* O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti


O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari: 2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi



Download 0,68 Mb.
bet76/93
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#829220
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
Bog'liq
ИНТЕГРАЦИЯ ФАНИ МАЖМУАСИ

2. O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari: 2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi: O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlarini birma-bir talabalarga tushuntirib beradi. Har bir bosqichda jamoa qanday holatda bo‘lishini izohlaydi. Talabalarni jamoa tarkibida faol bo‘lishga odatlantiradi.
Jamoani hurmat qilishga va uning barcha talablarini bajarishga o‘rgatadi. Identiv o‘quv maqsadlari:
2.1. O‘quvchilar jamoasining bosqichlarini so‘zlab beradi.
2.2. Har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi.
2.3. Jamoa faollarining xususiyatlarini tavsiflaydi. 2-asosiy savolning bayoni: O‘quvchilar jamoasi sinf tashkil topgan kundan boshlab shakllanib boradi. Ammo, dastlabki davrlarda hali jamoa jipslashmagan, alohida o‘quvchilar guruhi sifatida mavjud bo‘ladi.
O‘qituvchining, umummaktab jamoasining va sinf o‘quvchilarining sa’y-harakatlari bilan sekin-asta jamoa tartib-qoidalari namoyon bo‘lib bora boshlaydi. Bu jarayon bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha bosqichlarda o‘z takomiliga yetadi. Birinchi bosqich: O‘quvchilar bilan ishlashning dastlabki davrida hali jamoa tashkil etilmagan, faollar shakllanmagan vaqtda, shaxsga nisbatan jamoaning talabi bo‘lmaydi, har bir o‘quvchi o‘zi uchun javob beradi, o‘quvchilar hali o‘z o‘rtoqlari oldiga ham biror talabni qo‘ya olmaydilar.
Shuning uchun ham bu davrda o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘zlashtirish va intizom masalasini tushunishini talab etish qoidasidir. Rivojlanishning bu bosqichida o‘qituvchinigng talabi qat’iy, jiddiy, izchil prinsipial bo‘lishi kerak. Bu talablar tashkil etishga ilgaridan o‘ylangan murakkablashib boruvchi foydali ishlar tizimini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi muhimdir. O‘qituvchining talablari bolalar yoshi va imkoniyatiga mos, yetarlicha jiddiy bo‘lishi kerak.
U o‘qituvchi yuqori talablarni qo‘yish asosida o‘z atrofiga faollarni – jamoaning eng yaxshi qismini yig‘adi. Faol o‘qishga qiziquvchi sinf, maktab obro‘ini saqlab qolishga harakat qiluvchi, o‘qituvchining talablarini qo‘llab kuvvatlovchi o‘quvchilardir.
Shunday qilib, birinchi bosqichda pedagogning eng muhim vazifasi sinf jamoasining yadrosi bo‘lgan faollarni shakllantirishdan iborat. Ikkinchi bosqich Faollar bilan astoydil ishlash, ularni jipslashtirish va birgalikda ishlashga o‘rgatish, jamoa ishlarini tashkil qilish bilan harakterlanadi.
Buning uchun esa faollarni tez-tez yig‘ish, ular bilan ayrim muhim masalalar bo‘yicha seminarlar o‘tkazish, o‘z maktabining ishlari hamda istiqbollari haqida suhbatlashish, ular bilan birgalikda kundalik masalalarni hal qilish, faollar ichida rahbarlik ishiga layoqatli bolalarni tanlash (saylash) zarur.
Boshqalarga qaraganda faollardan intizomga qat’iy rioya qilishni ko‘proq talab etish, ularni o‘qishda va intizomda, jamoatchilik ishida ham boshqa bolalarga namuna ko‘rsatishga undash zarur. Faollarga berilgan imtiyozlar adolatli bo‘lishi va u o‘quvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, bu uning jamoa oldidagi xizmatlari natijasi ekanligini o‘quvchilar his etmoqlari kerak. Faollarga nisbatan qo‘yiladigan talablarning pasayishi, o‘rinsiz imtiyozlar berishi sinfda yomon vaziyat tug‘dirishi mumkin.
Pedagoglar faollar e’tiborini jamoa a’zolari bilan ishlashga qaratmoqlari kerak. Faollar boshlang‘ich jamoaga tayangan holda maktab hayotiga ko‘plab o‘quvchilarni jalb etadi. Bu bosqichda faollar jamoaga ko‘prok talablar qo‘yib, o‘ziga ham talabchan bo‘ladi. Faollar rivojlanishning bu bosqichida hali bush va beqaror bo‘ladi, biroq shunday bo‘lishiga qaramay, pedagog tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ularga tayanadi. Bu bosqichda o‘qituvchining muhim vazifasi faollarni jamoa a’zolari bilan ishlashga o‘rgatish, jamoani yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Uchinchi bosqich: Jamoa hayotining barq urishi o‘zaro munosabatlarning shakllanishi jamoaning shaxsga ta’siri bilan harakterlanadi. Faollar hamda o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy faoliyatning xilma-xil turlari ta’sirida jamoa rivojlanadi. U yoki bu faoliyatni bajarish jarayonida o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlash tajribasini orttiradilar. O‘quvchilar organlari tomonidan belgilangan talablarga muvofiq o‘zlarida xulq-atvor tarbiyalaydilar. Uchinchi bosqichda o‘qituvchi va faollarning talablarini ko‘pchilik o‘quvchilar qo‘llab kuvvatlaydilar.
O‘qituvchining pedagogik mavqei yashirin shaklga kirib boradi. O‘qituvchi shaxsga sinf jamoasi orqali ta’sir etadi. Bunday ta’sir ko‘rsatish natijasida ham shaxs ham jamoa tarbiyalanib boradi. Bunday metod parallel pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodi deb hisoblanadi. O‘qituvchining har bir shaxsga qo‘yadigan talabi jamoaga qo‘yadigan talablariga qaraganda ta’sirliroq, sezilarliroq bo‘ladi.
Bu bosqichda bir-biriga bog‘liq ikki masala: jamoatchilik fikri va an’analarni yuzaga chiqarish hal etiladi. Bu davrda ayniqsa axloq nazariyasini o‘rganish, birgalikdagi faoliyat natijasida to‘plangan tajribalarni anglash, milliy mafkura asoslarini tarkib toptirish muhimdir. Axloqiy prinsiplarni, axloq-odob mavzusidagi suhbatlar, munozaralar o‘tkazish, o‘qilgan kitob va ko‘rilgan kinofilmlarni muhokama qilish yo‘li bilan tushuntirish zarur. Buning uchun jamoada zamin mavjud bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda bolalar o‘rtasida do‘stlikni shakllantirish katta ahamiyatga ega. O‘qituvchining bolalarga munosabati ham nihoyatda samimiy bo‘lishi kerak. Bu davrga kelib o‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning harakteri, qiziqishi, talabi bilan tanishib, ruhiy holatini yaxshiroq biladigan bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich: Bu davrda pedagogik vazifalar murakkablashadi. Jamoaninng ayrim shaxsga ta’sir doirasi kengayadi. Har bir o‘quvchining axloqiga va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zini to‘ta bilishiga bo‘lgan talabi kuchayadi. Bu bosqichda barcha masalalarni shu bilan birga axloqiy o‘zlashtirish, turmush masalalarini ham, buning ustiga faqat xatti-harakatlarnigina emas balki shu xatti-harakatlargi undovchi motivlarni ham jamoa muhokamasiga qo‘yish mumkin. shaxsning o‘ziga qo‘ygan talabi boshqalarga qo‘ygan talabiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi.
Bu bosqichda o‘quvchilar jamoasi kattalar jamoalari bilan hamkorlik o‘rnatadilar. Ishlab chiqarish korxonalari, zavod, fabrikalar, xususiy tadbirkorlik va fermer xo‘jaliklarning ish faoliyatlarini o‘rganadi. O‘quvchilar kelajakda o‘zlari qo‘shilishi mumkin bo‘lgan jamoalar bilan tanishib boshlaydilar. Jamoa va shaxs tarbiyaning faqat subyekti bo‘lib qolmay, obyekti hamdir. Jamoaning bosqichma-bosqich rivojlanishi murakkab, qarama-qarshi va dialektik jarayondir. Ayrim bolalar jamoa rivojlanishidan o‘zib yoki orqada qolib ketishi mumkin. Biroq bosqichlar o‘rtasida keskin o‘zgarish ko‘zga tashlanmaydi. Shu boisdan bosqichlarga bo‘lish shartli harakterga egadir.
Jamoaning rivojlanishida o‘qituvchining roli katta. U jamoaning tarbiya maqsadiga muvofiq rivojlanishga yo‘naltiradi. Pedagog jamoa rivojlanishining qonunini bilsa, jarayonni tezlashtiradi, bilmasa sekinlashtirib yuborishi mumkin. Nazorat topshiriqlari:
1. O‘quvchilar jamoasi (to‘la shakllanganiga kadar) necha bosqichdan iborat bo‘ladi. a) Ikki bosqichdan. v) Besh bosqichdan. s) Uch bosqichdan. d) To‘rt bosqichdan. ye) O‘n bosqichdan.
2. Jamoa tarkib topishining birinchi bosqichida kim asosiy rolni o‘ynaydi? a) Maktab direktori. v) Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini. s) Sinf o‘qituvchisi. d) A’lochi o‘quvchilar. ye) Sinf faollari.
3. Ikkinchi bosqichning harakterli xususiyati. a) Faollar ishini yo‘lga qo‘yish va birgalikda ishlash. v) Muqobil rejalar qabul qilish va bajarish. s) O‘qituvchining o‘quchilar shaxsini o‘rganishi. d) Maktab ma’muriyatintng buyruqlarini bajarish. ye) Tezroq uchinchi bosqichga o‘tish.
4. Jamoaning shaxsga ta’siri qaysi bosqichda kuchayadi. a) To‘rtinchi bosqichda. v) Uchinchi bosqichda. s) Hamma bosqichlarda. d) Ikkinchi bosqichda. ye) Birinchi bosqichda.
5. O‘qituvchining o‘quvchi shaxsiga sinf jamoasi orqali ta’sir etishi bosqichda amalga oshadi.
6. Jamoa taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichida ahamiyatli bo‘lgan holatni aniqlang. a) Jamoa a’zolarining bir-birini o‘rganishi. v) Jamoa faollarini tanlash. s) Kattalar jamoalari bilan hamkorlik o‘rnatish. d) O‘qituvchi ta’sirining ortib borishi. ye) O‘qishga qiziqishning ortishi.
7. Jamoa faollarini tanlashda e’tibor beriladigan xususiyatlarni aniqlang va yozma bayon eting.
8. Faollarga yondoshishda bola shaxsini hurmat qilish va imkoni boricha talabchan bo‘lish qoidasiga amal qilishning mohiyatini tushuntirib bering.
9. Jamoa faollarining axloqiy fazilatlari qanday bo‘lishi kerak. Qachon ularni barcha o‘quvchilar tan oladilar. Fikringizni yozma bayon eting.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish