(1, 3, 4, 5,6, 8, 10, 12, 14, 15, 16, 21, 22, 25, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 35, 39, 40, 41, 45,
50, 51, 53, 54, 61, 62, 65, 67, 66, 70, 71)
Moliyaviy tahlilning fan sifatida shakllanishi va uning uslubiy asoslari
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish sharoitida turli mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarning xo’jalik moliya faaoliyatini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqil mamlakatimizning hisob tizimini to’g’ri yo’lga qo’yish, shuningdek, iqtisodiy jarayonlardagi o’zgarishlarni makro va mikro jihatdan tahlili, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojining muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish-tijorat va moliya faoliyatini tahlil etish asosida xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar, iqtisodiyotimizda ro’y berayotgan o’zgarishlarning alohida olingan korxonalar misolidagi holatiga baho berish va shu asosda tarmoq, xudud va mamlakat iqtisodining ravnaqini ham belgilash mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy tahlilni rejali iqtisodiyot davridan bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi o’zgarishlarini bir so’z bilan bayon qilishni imkoni yo’q. Bu o’zgarishlarni iqtisodiy tahlilni nafaqat uning nazariy asoslarida balki, uslubiy, tashkiliy, xuquqiy, amaliy asoslarida ham ko’rish mumkin. Iqtisodiy tahlil, nafaqat firma va kompaniyalar boshqaruvining muhim vositasi, balki bozor iqtisodiyotining muhim dastaklaridan biri sifatida shakllanmoqda.
Aniq fanlar qatoriga kiruvchi buxgalteriya hisobining fan sifatida shakllanganligiga 5 asrdan oshdi (agarda Luka Pochalinining 1494-yilda ikki yoqlama yozuv usuliga asos solingan” kitobini nashr etilishi bilan belgilasak). Audit fanining tashkil topganligiga 2 asrdan oshdi.1
Iqtisodiy tahlilni fan sifatida shakllanganligiga esa endigina bir asrdan oshdi. Lekin shunga qaramay u o’zining boy tarixiga ega. Ushbu fan, dastlab balansshunoslik, keyinchalik balansni talqini, balansni tahlili, hisobotlar tahlili, iqtisodiy tahlil, sotsial-iqtisodiy tahlil, xo’jalik faoliyati tahlili deb nomlandi. Bugunga kelib esa boshqaruv va moliyaviy tahlilga bo’lingan holda yuritilmoqda.
Iqtisodiy tahlil fan sifatida Respublikamizda o’qitila boshlanganligidan bo’yon endigina 40 yilga yaqin vaqt o’tdi. XX-asrning 90 yillari o’rtalariga kelibgina u o’zining rivojlanish, takomillashish bosqichiga kirdi.
Fan – fan bo’lishi uchun u o’zining aniq ob’ektiga va shu ob’ektni o’rganishni vositalariga, usullariga ega bo’lmog’i lozim. Moliyaviy tahlil fani ham o’zining ob’ektiga va uni o’rganishning uslubiy asosiga ega. Xuddi shu holat uning fan sifatida o’quv dasturlariga kiritilishiga, nazariy asosini yaratilishiga, amaliyotda tashkil etilishiga, xuquqiy va tashkiliy asoslarining vujudga kelishiga zaruriyat tug’dirdi.
Amaliyotning ilgarilab ketishi bilan XX asrning so’ngi 10 yilligi uning O’zbekistonda fan sifatida shakllanishiga va ichki va tashqi boshqaruvchilarning muhim dastagiga aylanishiga zamin yaratdi.
Moliyaviy tahlilni predmeti (ob’ekti) deb - firma va kompaniyalarni moliyaviy holatini yakuniy xisobot shakllarida ifodalangan axborotlarga tayangan holda ko’rsatkichlar asosida, ichki va tashki omillarga bog’liq ravishda davriy o’rganishga aytiladi.
1 Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Sam.; Zarafshon,2001 y.
Moliyaviy tahlil fanining metodi, uslubiy asosini firma va kompaniyalar moliyaviy holatini o’rganishda qo’llaniladigan usullar majmuasi tashkil etadi. Bu usullar majmuasiga moliyaviy hisobotlarni “o’qish”, “gorizontal tahlil etish”, “vertikal tahlil etish”, “asos (trend) tahlili”, “omilli tahlil”, “moliyaviy koeffitsentlar” usullari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |