatlarni tartibga solib turuvchi, insonlar o‘rnini, burchini belgilab beruvchi qonunlar majmui
V.Insonlarni Konstitutsiyaviy huquq va burchlarini anglab olishga yordam berish
G.To‘g‘ri javob yo‘q
D.Huquqiy normalarni va qoidalarni, huquqiy qonunlarni o‘rgatadi

50.Ekologik tarbiya nima?


A.Ekologik tarbiya isnonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalaydi
B.Tabiat va jamiyat munosabatlariga oid tushunchalar majmui
V.Tabiat haqidagi bilimlar majmui
G.Ekologik tarbiya insonni jismoniy va aqliy tarbiyasiga ta‘sir etadi
D.To‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan

51.Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda qanday hislatlarni tarkib toptiradi?


A.Umuminsoniy qadriyatlarni, odob, axloq, ishbilarmonlik, kasb odobi kabilarni
B.Tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish kabilarni
V.Milliy qadriyatlarni o‘rganish asosida o‘z- o‘zini anglash, Vatan taraqqiyoti uchun mehnat qilish
G.Vatanga muhabbatni, birgalikda ish yuritishni
D.Oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash

52.Ekologik tarbiyaning manbalariga nimalar kiradi?


A.Tabiat, yer suv, xavo
B.Yer, xavo, tuproq
V.Tabiat, jamiyat
G.Yer, suv
D.Tabiat, suv

53.Ekologik tarbiyaning vazifasi nimalardan iborat?


A.Tabiat boyliklarini tejab-tergashga, tabiatni muhofaza qilishga o‘rgatish
B.Yuqolib borayotgan boyliklarni asrash, yer, suv, havoni tozalash
V. O‘simliklar dunyosini asrash, tabiatga munosabat
G.Atrof-muhitga ijobiy munosabatni tarbiyalash
D.Hayvonot dunyosini asrash, ularga mehribonlik

54.Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi nima?


A.Mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasb tanlashga o‘rgatish, mehnatga amaliy tayyorlash
B.Bolalar mehnatga nisbatan biror bir munosabatni tarkib toptirish, ularning qobiliyatini rivojlantirish va hayotga amaliy kasb tanlashga tayyorlashdan iborat
V.Mehnat malakalarini shakllantirish, kasb-hunarga tayyorlash, mehnat asosida d o‘stlik- o‘rtoqlikni tarbiyalash
G.Kasb-hunar o‘rgatish, mehnatga munosabatni shakllantirish
D. Halol yashash

55.O‘qituvchi mustaqil ish daftarini tarqatar ekan, ilgari b o‘sh o‘zlashtiruvchilar safida bo‘lgan Olimjonning muvaffaqiyatini alohida ta‘kidladi. Q o‘llanilgan tarbiyaviy usulini aniqlang.


A.Tanbex berish
B.Rag‘batlantirish
V.Jazolash
G.Mukofotlash, ma‘qullash
D.Qayd etish

56.Keltirilgan javoblardan o‘quvchilarning bilim egallash etaplarini ko‘rsating?


A.O‘qish- o‘rganish
B.Bilim, ko‘nikma va malakalar
V.O‘quv materialini idrok qilish, anglash, mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish
G.Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot olish
D. O‘rganish, o‘qish, o‘zlashtirish

57.O‘quv materialini idrok qilishga qaysi manbalardan foydalaniladi?


A.Ko‘rsatish, kuzatish, taqqoslash
B.Sezgi, idrok, tasavvurlar
V.Diqqat, xotira, tafakkur
G.Analiz, sintez, abstraktsiya
D.Ko‘rsatish, xotira, sezgi

58.Quyidagilardan qaysilari o‘quv materialini anglashga yordam beradi?


A.Sezgi, idrok, tasavvurlar
B.Tafakkur jarayonlari (analiz, sintez, taqqoslash, abstraktsiya, induktiv, va diduktiv xulosalar chiqarish)
V.Ko‘rsatish, kuzatish, amaliy ishlar
G.Laboratoriya ishlari, turlari, tajribalar
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

59.Ta‘limning ko‘rgazmalilik metodlari ifodalangan javobni aniqlang.


A.Tushuntirish, uqdirish, suhbat
B.Hikoya, darslik va kitoblar bilan ishlash
V.Kuzatish, namoyish qilish, ekskursiya
G.Reproduktiv metod
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

60.O‘quv dasturida nimalar aksini topgan b o‘ladi?


A.Xar bir sinfda o‘qitiladigan o‘quv predmetlar soni
B.O‘quv rejasining kengaytirilgan tahlili
V.O‘quv yili davomida har qaysi sinfda alohida predmetlar b o‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladigan, o‘quv rejasi asoslanib tuziladigan hujjat
G.Ma‘lum predmet yuzasidan o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ta‘riflangan o‘quv q o‘llanmasi
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

61.Sinfdan tashqari ishlar qaysi o‘rinda to‘g‘ri ta‘riflangan?


A.O‘qituvchilar o‘quvchilarning b o‘sh paytlarida tashkil qiladigan o‘quv tarbiyaviy ishlar
B.Darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchilar yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislarning o‘quvchilar bilan olib boradigan turli xil ta‘lim-tarbiyaviy ishlar
V.Darsdan s o‘ng belgilangan kunlarda o‘qituvchilar o‘quvchilar qizikishiga asosan tashkil qiladigan t o‘garak ishlari
G.O‘quvchini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiluvchi darsdan b o‘sh vaqtlarida mustahassis o‘qituvchilar olib boradigan o‘quv-sog‘lomlashtirish tadbirlari
D.Hamma javoblar to‘g‘ri

62.O‘tmish madaniy merosimizni o‘rganishga da‘vat etuvchi Prezident I.A.Karimovning asari nomini aniqlang.


A.Bizdan obod va ozod Vatan qolsin
B.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
V.Ogohlikka da‘vat
G.Tarixiy xotirasiz kelajak yuk
D.Alloh qalbimizda, yuragimizda

63.Ilk pedagogik asarlar turkumini aniqlang.


A.Afsonalar
B.Ertaklar
V.Rivoyatlar
G.Dostonlar
D.Barcha javoblar to‘g‘ri

64.Islom ta‘limotidagi pedagogik fikrlar qaysi manbalarda t o‘la aks etgan?


A.Qur‘oni Karimda
B.Qur‘oni Karim va xadislarda
V.Xaftiyaxda
G.Chorkitobda
D. A va V javoblar to‘g‘ri

65.Abu Nasr Forobiy qaysi asarida komil inson tarbiyaviy sifatlarini ko‘rsatib bergan?


A.Musiqa haqida katta kitob
B.Konuni Mas‘uriy
V. «Metofizika»ga sharh
G.Fozil odamlar shahri
D.Fanlarning kelib chiqishi to‘g‘risida

66.Abu Nasr Forobiy qachon va qayerda tug‘ilgan?


A.Milodiy 870 yilda Hirotda
B.Milodiy 873 yilda Sirdaryoda
V.Milodiy 870 yilda Farg‘onada
G.Xijriy 320 yilda Buxoroda
D.Xijriy 518 yilda Samarqandda

67.Qadimgi Xorazmda qanday din va ma‘rifiy yodgorlik vujudga kelgan?


A.Zardushtiylik dini va «Avesto»
B.Otashparastlik dini va «Avesto»
V.Kubraviya va «Xadis»
G.Naqshbandiya ta‘limoti va «Qur‘on»
D.A va V javoblar to‘g‘ri

68.Ibn Sinoning bolaga ta‘lim-tarbiya berishga doir fikrlari bayon etilgan asarlarini aniqlang.


A. «Tib qonunlari», «Hidoyat»
B. «Kitob-al Qonuni fit-tib», «Qulunj»
V. «Tib qonunlari», «Tadbiri manozil», «Donishnoma»
G. «Donishnoma», «Risolatul tayr»
D. «Xayy ibn Yakzon» qissasi

69.Ibn Sino tavsiya etgan ta‘limni tashkil etish shaklini aniqlang.


A.Yakka tarzda
B.Jamoa tarzida
V.Q o‘rqitish vositasida
G.Brigada shaklida
D.Barcha shakllarda

70.Kaykovusning eng yirik pedagogik merosi hisoblangan asari nomini aniqlang.


A.Farzand tarbiya qilmoq zikrida
B.Suxandonlik haqida
V.Ota-ona haqqini bilmak zikrida
G. «Qobusnoma»
D. «Donishnoma»

71.Yusuf Xos Xojibning pedagogik asarini aniqlang.


A. «Donishnoma»
B. «Qutadgu bilig»
V. «Onalar maktabi»
G. «Eski maktab»
D. «Ona tili»

72.Abu Rayhon Beruniyning o‘qitish haqidagi fikrlarini aniqlang.


A.Bolalarni q o‘rqitib o‘qitish kerak
B.Avval ovqatlantirib, s o‘ngra o‘qitish kerak
V.Kun b o‘yi bitta fanni o‘qitish kerak
G.Fanlarni almashtirib o‘qitish kerak
D.Hamma javob to‘g‘ri

73.Al-Xorazmiyning qaysi asari yirik bir fanning nomiga aylandi?


A. «Kitob at-tarix»
B. «Jug‘rofiya»
V. «Al-Kitob-al-muhtasar fi-hisob al-jabr va-l-muqobala»
G. «Negizlar»
D. «Isloh kitob manalus»

74.Zardushtiylik ta‘limotiga k o‘ra bolalarga ta‘lim-tarbiya berish necha yoshdan boshlanadi?


A. 5 yoshdan
B. 6 yoshdan
V. 7 yoshdan
G. 10 yoshdan
D. 12 yoshdan

75.Zardushtiylik ta‘limotida olg‘a surilgan 3 asosiy hislatni ayting.


A. Yaxshilik va yomonlik
B. Ezgu fikr, ezgu suz, ezgu amal
V. Odoblilik, mehnatsevarlik, insonparvarlik
G. Gunoh , savob, uvol
D. Diniy, axloqiy, jismoniy tarbiya

76.Qadimgi Yunoniston va Rimda yashab, o‘z asarlarida ilk pedagogik g‘oyalarni olg‘a surgan olimlar kimlar edi?


A. Gippokrat, Tomas Mor, Hampanella
B. Ptolomey, Kvintilian, Bernard Shou
V. Demokrit, Aflotun, Arastu, Kvintilian
G.Ernest Xeminguey, Stendal, Motsart
D. Gyote, Geyne, Yakob Grimm

77.Qadimgi Yunoniston va Rimda faoliyat ko‘rsatgan maktablar nomini aniqlang.


A. Ritorlar, ritsarlar, monastir maktablari
B. Cherkov maktablari
V. Polestra, Agella, gimnastiy Efeblar maktablari
G. K o‘pkurash maktablari
D. To‘g‘ri javob y o‘q.

78.Eng qadimgi turkiy yozma pedagogik yodgorlik «Devonu lug‘otit turk»ning muallifi kim?


A. Axmad Yassaviy
B. Axmad Yugnakiy
V. Maxmud Koshg‘ariy
G. Saloxiddin Toshkandiy
D. Rometoniy va Gijduvoniy

79.Axmad Yassaviy o‘zining O‘rta Osiyodagi ilk tasavvufiy ta‘limotining qaysi asarida mufassal bayon etgan?


A. «Yassaviya»
B. «Hikmat» («Devoni hikmat»)
V. «Hikmatnoma»
G. V va S javoblar to‘g‘ri
D. Barcha javoblar to‘g‘ri

80.Xo‘ja Bahouddin Naqshbandiy olg‘a surgan Naqshbandiya tariqati uning qanday so‘zlarida o‘z ifodasini topgan?


A.Tovba va tazarru qilib turish
B. Luqmai halol qoidasiga amal qilish
V. K o‘ngling Ollohda, qo‘ling ishda b o‘lsin
G. Shariatga rioya qilish
D. Barcha javoblar to‘g‘ri

81.Ibn Sino ota-onalarga bola tarbiyasini qachondan boshlashni tavsiya etadi?


A. Bola tug‘ilgan kundan boshlab
B. Bola olti oylik b o‘lgach
V. Ona qornida xomila paydo bo‘lishi bilan
G. Bola bir yoshga t o‘lgach
D. Ikki yoshdan boshlab

82.Mirzo Ulug‘bekning qaysi asarida 1018 yulduzning holati va harakati ko‘rsatib berilgan?


A. «Dorul-ilm»
B. «Chil ustun»
V. «Zijji Kuragoniy»
G. «Risolai isboti vojib»
D. «Risolatul-xuruf»

83. «Bola qalbi toza taxtaga o‘xshaydi, unga har qanday fikrni osonlikcha chizish mumkin»,-degan fikrni aytgan Sharq olimi va uning asari.


A. Axmad Yugnakiy-«Hibat-ul haqoyik»
B. Yusuf Xos Xojib-«Kutadg‘u bilig»
V. Jaloliddin Davoniy-«Axloqi asaloliyat»
G. Jaloliddin Davoniy-«Risola-dar-ilmul-nafs»
D. A va V javoblar to‘g‘ri

84. «Agar ota uning (ya‘ni bolaning) jismini jismoniy jihatdan tarbiyalashga sababchi bo‘sa, muallim uning ma‘naviy tarbiyasini kamolotga yetishuviga sababchidir». Bu fikrni kim va qaysi asarida aytgan?


A. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri»da
B. Abu Rayxon Beruniy «Hindiston»da
V. Jaloliddin Davoniy «Axloki Jaloliy»da
G. Alisher Navoiy «Xazoyinul maoniy»da
D. Gva D javoblar to‘g‘ri

85.Alisher Navoiyning tarbiyaning maqsadi haqidagi fikrlarini ko‘rsating.


A. Ilmli va jismoniy barkamol bo‘lish
B. Qayta tarbiyalab, yaxshi fazilatga o‘rgatish
V. Xalqparvar, ilmli, yaxshi fazilatli qilib tarbiyalash
G. Shafqatsizlikka o‘rgatish
D. S va D javoblar to‘g‘ri

86.Alisher Navoiyning pedagogik ahamiyatga molik asarlari nomini aniqlang.


A. Xamsa
B. Maxbub ul qulub, Xayrat-ul Abror
V. Xazoniul maoniy
G. Nazmul javohir
D. Barcha javoblar to‘g‘ri

87.Alisher Navoiy sayi-harakati bilan qurilgan va faoliyat ko‘rsatgan muassasalar va inshootlar.


A. «Ixlosiya» madrasasi
B. «Halosiya» xammomi
V. «Shifoiya» shifoxonasi
G. Yetim bolalar maktabi
D. Barcha javoblar to‘g‘ri

88. «Imkon boricha bolaga yaxshi ta‘lim-tarbiya berishga intilish lozim, toki u ijobiy hususiyatlarni o‘zlashtirsin va yaramas xarakatlardan uzini muxofaza qilsin». Ushbu pedagogik fikrlar muallifini aniqlang.


A. Abu Ali ibn Sino
B. Az-Zamaxshariy
V. Xo‘ja Baxouddin Naqshbandiy
G. Kaykovus
D. Xusayn Voiz Koshifiy

89.Xusayn Voiz Koshifiyning pedagogik qarashlari bayon etilgan asarlarni aniqlang.


A. «Axloqi Muxsiniy»
B. «Anvori Suxayliy»
V. «Futuvvatnomai sultoniy»
G. «Risolai Hotamiya»
D. Barcha javoblar to‘g‘ri

90.Samarqandda Ulug‘bek qurdirgan madrasa mudarrisi qilib kim tayinlangan?


A. Ali Qushchi
B. Qozizoda Rumiy
V. Muhammad Xavofiy
G. Vosifiy
D. G‘iyosiddin Jamshid Koshiy

91.Ulug‘bek Samarqandda to‘plagan olimlar soni 1417 yilda qanchaga yetgan?


A. 70 nafardan ortiq
B. 80 nafardan ortiq
V. 100 nafardan ortiq
G. 150 nafardan ortiq
D. O‘ndan ortiq

92.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik qarashlari bayon etilgan asarlari.


A. «Mufassal»
B. «Mubayyin»
V. «Boburnoma»
G. «Xumoyunnoma»
D. «Volidiya» (tarjimasi)

93.XIX asrda Xorazmda madaniyat, ma‘rifat rivojiga rahnamolik qilgan, bosmaxona tashkil qilgan xon.


A. Munis Xorazmiy
B. Muhammad Rahimxon Feruz
V. Ogaxiy
G. Rojiy
D. Munis

94.Maxmudxo‘ja Behbudiyning pedagogik qarashlari bayon qilingan asarning nomi.


A. «Kitob ot-torl» («Bolalar uchun kitob»)
B. «Islom amaliyoti»
V. «Padarkush»
G. «Najot»
D. «Ehtiyoji millat»

95. Buyuk chex olimi Ya.A.Komenskiy yashagan jamoaning nomini aniqlang.


A. «Birodarlar» jamoasi
B. «Chex qardoshlari» jamoasi
V. «Yashillar» jamoasi
G. «Ma‘rifatchilar» jamoasi
D. Barcha javoblar to‘g‘ri

96.Abdulla Avloniyning pedagogikaga taalluqli asari nomini aniqlang


A. «Turkiy guliston yoxud axloq»
B. «Biz va siz»
V. «Jaholat»
G. «O‘liklar»
D. «Qotili Karima»

97. «Buyuk didaktika» asarini o‘zbek tiliga ilk bor kim tarjima qilgan?


A. S.Rajabov
B. A.Munavvarov.
V. M.Ochilov
G. T.Gafforova, A.Choriev
D. A va B javoblar to‘g‘ri

98. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunni qachon qabul qilingan?


A. 1997 yil
B. 1992 yil
V. 1993 yil
G. 1994 yil
D. 1995 yil

99. Mustaqil O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qachon qabul qilindi?


A. 1997 yil 2 sentyabr
B. 1997 yil 10 oktyabr
V. 1997 yil 29 avgust
G. 1997 yil 5 dekabr
D. 1997 yil 9 may

100. O‘zbekistonda maktablar ishini rivojlantirishning umummilliy dasturi qachon qabul qilindi va u nechanchi yillarga m o‘ljallangan?


A. 2004 yil 30 aprel, 2004-2010 yillarda
B. 2004 yil 27 avgust, 2005-2008 yillarga
V. 2004 yil 10 may, 2003-2008 yillarga
G. 2004 yil 17 may, 2006-2009 yillarga
D. 2004 yil 2 5 may, 2005-2009 yillarga


111 Ларнер И.Я. Дидактические основы методов общения. – Москва, Педагогика, 1981. – с. 35.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish