Chet el firma va kompaniyalarida moliyaviy tahlil va uning O’zbekiston Respublikasidagi moliyaviy tahlil bilan muvofiqligi
Moliyaviy tahlilni usulubiy asoslarini taqqoslash yakunida shunday xulosaga kelish mumkinki xorijiy firma va kompaniyalar moliyaviy hisobotlari tahlili bilan O’zbekistonda amal etilayotgan uslubiy asoslarda keskin farqlanishlar kuzatilmaydi. Farqlanishni sezish mumkin faqat birlik ko’rsatkichlarda. Masalan; firma va kompaniyalar foydaligiga baho berishda, bizning amaliyotda rentabellikni 63 ta turi aniqlansa, Italiyada uning 74 ta, Yaponiyada esa 56 ta turi aniqlanadi. Bu holat bitta ko’rsatkichni baholashga nisbatan zaruriy birlikmi? Albatta uning mazmuni tushinish qiyin emas. Negaki bitta buxgalteriya balansi asosida korxona aktivlari va passivlariga nisbatan 55 ta rentabellik turini aniqlash mumkin. Firma, kompaniya foydasida barcha birliklar ta’sirini mavjud deb oladigan bo’lsak, bu tarkib to’g’ri hisoblanadi.
To’lov layoqati, moliyaviy barqarorlikni aniqlash ko’rsatkichlari bo’yicha, asosiy vositalar holati va harakati ko’rsatkichlarida ham xuddi shunday farqlanishlarni sezish mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish qoyidalarini, moliyaviy hisobot shakllarining mazmunining bir xilligi albatta moliyaviy tahlildagi mazmunni ham bir xillikda bo’lishini tavsiflaydi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va ular asosida milliy standartlarni tuzilishida ham shu zaruriyatni sezish mumkin.
Moliyaviy tahlil yuzasidan o’xshashlik albatta boshqaruv tahlili bo’yicha ham bir xillik mavjud degan xulosaga olib kelmaydi. Boshqaruv tahlili yuzasidan davlatlar o’rtasida turlicha farqlanishlarni sezish mumkin.
Boshqaruv tahlili yoki ishlab chiqarish tahlili, boshqaruv hisobi va hisobotining tarkibiy qismi sifatida amal etadigan xorijiy amaliyotdan, alohida tur sifatida olinishi o’zining tashkiliy, uslubiy, amaliy asoslari bo’yicha farq etadi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari
Moliyaviy tahlilni axborot manbalariga nimalar kiradi?
Moliyaviy tahlil axborot manbalariga qo’yiladigan talablarni tushuntiring?
Moliyaviy tahlilni axborot manbalarini dastlabki tekshirish taxlilda qanday rol tutadi?
Moliyaviy tahlil ob’ektiga nimalar kiradi?
Moliyaviy tahlil sub’ektlari va ularning manfaatlari?
Moliyaviy hisobot shakllaridagi ma’lumot manbalariga qo’yiladigan betaraflik qoidasini mazmunini tushuntiring?
Moliyaviy tahlil firma va kompaniyalarda qanday tashkil etiladi?
Moliyaviy tahlilni usulubiy asoslariga nimalar kiradi?
Moliyaviy tahlil oldiga qo’yiladigan vazifalarni tushuntiring?
Moliyaviy va boshqaruv tahlilini farqlab bering?
Moliyaviy tahlilni o’tkazish bosqichlarini tushuntiring?
Moliyaviy tahlil natijalarining umumlashtirilishi qanday amalga oshiriladi?
Moliyaviy tahlilni nazariy, usulubiy, xuquqiy manbalarini takomillashtirishning zaruriyatini tushuntirib bering?
Moliyaviy tahlil tamoyillarini izohlab bering?
Moliyaviy tahlildagi oshkoralik va boshqaruv tahlilida sir saqlanish qoidalari mazmuni tushuntiring?
Moliyaviy tahlil bilan moliyaviy menejmentni farqlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |