“ 3-sinf o‘quvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yo‘llari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana23.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#695546
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3-sinf oquvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yollari

 
II bob bo‘yicha xulosa 
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar 
alohida mavzu sifatida berilmagan. Ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarga doir 
mashqlar so‘z turkumlari doirasida berilgan. Darsliklar tahlili boshlang‘ich sinf 
ona tili darsliklariga ma’nodosh so‘zlarga doir quyidagi turdagi mashqlar 
kiritilganini ko‘rsatdi:
1. Berilgan so‘zga ma’nodosh so‘z topish. 
2. Berilgan ma`nodosh so‘zlarni guruhlash. 
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. 
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. 
4. Ma`nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish. 
Darsliklar tahlili natijasi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida o‘quvchini 
ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir mashqlar kam 
ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu bitiruv malakaviy ishida boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarini sinonim so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir 
qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqildi. 
Boshlang‘ich sinflarda sinonimlarga doir mashqlarni quyidagi tartibda bajarish 
maqsadga muvofiq: 


67 
1. O‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarni ajrata olish ko‘nikmasini shakllantirish
uchun ularga kichikroq va tushunarli matndan ma’nodosh so‘zlarni topishni 
topshirish mumkin. 
2. So‘zlar orasidagi ma’nodoshlik munosabatini tushunishga so‘zlar aralash 
holda berilgan ro‘yxatdan ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va guruhlashga oid 
mashqlar ham yordam beradi. 
3. Berilgan so‘zlarga ma’nodosh so‘z tanlab, ularni almashtirishga doir turli 
xildagi mashqlar ham so‘zlar orasidagi ma’nodoshlikni tushunishga yordam 
beradi.
4. O‘quvchilar lug‘atini foallashtirish usullaridan biri sinonim so‘zlarining 
leksik birikuvchanligi ustida ishlashdir. U yoki bu sinonim so‘zni qanday so‘zlar 
bilan qo‘llash mumkin-u, qanday so‘zlar bilan qo‘llash mumkin emasligiga doir 
bunday ishni ma’nodosh so‘zlar vositasida so‘z birikmalari tuzishni o‘z ichiga 
olgan mashqlar ko‘rinishida bajarish lozim. 
5. Ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlar tizimida o‘quvchilarni 
o‘z nutqida ma’nodosh so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatadigan ijodiy mashqlar alohida 
o‘rin tutishi lozim. Chunki ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlarning 
oxirgi maqsadi o‘quvchilarni fikrini ifodalash uchun o‘z lug‘at boyligidan sinonim 
so‘zlarni tanlab ishlatishga o‘rgatishdir. 
3-sinfda zid ma`noli so`zlar ustida ishlashda quyidagi mashqlardan foydalanish 
mumkin. 
1. Berilgan so`zlarga antonim tanlash. 
2. Zid ma`noli so`zlarni qatnashtirib so`z birikmasi va gap tuzish. 
3. Berilgan gapga antonim topib qo`yish. 
Antonimlar nutq ta`sirchanligini oshirishning muhim vositasi. Shuning uchun
zid ma`noli sifatlar ustida ishlash o`quvchilar nutqini ta`sirchan qilishga muhim 
ahamiyatga ega. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish