mavzu yuzasidan topshiriqlar.
1. Mavzuni yaxshilab o'qib, savol-javobga tayyorlaning.
2. Yuqoridagi barcha kuchli va kuchsiz kislotalarni nomi hamda empirik formulasini yod olish.
3. Yuqoridagi kuchli va kuchsiz kislotalarni grafik formulasini yozing. Yoddan yozib bera olish darajasiga erishing.
4. Yuqoridagi kuchli va kuchsiz kislotalarni molyar massasi va nisbiy molekulyar massalarini hisoblang.
6-§. Kislotalarning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Olinishi.
1. Metallmaslarning vodorod bilan ta'sirlashuvi mahsulotlarini suvda eritib, kislorodsiz kislotalar olish mumkin.
H
2+Cl
2=2HCI (suvdagi eritmasi - xlorid kislota);
H
2+S=H
2S (suvdagi eritmasi - sulfid kislota);
H
2+Br
2=2HBr (suvdagi eritmasi - bromid kislota);
2. Kislorodli kislotalar laboratoriyada kuchsiz kislota tuzlariga kuchli kislotalar ta'sir ettirib olinadi:
K
3PO
4+H
2SO
4=K
2SO
4+H
3PO
4 Na
2SiO
3+HCI=NaCI+H
2SiO
3
3. Kislorodli kislotalar sanoatda kislotali oksidlar(angidridlar)ni suvda eritish natijasida olinadi:
CO
2+H
2O=H
2CO
3 SO
2+H
2O=H
2SO
3 SO
3+H
2O=H
2SO
4
N
2O
5+H
2O=HNO
3 N
2O
3+H
2O=HNO
2 N
2O
4+H
2O=HNO
3+HNO
2
NO
2+H
2O=HNO
3+HNO
2 NO
2+H
2O+O
2=HNO
3 Cl
2O
7+H
2O=HClO
4
4. MetaIlmaslarni kuchli kislotalar ta'sirida oksidlab olinadi:
P+HNO
3+H
2O=H
3PO
4+NO S+HNO
3=H
2SO
4+NO
5. Ba'zi metallmaslarning birikmalarini gidrolizlash usuli bilan olinadi:
PCI
5+H
2O=H
3PO
4+HCI PCI
3+H
2O=H
3PO
3+HCl
Fizik xossalari. Kislorodsiz kislotalar odatdagi sharoitda zaharli gazsimon moddalar bo`lib, ularning har qanday konsentratsiyali eritmalari hayot uchun xavflidir! Ayrim kislorodli kislotalar suyuq (HNO
3, H
2SO
4), ba'zilari qattiq (H
2SiO
3, H
3BO
3, H
3PO
4) moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Kislotalarning kimyoviy xossalari ularning ancha faol moddalar ekanligini ko'rsatadi:
1. Kislotalar indikatorlar rangini o'zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorlarning kislotalar ta'sirida rang o'zgartirishlari keltirilgan.
Indikator nomi
|
Neytral eritmadagi rangi
|
Kislota eritmasidagi rangi
|
Lakmus
|
Binafsha
|
Qizil
|
Fenolftalein
|
Rangsiz
|
Rangsiz
|
Metilzarg'aldog'i
|
To'q sariq
|
Pushti
|
2. Neytrallanish reaksiyasi. Kislotalar bilan gidroksidlar orasida sodir bo'ladigan, bunda tuz va suv hosil bo'ladigan reaksiyalar neytrallanish reaksiyalari deb ataladi:
HNO
3+NaOH=NaNO
3+H
2O H
2SO
4+KOH=K
2SO
4+H
2O H
3PO
4+Mg(OH)
2=Mg
3(PO
4)
2+H
2O
3. Aktivlik qatorida vodoroddan oldin turgan metallar bilan ta'sirlashib tuz va vodorod gazini hosil qiladi (nitrat kislota hamda konsentrlangan sulfat kislota bundan mustasno):
HCI+Zn=ZnCl
2+H
2 H
2SO
4+Fe=FeSO
4 +H
2 AI+HCI=AICI
3+H
2
4. Temperatura ta'sirida parchalanib (degidratlanib) tegishli oksid (angidrid) va suv hosil qiladi:
H
2CO
3=H
2O+CO
2 H
3PO
4=H
2O+P
2O
5 H
2SiO
3=H
2O+SiO
2
5. Kislotalar tuzlar bilan ta'sirlashadi va yangi kislota hamda tuz (sharoitga ko'ra o'rta yoki nordon) hosil qiladi:
BaCl
2+H
2SO
4=BaSO
4+HCI o'rta
tuz va kislota hosil qilishi;
NaCI+H
2SO
4=NaHSO
4+HCI nordon tuz va kislota hosil qilishi;
CaCO
3+H
2CO
3=Ca(HCO
3)
2 faqat nordon tuz hosil qilishi.
6. Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishadi:
HCI+Na
2O=NaCI+H
2O
ZnO+H
2SO
4=ZnSO
4+H
2O
Eng muhim kislotalarning ishlatilishi.
Sulfat kislota — H2SO4. Moysimon bu suyuqlik hidsiz va rangsiz bo'lib, suvdan deyarli ikki marta og'ir. Suvda juda yaxshi eriydi. Sulfat kislota havo va har xil gazlarni quritishda, shuningdek, turli moddalar tarkibidagi suvni tortib olishda qo'llaniladi. Konsentrlangan sulfat kislota teriga tushsa, terini qattiq kuydiradi. Shuning uchun sulfat kislota bilan ishlashda ehtiyot bo'lish zarur. Teriga va kiyimlarga tegishidan saqlanish kerak. Sulfat kislota suv bilan aralashtirilganda juda ko`p issiqlik ajralib chiqadi, uning eritmasini tayyorlaganda kislotani idish devori bo'ylab tomizilgan holda sekinlik bilan suvga quyish kerak. Aks holda kislota ustiga suv quyilganda ular to`liq aralashib ulgurmasdan eritma qaynab ketadi va qaynoq aralashma shisha idishni yorib yuborishi yoki kiyimga, teriga, ko`zga sachrashi mumkin. Sulfat kislota xalq xo'jaligida juda ko`p sohalarda xususan, quyidagi:
• mineral o'g'itlar
ishlab chiqarish;
• neft mahsulotlarini tozalash;
• xlor ishlab chiqarish;
• turli xildagi tuzlar va kislotalar, dori-darmonlar ishlab chiqarish;
• portlovchi moddalar tayyorlash;
• bo'yoqlar ishlab chiqiarish,
• sellyuloza ishlab chiqarish;
• kislotali akkumulyatorlar tayyorlash.