Moliyaviy tahlil va uning sub’ektlari
Moliyaviy tahlil sub’ektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi. Ularni shartli ravishda ichki va tashqi sub’ektlarga bo’lish mumkin. Ichki tahlil su’bektlariga faqat shu firma, kompaniya xodimlari kirsa, tashqi sub’ektlarga ta’sischilar, soliq organlari xodimlari, auditorlar, yuqori tashkilot va vazirliklar, xaridor va buyurtmachilar, mol etkazib beruvchilar, sug’urta agentliklari, reklama agentlari, bank xodimlari va boshqa shaxslar kirishi mumkin.
Tahlil sub’ektlarinining manfaatlari albatta bir biridan keskin farq qiladi. Masalan; ta’sischilar ko’proq firma va kompaniyalarning foydasi bilan, soliq idoralari ko’proq ”daromad-xarajat-natija”lar aloqadorligi tahlilidan, kredit inspektorlari va bank xodimlari; firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligi va moliyaviy barqarorligi bilan, mol etkazib beruvchilar; firma va kompaniyaning to’lov layoqatini o’rganishdan, tahlil etishdan manfaatdorlar.
Moliyaviy tahlil va ularning manfaatlar mushtarakligini quyidagi 1.2.-jadval ma’lumotlaridan ko’rib chiqish mumkin.
1.2.-jadval
Moliyaviy tahlil sub’ektlari va ularning manfatlari
t/r
|
Moliyaviy tahlil subektlari
|
Sub’ektlar manfatlari
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Korxona
xodimlari
|
Firma va kompaniyaning moliyaviy natijaviyligi va
moliyaviy holati to’g’risidagi ma’lumotlarni bilishdan
|
2.
|
Tasischilar
|
Firma, kompaniyaga qo’yilgan va qo’yiladigan
mablag’larning foydaligidan
|
3.
|
Auditorlar
|
E’lon qilinadigan xisobot shakllarini to’g’riligini xuquqiy tamoyillar asosida baholash va firma, kompaniyalar moliyaviy holatini yaxshilashni ichki imkoniyatlarini ko’rsatib berishdan, mulk egalari manfaatlarini himoya
etishdan
|
4.
|
Yuqori tashkilotlar
|
Band qilingan moddiy va moliyaviy resurslar harakatini va samaradorligini o’rganishdan
|
5.
|
Soliq idoralari
|
Majburiy to’lovlar, soliqlar va ajratmalarni undirish yuzasidan resurslar holati, harakatini va faoliyat
natijaviyligini o’rganishdan
|
6.
|
Sug’urta
agentliklari
|
Firma, kompaniya mulkini turli taxlikalardan himoya qilish,
saqlanishi yuzasidan ma’lumotlarni o’rganishdan
|
7.
|
Mol etkazib beruvchilar
|
Shartnomaviy munosabatlarni yo’lga qo’yish, tomonlarning o’z majburiyatlarini bajarishi, to’lov intizomiga rioya qilish,
to’lovga qobillikni holati to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganishdan
|
8.
|
Xaridor va buyurtmachilar
|
Ta’minotdagi uzilishlarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan firma va kompaniyalarning moliyaviy va iqtisodiy salohiyatning
tayanchi to’g’risidagi ma’lumotlardan
|
Moliyaviy tahlil va uning tashkil etilishi
Moliyaviy tahlilni tashkil etilishida ichki va tashqi tahlil turlarini tashkil etilishiga axamiyat berish lozim.
Ichki moliyaviy tahlil shu firma, kompaniya xodimlari tomonidan tashkil etilsa, tashqi tahlil firma, kompaniya faoliyati bilan qiziquvchi uchinchi shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Moliyaviy tahlil funktsiyasini a’lohida tahlil xizmat bo’limini ochish orqali, yollangan tahlilchidan foydalanish yoki alohida xodimga yuklash orqali bajarilishi, mulk egasi
tomonidan mustaqil yuritilishi kabi tashkiliy shakllarini ajratish mumkin.
Tashqi tahlilchilar tomonidan o’tkaziladigan tahlil tahlil natijalaridan manfatdor tashkilotlar va xodimlar tomonidan mustaqil yoki shartnomaviy asosda tashkil etilishi mumkin.
Tahlilni tashkil etish bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
Tahlil maqsadini belgilash va uning rejasini tuzish;
Tahlil yuzasidan zarur bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish, ularni saralash, ko’rsatkichlar holatiga keltirish, analitik jadvallar tuzish;
Taxlilni o’tkazish;
Tahlil natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va chora tadbirlarni belgilash.
I.f.d. professor M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni 3 ta bosqichni, ya’ni; tahlil maqsadini aniqlash va unga yondashish yo’llarini belgilash; tahlil uchun taqdim qilinadigan axbarotlar sifatiga baho berish; tahlilni usullaridan foydalangan holda tahlil o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish bosqichlari 2F3.
Ushbu tarkiblashni ham to’g’ri deyish mumkin. Lekin unda tahlilni birlik bosqichlari umumlashtirilgan tarzda ifoda etilgan.
Tahlil bosqichlarini 3 ta, 4 ta, 5 ta, 7, 9, 12 ta bosqichdan iborat qilib belgilash ham mumkin. Ular bir-biridan mazmun jihatdan farqlanmaydi. Birlik ifodalarni alohida bosqich qilib belgilanishigina ularni qatorini kengaytirgan halos. O’quvchi turli adabiyotlarni o’rganish asosida noto’g’ri xulosaga kelmasligi lozim. Negaki ular mazmun jihatdan aynan bitta narsani ifoda etadi.
3 M.Q.Pardaev Moliyaviy tahlil. T.; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y. 11-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |