Asosiy va qo`shimcha o`quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari Asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar
Azizov N.X. Belbog`li turkiston Kurashi. - Toshkent: о`qituvchi, 1998.
Борисов К. Прaктикa рукопaшного боя. Учебное пособия под/рек. 2003 г
Qo`shimcha adabiyotlar
Salomov R.S. Sport mashg`ulotining nazariy asoslari – Toshkent., О`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, 2005 yil - 238 b.
Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish Toshkent., О`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti 2005 yil - 171 b.
Kurashi. A.A.Absatarov. A.A.Istomin. Toshkent Iqtisod-Moliya 1993 yil.
Internet saytlari
www.cspi.uz 7.www.pedagog.uz 8.www.edu.uz
www.nadlib.uz (A.Navoiy nomidagi O`z.MK)
http://ziyonet.uz —Ziyonet axborot-ta`lim resurslari portali
3-Seminar: Sambo kurashining qoidalari.
Sambo (rus. — qurolsiz o`zini himoya qilish) — sport Kurashi turi. Unga Kurashning turlaridagi eng samarali usullar asos kilib olingan. 20-asrning 30 yillarida SSSRda paydo bo`lgan. Samboning sport (Kurash) va jangovar turlari mavjud. Sambo Kurashida Kurashchilar maxsus belbog`li kalta yaktak kiyadilar. Samboda rakibining ko`l va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qo`liga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. Samboda o`z oyog`ida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki og`rituvchi usul qo`llanganda raqib o`zini mag`lubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar bo`yicha farq 12 taga yetsa, rakib man etilgan usulni qo`llab jazolansa sof g`alaba qayd qilinadi. Rakiblardan biri sof g`alabaga erisha olmasa, olishuv natijasi sportchilarning to`plagan ballariga karab aniklanadi. Jangovar Samboda Kurashchilar boshga shlem, qo`llariga barmoqlari ochiq qo`lqop kiyib, og`izga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobakalashadilar. Jangovar Samboda tepish, urish, og`rituvchi usullar ko`llash va bo`g`ish mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda o`tkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9 diametrli bo`lishi kerak. Kurash tanaffussiz 4—5 min. davom etadi. Samboning sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100,
100 kg dan ortik: kizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80,
80 kg dan ortiq; o`smir o`g`il bolalar (16—18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81,
87, 87 kg dan ortik; o`smir kizlar (16—18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va Samboning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. Sambo bo`yicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi
(FIAS; 1985 y. tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat a`zo. 1980 yildan Olimpiada o`yinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yildan Samboning sport turi bo`yicha, 2001 yildan jangovar Sambo bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi. O`zbekiston Sambo federatsiyasi 1964 y. tuzilgan. Ayol Sambochilarning federatsiyasi dunyoda faqat O`zbekistonda tashkil etilgan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga a`zo bo`lib kirgan. 1971 y. Toshkentda xalqaro turnir, 1972 y. 1Yevropa chempionati, 1998, 2001 va 2002 yilda esa o`smirlar, yoshlar va erkaklar o`rtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003 yillarda ilk bor ayollar Sambo yulduzlarining jahon chempionati musobaqalari o`tkazilgan. O`zbekiston S. terma jamoasi jahon chempionatida 1-o`rinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha marta jamoa hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va o`smirlar) g`oliblikni qo`lga kiritdi. Sambo bo`yicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo Sambo federatsiyasining prezidenti (2001 yildan), xalqaro toifadagi sport ustasi Fazliddin Po`latov vitseprezidenti va Osiyoda Sambo Kurashini rivojlantirish qo`mitasi raisi (2003 yildan) hisoblanadi. Sobir Qurbonov, Sayfiddin Xodiyev, Bobomurod Fayziyev (2 martadan), Shuhrat Xo`jayev, Akobir Qurbonov, faxriylar o`rtasida esa Fazliddin Po`latov, O`rol Jumaniyozov, Oston Cho`liyev (2 martadan) jahon chempioni bo`lishgan. O`zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar Sambo bilan muntazam shug`ullanadilar. Respublika oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar sport mahorati maktablari, shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida Sambo Kurashi bo`limlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |